• Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)
  • Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi
  • Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari




    Download 256,46 Kb.
    bet7/34
    Sana08.10.2024
    Hajmi256,46 Kb.
    #273985
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34
    Bog'liq
    28.06.2024

    Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning samaradorligi quyidagi holatlarda yuqori bo‘ladi, agarda:

    • intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmuni va imkoniyatlari keng ko‘lamda o‘rganilsa;

    • intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning modeli orqali ta’lim oluvchilarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning maqbul shakl, metod va vositalardan unumli foydalanilsa;

    • intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning modeli orqali ta’lim oluvchilarning kasbiy kompetentligini oshirishda auditoriya va auditoriyadan tashqari ta’lim shakllaridan keng foydalanilsa;

    • intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshiruvchi usul, metod va vositalari takomillashtirilsa, jarayon muvaffaqiyatli kechishi mumkin.

    Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili): Bugungi kunga qadar ushbu muammo ko‘plab G‘arb mamlakatlarida hamda Rossiya davlatlarida turlicha tahlil etilgan va o‘rganilgan. O‘quv va ijtimoiy faoliyatda “o‘qitish texnologiyasi”, “intensiv texnologiyalar” tushunchalari V.P.Bespalko, B.G.Lixachev, V.M.Monaxov, V.A.Slastenin, N.F.Talizina va boshqalar tomonidan asoslab berilgan. Shuningdek, Z.G.Durinova, I.V.Shestitko., I.A.Turchenko., S.V.Marshina kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida intensiv ta’lim texnologiyalar, intensiv ta’lim, intensiv texnologiyalarning asosiy xususiyatlari tahlil etiladi.Bu olimlarning asarlari intensiv ta’lim texnologiyalarini qo‘llash jarayoni bilan bog‘liq metod, tamoyil va vositalarini asoslab beradi.
    Kommunikabillik, kommunikativ sifatlar, kasbiy tayyorgarlikda kommunikativlik masalalari pedagog, psixolog olimlar tomonidan keng doirada tadqiq qilingan bo‘lib, ular o‘ziga xos yondashuvlarni ilgari suradilar. Jumladan, N.A.Muslimov, N.Sh.Turdiyev, Y.M.Asadov, S.N.Akbarova, D.Sh.Temirovlar tomonidan “kompetentlilik”, “kompetensiya” tushunchalarining tahlili, farqli jihatlari; S.V.Nedbaeva, D.N.Nedbaev, D.S.Bujinskaya, M.G.Kashuba, A.B.Dobrovich kommunikativ kompetentsiya, uning tuzulishi va mazmuni; M.Sh.Ro‘zmetova kommunikativ kompetentlik; shaxs kompetenligi Y.A.Makarova; D.D.Remezov, M.A.Kolmikovalar talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish muammolarini o‘rganganlar. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda kommunikativ kompetentsiya masalasi turli aspektlar misolida yoritilgan bo‘lsada, lekin intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish masalasi yetarlicha o‘rganilmagan.
    Tadqiqotda qo‘llanilgan metodikaning tavsifi:

    1. Umumnazariy (analiz, sintez, umumlashtirish va boshq.);

    2. Umumpedagogik (me’yoriy hujjatlar va manbalarni o‘rganish tahlil etish, suhbat, so‘rovnoma, faoliyat natijalarini o‘rganish, pedagogik eksperiment);

    3. Diagnostik (ekspert baholash);

    4. Matematik-statistik.


    Download 256,46 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   34




    Download 256,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari

    Download 256,46 Kb.