|
Buxoro innovatsiyalar universiteti
|
bet | 9/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.20241.1.1-jadval
Nutqning madaniyligining tarkibiy qismlari
№
|
Nutqning kommunikativ sifatlari
|
№
|
Adabiy til me’yorlari.
|
1.
|
Nutqning to`g`riligi
|
1.
|
lеksik - sеmаntik mе’yor
|
2.
|
Nutqning aniqligi
|
2.
|
tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor. yozuv (grаfikа) mе’yori.
|
3.
|
Nutqning tozaligi (sofligi)
|
3.
|
fоnеtik mе’yor.
|
4.
|
Nutqning mantiqiyligi
|
4.
|
аktsеntоlоgik (urg‘uni tо‘g‘ri qо‘llаsh) mе’yor
|
5.
|
Nutqning ta’sirchanligi
|
5.
|
grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor.
|
6.
|
Nutqning maqsadga muvofiqligi
|
6.
|
sо‘z yasаlish mе’yorlаri.
|
7.
|
imlоviy mе’yor.
|
8.
|
uslubiy mе’yor
|
9.
|
punktuаtsiоn mе’yor.
|
Bugungi kunda information texnologiyalarning rivojlanishi va ulardan keng foydalanish imkoniyatlarining mavjudligi foydalanuvchilar nutqining madaniy bo‘lishiga salbiy ta’sir etmoqda. Bunda kommunikativ sifatlar va adabiy til me’yorlarini cheklab o‘tish imkoniyatlarining mavjudligi (yozuvli emas ovozli xabarlarni yuborish), ma’lumotlarni xotirada saqlab qolish, yodlash, eslab qolish zaruriyatining kerak emasligi (istalgan vaqtda qidirib topish imkoniyatining mavjudligi), vaqtdan yutish maqsadida so‘zlar harflarini to‘liq bayon etmaslik, shuningdek, imloviy va uslubiy xatolarni to‘g‘rilab boruvchi auditoriyaning cheklanganligi kabilar talabalarda kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining dolzarb muammolari hisoblanadi.
Sohaga doir adabiyotlarni o‘rganish asnosida talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish lozim deb hisoblaymiz:
- til haqidagi bilimlarni chuqurlashtirish, muloqotning turli sohalari va vaziyatlarida axloqiy va odob-axloq me’yorlarini o‘zlashtirish, samarali muloqot qilishning turli strategiyalarini o‘zlashtirish;
- o‘z fikrini ishonchli ifoda etish, turli xil dalillash usullaridan foydalangan holda bahslashish, suhbatdoshlar bilan suhbat o‘tkazish, nutq, odob-axloq qoidalariga rioya qilish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish;
- lingvistik hodisa va faktlarni idrok etish, tahlil qilish, taqqoslash, ularni sharhlash, me’yoriylik nuqtai nazaridan baholash, kommunikativ vaziyatga mos kelish qobiliyatini egallash.
Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni bilan bog‘liq tahlillarga tayangan holda quyidagi xulosalar shakllantirildi:
1. Talabalar o‘rtasida kommunikativ kompetentsiyani rivojlantirish zarurati shundan kelib chiqadiki, bugungi kunda universitet bitiruvchilarining aksariyati uchun ijtimoiy-madaniy, biznes va kasbiy sohalardagi muloqot ularning kelajakdagi kasbining ajralmas tarkibiy qismiga aylanib bormoqda.
2. Talabalarning kommunikativ kompetentsiyasini rivojlantirish muammosini hal qilish faqat universitet dasturlarida nazarda tutilgan alohida fan o‘qituvchilariga yuklatilgan.
3. Muloqot nazariyasi va amaliyotiga oid turli profilli mutaxassislarni tayyorlash fanlarining bosqichma-bosqich joriy etilishi talabalarning universitet dasturlarida nazarda tutilgan bilim va ko‘nikmalarning butun majmuasini o‘zlashtirishlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
4. Muloqot vositalari va turlarini o`zlashtirish, ularni o`quv, ilmiy, ishbilarmonlik, kasbiy muloqotda amalga oshirish talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantiradi, ularni zarur ijtimoiy aloqalarni samarali o`rnatish va qo`llab-quvvatlashga tayyorlaydi.
|
| |