|
Buxoro innovatsiyalar universiteti
|
bet | 13/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.2024II BOB. INTENSIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TALABALARNI KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK SHART-SHAROITLARI
2.1. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmuni
Intensiv ta’lim texnologiyalari ta’lim jarayonini jadallashtirishni nazarda tutib, tadqiqot ishimizda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning eng maqbul va samarali usullarini ishlab chiqish yoki jarayonga muvaffaqiyatli tatbiq etish asnosida kafolatlangan natijalarga erishishni anglatadi.
Tadqiqot ishimizning 1-bobida keltirilgan nazariy tahlillarga asoslangan holda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonining aniqlashtirilgan tarkibiy qismlarining (emotsional-diagnostik, kognitiv hamda refleksiv-xulqiy) rivojiga samarali ta’sir etuvchi, jadallashtirilgan ta’limiy muhitni yuzaga chiqaruvchi ta’lim texnologiyalarini o‘rganish hamda mazkur rivojlantiruvchi jarayonga tatbiq etish dolzarb hisoblanadi.
“Intensifikatsiya” tushunchasi shunchaki tezroq va ko‘proq narsani qilish ma’nolarida sodda tarzda qabul qilinib, pedagogik faoliyatda samarasiz usullardan, eskirgan tajribadan, boshqaruv apparatidan va hokazolardan voz kechishni va rivojlantiruvchi jarayon vositalarini yangi, yanada samarali vositalar arsenaliga almashtirish anglatadi. Bunda sskirgan pedagogik texnologiyadan foydalangan holda ish sur’atini oshirish orqali yanada katta natijalarga erishishga harakat qilish, tavsiya etilmaydi.
Ta'lim jarayonida intensiv texnologiyalardan foydalanish quyidagi muhim muammolarni hal qiladi:
– talabalarda kasbiy va metakompetentliklar, ularning dinamikasi va real o‘qituvchilik faoliyatidagi o‘rni haqida yaxlit tushuncha hosil qilish;
– kasbiy faoliyatni taqlid qiluvchi materiallardan foydalangan holda ijtimoiy tajribani, shu jumladan jamoaviy qarorlar qabul qilish va hamkorlik qilish uchun shaxslararo va guruhlararo o‘zaro ta'sirlashish;
– kasbiy, tahliliy, amaliy fikrlashni rivojlantirish;
– kognitiv motivatsiyani shakllantirish, shaxsiy psixologik munosabatning yuzaga kelishi uchun sharoit yaratish;
– boshqa shaxslar bilan muloqot va o‘zaro munosabatlarning yangi ma'nolarini aniqlash [48].
Pedagogik texnologiya - bu shakllar, usullar, metodlar, o‘qitish usullari, ta'lim vositalarining maxsus majmui va tartibini belgilovchi psixologik-pedagogik munosabatlar yig‘indisi va pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy qurolidir (B.T.Lixachev) [80].
Pedagogik texnologiyaning asosiy talablari (mezonlari):
• Kontseptuallik
• Muvofiqlik
• Boshqarish imkoniyati
• Samaradorlik
• Qayta ishlab chiqarish imkoniyati
Ta'lim texnologiyasi tuzilmasi uch qismdan iborat: a) kontseptual qism texnologiyaning ilmiy asosidir, ya'ni, uning asosiga singib ketgan psixologik va pedagogik g‘oyalarni ifodalaydi; b) tarkib qism - o‘quv materialining umumiy, aniq maqsadlari va mazmuni; s) protsessual qism - ta'lim faoliyati shakllari va usullari, o‘qituvchi ishining usullari va shakllari, o‘qituvchining materialni o‘zlashtirish jarayonini boshqarishdagi faoliyati, o‘quv jarayonining diagnostikasini o‘zida mujassamlashtiradi [80].
Intensiv ta’lim texnologiyalari umumiy xarakterga ega bo‘lib mazkur texnologiyalarni qo‘llashda quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
talaba shaxsining bilimlilik darajasi,
talabaning kreativ fikrlay olish ko‘nikmalariga egalik;
aqliy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari;
talabaning individual xususiyatlari;
talabaning u yoki bu sabablarga ko‘ra fanni o‘zlashtira olmasligi;
talabaning muayyan fanga qiziqishi.
Intensiv texnologiyalardan foydalanish kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish tizimida barcha talabalarning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini berishi bilan ahamiyatga ega. Bunda o‘quv-bilish motivlari yuqori talabalar bilan ishlash yoki o‘rganilayotgan material hajmini oshirish yo‘lidan emas, balki vazifalarni diversifikatsiya qilish yo‘lidan borish taklif etiladi:
1) kommunikativ sohaga doir doklad tayyorlash;
2) o‘rganilayotgan material bo‘yicha jamoada bajarishga doir topshiriqlarni shakllantirish;
3) lingvistik ertaklar (miniatyuralar) yozish;
4) qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash;
5) guruh ishi bo‘yicha maslahatchi-yordamchi vazifalarini bajarish.
Ushbu jarayonda birinchi guruh doklad tayyorlasa, boshqa guruh lingvistik ertaklar (miniatyuralar) yozish topshiriqlarni bajarishi, pedagog esa ikkala guruhga maslatchi, yo‘naltiruvchi vazifasini bajarish asnosida qo‘llab-quvvatlashi talab etiladi. Shuningdek, ba’zi guruhlar tomonidan topshiriqlarni bajarish ko‘proq vaqtni talab etishi, past o‘zlashtiruvchi talabalarning passivligi, vaqt omilini hisobga olish intensiv ta’limda o‘quv topshiriqlarining diversifikatsiyasida muhim o‘rin tutadi.
A.V.Mudrik o‘z tadqiqotida “kommunikativ kompetentsiya” tushunchasi o‘rniga “muloqot kompetensiyasi” tushunchasini ishlatib, uni insonning kommunikativ jarayonlarining samarali oqimini ta'minlaydigan ma'lum bilimlar, ijtimoiy munosabatlar, ko‘nikmalar va tajribalar to‘plami sifatida belgilaydi[13].
Talabalarda kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirish samaradorligi to‘g‘ri tanlangan o‘qitish usullariga, ya'ni o‘qituvchi va talabaning o‘z maqsadlariga erishish uchun o‘zaro munosabatlariga bog‘liq.
Intensiv ta’lim muhitini yaratish orqali talabalarda kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirishning asosiy usullariga quyidagilar kiradi:
|
| |