|
Buxoro innovatsiyalar universiteti
|
bet | 6/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.2024Tadqiqot obyekti: Tadqiqot obyekti intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni.
Tadqiqot predmeti: Tadqiqot predmeti intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Tadqiqot maqsadi: Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning modelini takomillashtirish va nazariy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari:
- Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, psixologik adabiyotlarni, ilmiy ishlarni o‘rganish asosida intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning mazmunini yoritib berish.
- Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik o‘ziga xosliklarini ochib berish.
- Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning modelini ishlab chiqish.
- Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish samaradorligini oshiruvchi usul, metod va vositalarni takomillashtirish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
- Tadqiqot mavzusiga oid ilmiy-pedagogik, psixologik adabiyotlarni, ilmiy ishlarni o‘rganish asosida intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni mazmuni yoritib berildi.
- Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik o‘ziga xosliklari talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning tarkibiy qismlarini emotsional-diagnostik, kognitiv, refleksiv-xulqiy komponentlarni hisobga olish asosida yoritib berildi.
- Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni modeli motivatsion-diagnostik, mazmunli-faoliyatli, natijalarni baholovchi bosqichlarning o‘zaro aloqadorligi hamda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning dinamik barqarorligini hisobga olish asosida takomillashtirildi.
- Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonga ijobiy ta’sir etuvchi usul, metod va vositalarni tizimlashtirish asosida takomillashtirish.
|
| |