|
Birinchi bob bo‘yicha xulosa
|
bet | 12/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.2024Birinchi bob bo‘yicha xulosa
1. Intensiv mashg‘ulotlar an’anaviy mashg‘ulotlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega va ushbu afzalliklar ta'lim jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi faol muloqotga asoslanadi.
2. Talabalarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda turli intensiv ta’limiy texnologiyalardan foydalanish asosida kommunikativ kompetensiyalarning nazariy asoslari va emperik jihatlarini o‘zlashtirishi, ularda qisqa vaqt mobaynida kommunikativ bilimlarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy faoliyatning uyg‘unligidan iborat jarayondir.
3. Intensivlashtirish – bu hajmda yoki qo‘shimcha vaqt tufayli emas, balki mavjud muammolarni hal qilish qobiliyati va yuqori malakasiga egalik tufayli ko‘proq, samaraliroq ishlash, mavjud ish vaqtida ko‘proq ishlashga muvaffaq bo‘lishdir.
4. Umumiy ma’noda kommunikativ sifat va ko‘nikmalar har kimda ma’lum darajada shakllangan, lekin “talaba” yoki “bo‘lajak mutaxassis” tushunchalari ishlatilganda, kelgusida muayyan kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan, ayni paytda ilmiy-nazariy va emperik bilim, ko‘nikma va mahoratini yana-da takomillashtirish bilan mashg‘ul shaxs nazarda tutiladi.
5. Kommunikativ kompetensiya ma’lumotlarni almashish, qabul qilish, tahlil qila olish, zaruriy axborotlarni qidirib topish hamda ularda foydalana olish ko‘nikmalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi talaba shaxsining integral sifatidir.
6. Talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish jarayoni nutqiy madaniyat, nutqning madaniyligi kabilarga ham e’tibor qaratishni talab etib, ushbu jihatlar nutqning kommunikativ sifatlari hamda adabiy til me’yorlari bo‘yicha bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ifodalaydi.
7. Bugungi kunda information texnologiyalarning rivojlanishi va ulardan keng foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi foydalanuvchilar nutqining madaniy bo‘lishiga salbiy ta’sir etmoqda. Bunda kommunikativ sifatlar va adabiy til me’yorlarini cheklab o‘tish imkoniyatlarining mavjudligi (yozuvli emas ovozli xabarlarni yuborish), ma’lumotlarni xotirada saqlab qolish, yodlash, eslab qolish zaruriyatining kerak emasligi (istalgan vaqtda qidirib topish imkoniyatining mavjudligi), vaqtdan yutish maqsadida so‘zlar harflarini to‘liq bayon etmaslik, shuningdek, imloviy va uslubiy xatolarni to‘g‘rilab boruvchi auditoriyaning cheklanganligi kabilar talabalarda kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining dolzarb muammolari hisoblanadi.
8. Kommunikatsiya – bu, birinchi navbatda, faoliyat usuli bo‘lib, u insonlarning o‘zaro muomalaga moslashishini namoyon qiladi. Demak, kommunikatsiya o‘ziga xos o‘zaro fikr almashish jarayoni sifatida qabul qilinishi mumkin, buning natijasida o‘zaro yordam ko‘rsatish va murakkablikning turli darajalaridagi harakatlar muvofiqligi ta’minlanadi.
9. Keltirilgan ta’riflardan anglashiladiki, kompetensiya muayyan faoliyatni bajarishga qobiliyatlilikni anglatsa, kompetentlik bir qancha kompetensiyalarning majmuini aks ettiradi va umumiy ma’noda mazkur tushunchalar nazariy bilimlarni kundalik faoliyatda qo‘llay olish mahoratini ifodalaydi.
10. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining o‘ziga xos jihatlari, pedagogik-psixologik xususiyatlari hamda tarkibiy qismlari o‘rganish natijasida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonining tarkibiy qismlari quyidagicha belgilab olindi: emotsional-diagnostik, kognitiv hamda refleksiv-xulqiy komponentlar.
|
| |