• 3.2.1-jadval Asoslovchi tajriba-sinov ishlari natijalari
  • Tajriba-sinov ishlari natijalari va statistik tahlili




    Download 256,46 Kb.
    bet28/34
    Sana08.10.2024
    Hajmi256,46 Kb.
    #273985
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
    Bog'liq
    28.06.2024




    3.2. Tajriba-sinov ishlari natijalari va statistik tahlili
    Tajriba-sinov ishlari Buxoro innovatsiyalar universiteti bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari talabalari bazasida jami 67 nafar respondent-talabalar ishtirokida tashkil etildi. Tajriba guruhiga 34 nafar, nazorat guruhida 33 nafar respondentlar jalb etildi. Asoslovchi tajriba-sinov ishlarida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarning mavjud holatini tadqiq etishga qaratilgan metodika va so‘rovnomalar sinaluvchilar guruhlarida o‘tkazildi va natijalari tahlil etildi (3.2.1-jadval).


    3.2.1-jadval
    Asoslovchi tajriba-sinov ishlari natijalari



    T/r

    Darajalar

    Tajriba guruhi (34 nafar)

    Nazorat guruhi (33 nafar)

    1.

    Past

    13

    12

    2.

    O‘rta

    17

    16

    3.

    Yuqori

    4

    5

    Asoslovchi tajriba-sinov ishlari natijalariga ko‘ra, tajriba guruhidagi sinaluvchilarning 13 nafarida kommunikativ kompetensiyaning past darajasi aniqlandi. Unga ko‘ra ushbu guruhdagi respondentlar samarali pedagogik munosabatlarni o‘rnatishda doimiy qiyinchiliklarga duch kelish, pedagogik muloqotda axloq normalari va tamoyillar mazmunini noto‘g‘ri anglash, o‘zlashtira olmaslik yoki o‘z foydasiga qo‘pol ravishda moslashtirish; kommunikativlik sohasida bilim, ko‘nikma va tajriba orttirish motivlarining kuzatilmasligi, kasbiy-pedagogik muloqotda o‘zini-o‘zi axloqiy nazorat qilishning sustligi bilan xususiyatlanishi aniqlandi.


    Dastlabki tajriba-sinov natijalari sinaluvchilarning 17 nafarida kommunikativ kompetensiyaning o‘rtacha ko‘rsatkichi qayd etilganligini ko‘rsatdi. Ushbu sinaluvchilar – pedagogik faoliyatda axloqiy me’yor va tamoyillarni to‘liq amalga oshirishida qiyinchiliklar mavjudligi, pedagogik jarayonda kommunikativ munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda mavhum, mantiqsiz harakatlarning kuzatilib turishi, kommunikatsiyaga oid bilim ko‘nikmalari to‘liq shakllanmagan va tizimlashtirilmagan; kasbiy muloqot ahamiyatini yetarlicha tushunmaslik; kasbiy-pedagogik muloqot jarayonida axloqiy o‘zini -o‘zi nazorat qilishning individual elementlari shakllanganligi bilan izohlanadi.
    Asoslovchi tajriba-sinov ishlari natijalarini quyidagi diagrammada ifodalab o‘tdik (3.2.1-rasm).




    Download 256,46 Kb.
    1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




    Download 256,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tajriba-sinov ishlari natijalari va statistik tahlili

    Download 256,46 Kb.