• Ish tuzilmasining tavsifi
  • 1.1. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning dolzarbligi
  • Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati




    Download 256,46 Kb.
    bet8/34
    Sana08.10.2024
    Hajmi256,46 Kb.
    #273985
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34
    Bog'liq
    28.06.2024

    Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati: Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati “kommunikativ kompetensiya” tushunchasining mazmun-mohiyatining ochib berilganligi; intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning komponentlari, mezon va ko‘rsatkichlarining aniqlashtirilganligi; Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish mazmunining takomillashtirilganligi bilan belgilanadi.
    Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining ahamiyati empirik asoslanganligi; Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni modelining takomillashtirilganligi; tizimli yondashuv asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlarining yoritib berilganligi bilan izohlanadi.
    Ish tuzilmasining tavsifi: Dissertatsiya kirish, 3 bob, 7 paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo‘lib, uning umumiy hajmi 80 sahifani tashkil etadi.

    I BOB. INTENSIV TA’LIM TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA TALABALARNI KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
    1.1. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning dolzarbligi
    Talabalarda kommunikativ sifatlarni rivojlantirish, ularda erkin, faol, mustaqil fikrlay olish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonni modellashtira olish, shuningdek, ta’lim-tarbiyaning yangi g‘oya va texnologiyalarini mustaqil yaratish hamda tatbiq eta olish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularda kommunikativ kompetensiyani tarkib toptirish muammosi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy-madaniy sharoitlarda ayniqsa, dolzarb hisoblanadi. Shu o‘rinda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellectual va ma’naviy salohiyatga ega bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”[4] degan fikrlari tadqiqot ishimizning bevosita maqsadiga mos keladi va dissertatsiya mavzuyimizning dolzarbligini ham ifodalaydi.
    Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishning dolzarbligini asoslash “intensiv”, “intensiv ta’lim texnologiyalari”, “talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish muammolari” kabi tushunchalar mazmunini yoritib berishni taqozo etadi. Quyida ularga to‘xtalib o‘tamiz:
    Ta'limdagi intensiv texnologiyalar - bu o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni osonlashtiruvchi, ta'lim jarayonining samaradorligini va sifatini oshiradigan ta’lim usullari va texnologiyalaridir[19, 6-8 b].
    Zamonaviy dunyoda ko‘plab sohalarga doir bilimlar muntazam ravishda yangilanishni talab qiladi, shuning uchun doimiy ta’lim olish kasbiy muvaffaqiyat va raqobatbardoshlikning zaruriy sharti bo‘lib, yangi bilimlarga ega bo‘lgan, uni qo‘llagan va takomillashtirgan mutaxassis mehnat bozorida afzalliklarga ega bo‘ladi. Ta'limdagi o‘zgarishlar o‘qituvchi rolining o‘zgarishiga, u va talaba o‘rtasidagi chegaralar hamkorlik va doimiy o‘zaro munosabatlarni o‘rnatishni taqozo etib, nafaqat bilim oladigan, balki uni izlash, rivojlantirish, o`ziga xos ko`nikma va malakalarga aylantirishda ishtirok etuvchi shaxslarning roli ham ma’lum darjada o‘zgarishlarga uchramoqda. Bunday muammolarni an’anaviy va intensiv mashg‘ulotlarning o‘zaro kombinatsiyasi orqali hal qilish maqsadga muvofiqdir.
    Dissertatsion ishimizda “intensiv” tushunchasining lug‘aviy ma’nosiga to‘xtalib o‘tdik:

    • intensiv [fr. intensif lot. intensio zo‘riqish, kuchayish] – kuchaytirilgan, zo‘riqqan; yuqori samaradorlikni ta'minlaydigan;

    • fransuz tilidan intensif - shiddatli, kuchaytirilgan, kuchaygan, keskin;

    • lotincha mtensus - kuchli, zo‘riqtiruvchi, energiyali, jonli, intiluvchan, shiddatli;

    • “intendere”dan - cho‘zmoq, ko‘paytirmoq, kengaytirmoq;

    • chuqur ichki miqdoriy o‘zgarishlar bilan bog‘liq, yangisining shakllanishidan iborat progressiv o‘sish.

