|
Buxoro innovatsiyalar universiteti
|
bet | 5/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.2024III BOB. INTENSIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TALABALARNI KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINI EMPERIK O‘RGANISH
3.1. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga doir tajriba-sinov ishlari mazmuni va metodikasi………………………………………………………………………....61
3.2. Tajriba-sinov ishlari natijalari va statistik tahlili……….……………………..69
Uchinchi bob bo‘yicha xulosa..................................................................................76
UMUMIY XULOSA VA TAVSIYALAR ….……….………………..………...78
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………….……….……80
ILOVALAR………………………………………………………………...…….89
KIRISH
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi:
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish[2] kabi ustuvor vazifalarning belgilanishi muhim bo‘lib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz [3-14]” mazmunidagi fikrlaridan yoshlarga oid davlat siyosatining naqadar ustuvor ekanligini hamda oliy ta’limda pedagogik jarayon samaradorligini oshirish, xususan, intensiv ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish, ta’lim subyektlari sifatida shaxslararo munosabatlarning didaktik imkoniyatlarini oshirish asnosida kommunikativ kompetensiyalarni tadqiq etish muammosining muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rishimiz mumkin.
Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya sohasidagi strategik vazifalarning asosiy yo‘nalishi mustaqil fikr yurita oladigan, jamiyat va shaxs manfaatlari uchun zarur bo‘ladigan rivojlanish istiqbollarini aniq belgilaydigan mutaxassislar tayyorlash masalalariga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Bu esa bo‘lajak kadrlar tayyorlashni modernizatsiyalash va uning innovatsion pedagogik asoslarini ishlab chiqish, zaruratini yuzaga keltiradi.
Jamiyatdagi o‘zgarishlar, mutaxassislarning kasbiy bilim va shaxsiy sifatlariga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar oliy ta’lim muassasalarida ta’lim mazmunini yangilash, o‘qitishning innovatsion shakl va metodlari, intensiv usullari, zamonaviy axborot texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish zaruratini shakllantirdi.
Biroq intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning amaldagi mazmuni bo‘lajak mutaxassis shaxsiga qo‘yilayotgan zamonaviy talablar doirasida takomillashtirilmaganligi, bu sohadagi ilmiy tadqiqot natijalarining to‘laqonli amaliyotga tatbiq etilmayotganligi, oliygohlaridagi mutaxassislar tayyorlash jarayonidagi imkoniyatlar va mavjud holat diagnostikasidan kelib chiqib, mazkur ta’lim muassasalari o‘qitish tizimiga innovatsion texnologiyalarning to‘laqonli joriy etilmayotganligi tadqiqot muammosiga nisbatan kontseptual yondashuvni talab etadi va bu o‘z navbatida intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishni dolzarbligini ifodalashga xizmat qiladi.
|
| |