|
Buxoro innovatsiyalar universiteti
|
bet | 19/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.2024Kasbiy maslahat o‘tkazilgan vaqtga kelib, kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish jarayoni asosan yakunlangan, hozirgi kunning natijasi va muammolarini kelgusida bartaraf etish zarur bo‘lgan maqsadiga aylantirish, tanlangan kasbning ahamiyatliligini anglash va kasbiy jihatdan muhim shaxs fazilatlari shakllanganligi kuzatildi. Shaxsning o‘z imkoniyatlarini “subyektiv anglashi” kasbiy moslik nuqtai nazaridan amalga oshirildi. Kommunikativ tayyorgarlikka oid barcha mashg‘ulotlar majmuasi tugaganidan so‘ng tashkil etiladigan kasbiy maslahatda talabalar o‘quv faoliyatining tahlili, yakuniy xulosani tuzish uchun ma’lumotlar umumlashtirildi va talabalarga amaliy tavsiyalar berildi.
“Kommunikativ kompetensiyani rivojlantiramiz” nomli to‘garak mashg‘uloti mazmunida disssertatsiyamizning 2.1-paragrafida bayon etilgan intensiv ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanildi. Shuningdek, rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarda quyidagi vositalardan ham foydalanildi: ma’ruzalar, muzeylarga tashriflar, talabalar konferensiyalari, suhbatlar, faxriylar bilan uchrashuvlar, filmlar va videolarni tomosha qilish, ishbilarmonlik o‘yinlari, ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ommaviy hasharlardan foydalanildi.
2.3. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari
Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon tizim tavsifiga ega bo‘lganligi sababli, uni amalga oshirish uchun pedagogik shart-sharoitlar zarur. Dastlab “pedagogik shart-sharoit” tushunchasiga aniqlik kiritishni lozim deb hisoblaymiz.
“Shart-sharoit” tushunchasi biror-bir jarayon amalga oshadigan muhit sifatida talqin qilinadi[46].
Falsafada “sharoit” atamasi predmetning o‘z atrofidagi, qaysiki, ularsiz mavjud bo‘la olmaydigan hodisalarga munosabatini ifodalovchi toifa sifatida qayd etiladi[71, 590 b].
Pedagogik shart-sharoit – tizimning shaxsiy va jarayon bilan bog‘liq jihatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi ta’limiy va moddiy-makonga yo‘naltirilgan muhit imkoniyatlari majmui hamda uni samarali tashkil etish va rivojlantirishni ta’minlovchi pedagogik tizim komponentidir [24,8-14-b].
Yuqorida berilgan ta’riflarga tayangan holda, pedagogik shart-sharoitni biror-bir jarayon amalga oshadigan muhit, ularsiz mavjud bo‘la olmaydigan hodisalarga munosabatini ifodalovchi jarayon bilan bog‘liq jihatlariga ta’sir ko‘rsatuvchi maxsus yo‘naltirilgan muhit imkoniyatlari majmui sifatida tushunishimiz mumkin.
Tadqiqot ishimizda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni quyidagi pedagogik sharoitlarni aniqlashtirishni talab etadi:
1. Talabalarda muloqot madaniyatini tarkib toptirish
2. Talabalarda konfliktologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
3. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda ularning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish.
Quyida intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari mazmuniga to‘xtalib o‘tamiz:
|
| |