    Intensiv mashg‘ulotlar an’anaviy mashg‘ulotlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega va ushbu afzalliklar ta'lim jarayoni ishtirokchilari o‘rtasidagi faol muloqotga asoslanadi.
    Pedagogika fanida "intensiv" atamasining ma'nosi o‘quv maqsadiga erishishga imkon beradigan "zo‘riqish" va "kuchayish" sharoitlarini yaratishga, shuningdek, ta'lim jarayonidagi sifat va miqdoriy o‘zgarishlarga urg‘u berishga qaratilgan jadal faoliyat jarayonini anglatadi[74, 8 b].
    Intensiv ta'lim markazida intellektual, faol, ijodiy, shaxsiy salohiyatli shaxs turadi.
    Intensiv ta'limning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
    • o‘qituvchi va talabaning o‘zaro birgalikdagi faoliyatining mavjudligi;
    • mashg‘ulot jarayonida ta’lim oluvchilarning erkinligi, psixologik zo‘riqishlarning mavjud emasligi;
    • yuqori intellektuallik;
    • intensiv o‘qitish jarayonida jamoaviy bilish faoliyatining mavjudligi [74, 8 b].
    Demak, intensiv ta’lim yuqori samaradorlikni ta’minlovchi, talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘zaro hamkorlikka asoslangan bilish jarayonini faollashtiruvchi pedagogik jarayonni anglatadi.
    Yuqorida keltirilgan tahlillarga asoslangan holda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish
    Talabalarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda turli intensiv ta’limiy texnologiyalardan foydalanish asosida kommunikativ kompetensiyalarning nazariy asoslari va emperik jihatlarini o‘zlashtirishi, ularda qisqa vaqt mobaynida kommunikativ bilimlarni tarkib toptirishga yo‘naltirilgan nazariy va amaliy faoliyatning uyg‘unligidan iborat jarayondir.
    Shuningdek, “o‘qitish texnologiyasi” (V.P.Bespalko, B.G.Lixachev, V.M.Monaxov, V.A.Slastenin, N.F.Talizina) va “intensiv ta’lim” (I.A.Zimnyaya, A.A.Leontyev va boshqalar) tushunchalarining ko‘plab ta'riflarini umumlashtirgan holda intensiv o‘qitish texnologiyasini rejalashtirilgan ta'lim natijalariga erishishga qaratilgan va talabaning kognitiv va psixologik imkoniyatlarini faollashtirishning intensiv usullarini o‘z ichiga olgan algoritmik, takrorlanadigan ta'lim tizimi deb hisoblaymiz.
    Bugungi kunda jamiyat tomonidan shakllanayotgan shaxsga qo‘yiladigan yuqori talablar muloqot va kommunikativ jarayonlar bilan bog‘liq to‘siqlariga uchramoqda. Nutqiy madaniyatning umumiy darajasi ommaviy axborot vositalarining rivojlanishi bilan doimiy ravishda pasayib borishi, ya’ni bilvosita muloqotning ulushi jonli muloqotning ko‘lamiga salbiy ta’siri kuzatilmoqda.
    Talabalarda kommunikativ kompetentsiyalarni o‘zlashtirish uchun individual va shaxsiy motivatsiyaning past darajada ekanligi, kommunikativ qobiliyatlar sifatiga rivojlanmagan axborot va kognitiv kompetensiyalarning salbiy ta'siri, muloqot jarayonida talabalarning ko‘pincha xabarlarning mazmuni haqida o‘ylamasligi, o‘z pozitsiyalarini yoki suhbatdoshni tushunish uchun o‘z e’tiborini maqsadga muvofiq boshqarmasligi, zamonaviy yoshlar nutqida jargon so‘zlarning ko‘pligi kabilar talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning dolzarbligini ifodalaydi.
    Har qanday soha mutaxassisining kasbiy fazilatlari uning maxsus ma'lumotga ega bo‘lishini, ilmiy va kasbiy tayyorgarligini doimiy ravishda oshirishni talab qiladi. Ta'kidlash joizki, bo‘lajak mutaxassis nafaqat ma'lum vakolatlarga ega shaxs maqomiga ega bo‘lishi, balki zarur bilimga, keng ko‘lamli kasbiy bilim, ko‘nikma va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak, bu esa, albatta shaxslararo muloqot qilish qobiliyatini o‘z ichiga oladi.
