|
Motivatsion-diagnostik blok
| bet | 16/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.2024Motivatsion-diagnostik blok. Ushbu bosqichda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning asosiy maqsadlarini qo‘yish va vazifalarini aniqlashtirishni talab etadi.
Maqsad – intensiv ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda kommunikativ bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirish, talabalarda kommunikativ sifatlarni shakllantirish, shaxslararo munosabatlarda o‘zini o‘zi anglash istagini qaror toptirishdan iborat.
Ushbu maqsad asosida quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
- kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning mazmuni va imkoniyatlarini aniqlashtirish;
- intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish mazmunini ishlab chiqish;
- intensiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanish asosida talabalarning hayoti va kelajakdagi kasbiy faoliyatini tartibga solish, turli ijtimoiy va kasbiy rollarda o‘zini o‘zi anglash istagini rag‘batlantirish;
- talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda shaxsning o‘zini o‘zi anglashi va mutaxassislikka doir kasbiy pozitsiyasini shakllantirish zaruriy shart ekanligi haqidagi bilimlarini rivojlantirishdan iborat.
Ushbu blok intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishga qiziqishini uyg‘otish, ularning motivatsion va individual xususiyatlari o‘rganish, o‘quv jarayoni subyektlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa xususiyatlari, kelgusi kasbiy faoliyatda ularni amalga oshirish yo‘llari, usullari to‘g‘risida zarur kommunikativ bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini tashkil etishdan iborat.
Shuni ta’kidlash kerakki, intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining maqsad va vazifalari strukturaviy-funksional modelning bosqichlari bilan bevosita bog‘liqdir.
Mazmunli-faoliyatli blok – o‘rganilayotgan jarayonning maqsadlariga erishishning aniq optimal usullarini ishlab chiqish va axborot berish vazifasini bajarib, o‘zida kommunikativ kompetensiyani komponentlari va ular rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan talaba shaxsining kommunikativ sifatlarini o‘z ichiga oladi. Unga ko‘ra, kommunikativ kompetensiyaning emotsional-diagnostik komponent – o‘ziga yo‘nalganlik, muloqotga yo‘nalganlik, empatiya, faoliyatga yo‘nalganlik; kognitiv komponenti – o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘zini-o‘zi takomilashtirishga intilish, javobgarligini o‘z zimmasiga olish, mas’uliyatini atrofdagilar bilan teng taqsimlash; refleksiv-xulqiy komponenti – muloqotda o‘z-o‘zini nazorat qilish, faoliyatda o‘z-o‘zini nazorat qilish, jamoada o‘zini erkin tutish, tashabbuskorlik, o‘z fikrini himoya qila olish kabi shaxs sifatlarini rivojlantirish bilan aloqadorlikka ega.
Shuningdek, ushbu blok intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni bilan bog‘liq quyidagi pedagogik shart-sharoitlarni o‘z ichiga oladi: talabalarda muloqot madaniyatini tarkib toptirish, talabalarda konfliktologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda ularning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish.
|
| |