    Muloqot qilish qobiliyati har qanday faoliyat sohasidagi mutaxassislar uchun zarur bo‘lib, olim A.B.Dobrovich kommunikativ kompetentsiyani “aloqaga doimiy tayyorlik” sifatida belgilaydi [33]. Ko‘pgina kasbiy muvaffaqiyatsizliklar muloqot qilish ko‘nikmalarining rivojlanmaganligi, boshqalarni tinglash va eshitish madaniyatining tarkib topmaganligi va boshqa shaxslar bilan munosabatlarni qanday o‘rnatishni bilmaslikdan kelib chiqishini tushunish muhimdir.
    Rivojlangan kommunikativ kompetentsiya jamoada va jamiyatda moslashish sur’atiga, shaxsning hissiy farovonligiga ta'sir qilish xususiyatiga ega bo‘lib, bu kelgusi kasbiy faoliyat samaradorligining sharti hamda potensial imkoniyati hamdir[31, 46 b].
    Kommunikativ kompetensiya – o‘qituvchidan to‘laqonli muloqotchanlikni talab etib har qanday vaziyatda talaba va jamoa a’zolari bilan ijobiy munosabatda bo‘lishni taqozo etadi.
    Kommunikativ kompetentsiya nazariyasi so‘nggi yillarda mahalliy va xorijiy mualliflar tomonidan jadal o‘rganilmoqda. Olimlar asosan, ushbu konseptsiyaga quyidagicha mazmunda ta'rif berishadi: “kommunikativ kompetentsiya - bu turli vaziyatlarga moslashish qobiliyati va ma'lumot almashishning og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan vositalarida ravonlik, boshqa shaxsning ruhiy holatini mazmunli tushunishni ta'minlaydigan xulq-atvor xususiyatlarini to‘g‘ri baholash va bashorat qila olishdan iborat shaxsiy xususiyatdir [12, 175-b]. Ushbu nuqtai nazardan, kommunikativ kompetensiya talaba shaxsining refleksiv va psixologik bilimlarga ega bo‘lishi ham taqozo etadi.
    Aksariyat olimlar kompetentsiyani shaxsning ongli ravishda biladigan va faoliyatda ongli ravishda qo‘llaydigan shaxsiy tajribasining o‘zaro bog‘langan tarkibiy qismlariga asoslangan faoliyatni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi deb tushunadilar [34, 56 b]. Demak, kommunikativ kompetensiya ma’lumotlarni almashish, qabul qilish, tahlil qila olish, zaruriy axborotlarni qidirib topish hamda ularda foydalana olish ko‘nikmalarini o‘zida mujassamlashtiruvchi talaba shaxsining integral sifatidir.
    Ta’limiy mazmundan, vaziyatdan, kelib chiqib, har qanday o‘qituvchining maqsadi auditoriyada quyidagi “rivojlantiruvchi muhitni” yaratishdan iborat:
    - talabalarga faoliyatga undovchi motivatsiya berish;
    - talabalarni mustaqil ishlatish, o‘quv faoliyatiga undash orqali tushuncha va tasavvur va ko‘nikmalarni shakllantirish.
    - kerakli ma’lumotlarni qidirish, o‘z faoliyati loyihasi va uning amaliyotga tatbiq etish, ish maqsadini anglash va natijaga ma’suliyat bilan yondashish;
    - talabalar tomonidan mavzuni, maqsad, vazifalarini murakkablik darajasini, shakl va usullarni mustaqil ravishda tanlash;
    - talabalarni loyiha ustida guruhlarda ishlashga o‘rgatish mavzu va muammolarni aniqlash, vazifalarni taqsimlash, rejalashtirish, bahs-munozara natijalarini muhokama qilish va baholash;
    - talabalarni turli xil shakldagi munozaralardagi ishtirokini ta’minlash;
    - talabalarda o‘z harakatlarini tartibga solishni shakllantirish;
    - baholash tizimi orqali talabalarning natijalarini takomillashtirish, o‘z darajalariga va natijalariga baho berish orqali ularni yanada takomillashuviga erishish [41]. Demak, talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish ularning nafaqat o‘quv-bilish faoliyatiga balki, kelgusidagi kasbiy faoliyatga samarali tayyorgarligining ham sharti sanaladi.
    Kommunikativ kompetentsiyaning rivojlantirishda uning quyidagi jihatlarini inobatga olish lozim: birinchidan, boshqa odamlar bilan muloqot qilish qobiliyati, ular bilan doimiy ravishda zarur aloqalarni saqlab turishni ta’minlasa, ikkinchidan, faoliyat sohasidan qat’iy nazar, mutaxassisning umumiy va kasbiy bilimdonligini tavsiflovchi axborotga ega bo‘lish va ular bilan ishlash qobiliyatini o‘zida mujassamlashtiradi [53]. Umumiy ma’noda kommunikativ sifat va ko‘nikmalar har kimda ma’lum darajada shakllangan, lekin “talaba” yoki “bo‘lajak mutaxassis” tushunchalari ishlatilganda, kelgusida muayyan kasbiy faoliyatda muvaffaqiyatga erishmoqchi bo‘lgan, ayni paytda ilmiy-nazariy va emperik bilim, ko‘nikma va mahoratini yana-da takomillashtirish bilan mashg‘ul shaxs nazarda tutiladi.
    Shaxsning kommunikativ kompetentsiyasini tashkil etuvchi kommunikativ bilim va ko‘nikmalar majmuasiga quyidagilar kiradi:
    - aloqa normalari va qoidalarini bilish;
    - muloqot jarayonida shaxsga axborotni erkin uzatish va idrok etish imkonini beruvchi nutq rivojlanganligining yuqori darajasi;
    - og‘zaki bo‘lmagan aloqa vositalarini tushunish;
    - odamlarning jinsi, yoshi, ijtimoiy-madaniy xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan aloqa o‘rnatish qobiliyati;
    - vaziyatga mos ravishda o‘zini tutish va undan foydalanish qobiliyati;
    - suhbatdoshga uni ishontiradigan tarzda ta'sir o‘tkazish qobiliyati;
    - nutqda dalillarning ishonchliligi, mantiqiylik[53].
    Yuqorida bayon etilgan kommunikativ kompetentsiyani tashkil etuvchi kommunikativ bilim va ko‘nikmalarni turli sohalaridagi mutaxassislar egallashi lozim bo‘lgan talablar sifatida ifodalash mumkin.
    Turli mutaxassisliklar doirasida kommunikabillik, shaxslararo muloqot, konstruktiv munosabatlarni o‘rnatish mazkur kompetensiyaning past darajada rivojlanganligi asosiy to‘siq va qiyinchilik manbai ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Kommunikativ kompetentsiya to‘siqlarni yengib o‘tishga psixologik tayyorlik bilan bog‘liq[42, 354-b] bilan bog‘liqligiga e’tibor qaratsak, talabalar tomonidan kelgusida muvaffaqiyatli ish topish va martabaga erishishiga yordam beradigan zarur muloqot ko‘nikmalarini o‘qitish muhimdir. Til har qanday faoliyat sohasida asosiy aloqa vositalaridan biridir va shuning uchun talabalarga og‘zaki muloqot shakllari, vositalari va usullarini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlariga shart-sharoit yaratishni lozim deb hisoblaymiz.
    Yuqorida keltirilgan nazariy tahlillarga tayangan holda kommunikativ kompetentsiya talaba shaxsining muhim xususiyati va kasbiy tayyorgarligining muhim tarkibiy qismlaridan biridir degan, xulosaga kelindi.
    Shuningdek, talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish jarayoni nutqiy madaniyat, nutqning madaniyligi kabilarga ham e’tibor qaratishni talab etib, ushbu jihatlar nutqning kommunikativ sifatlari hamda adabiy til me’yorlari bo‘yicha bilim ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ifodalaydi.
    Nutqning madaniyligini, ta’sir quvvatini to‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, ifodalilik, boylik, soflik, jo‘yalilik kabi bir qator kommunikativ sifatlar tashkil etib, ushbu kommunikativ sifatlarning barchasini o‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy hisoblanadi [7]. Ya’ni kommunikativ kompetensiya o‘z mazmuniga ko‘ra nutqiy ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish hamda ularni kundalik va kasbiy faoliyatda qo‘llash layoqatini ifodalaydi va bunday natija nutqning madaniyligi bilan tavsiflanadi (1.1.1-jadvalga qarang).

    Download 256,46 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   34




    Download 256,46 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati

    Download 256,46 Kb.