-rasm. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modeli




Download 256,46 Kb.
bet17/34
Sana08.10.2024
Hajmi256,46 Kb.
#273985
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
28.06.2024

2.2.1-rasm. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modeli.
Natijaviy-baholovchi blok intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlanganlik darajasini, yuzaga keladigan qiyinchiliklar sabablarini aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi. Shuningdek, tadqiqot modelimizning ushbu bosqichi kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonining mezonlari, ko‘rsatkichlari hamda darajalarini ham aks ettiradi.
Biz tomonimizda taklif etilgan intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishning mazkur modeli kommunikativ tayyorgarlikni amalga oshiruvchi talaba shaxsining aniq kommunikativ va professional jihatdan muhim xususiyatlari va sifatlarini rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatadigan samarali vositalarni saralashga, kommunikativ kompetensiyalarni integratsiyalashgan xususiyatlarini rivojlantirishga tayyorlaydi.
Mazkur model “Kommunikativ kompetensiyani rivojlantiramiz” nomli to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish orqali amaliyotga joriy etildi.
To‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish jarayonida talabalarni pedagogik faoliyatda kommunikativ tamoyillardan foydalanishga tayyorlashning nazariy va amaliy tomonlarini birlashtirishga va talaba shaxsini pedagogik munosabatlarga jalb etishga e’tibor qaratildi.
“Kommunikativ kompetensiyani rivojlantiramiz” nomli to‘garak mashg‘ulotlari dasturi ishlab chiqilgan va ta’lim amaliyotiga joriy etilgan. To‘garak mashg‘ulotlari 4 soat nazariy va 24 soat amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lib, (2.2.2-jadvalga qarang) mashg‘ulotlarda talabalarning kommunikativ tayyorgarligini samarali rivojlantirish uchun mikrota’lim o‘quv loyihalari, ishbilarmonlik va o‘quv o‘yinlari, treninglar kabi faol o‘qitish usullaridan keng foydalanildi.
To‘garak mashg‘uloti doirasida quyidagi vazifalarni belgilab oldik:
- talabalarda kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirish, uning mohiyati nazariy-uslubiy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etishga yo‘naltirish;
- talabalarda kommunikativ bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish;
- talabalarda kommunikatsiya, pedagogik muloqot, kommunikativ kompetensiya, pedagogik munosabatlarni tashkil etish omillari borasida nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish;
- pedagogik jarayonda kuzatiladigan axloqiy nomaqbul munosabatlarni bartaraf etishga doir ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.
Ushbu belgilab olingan vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish jarayoni samaradorligini oshirishga imkon berdi.

Download 256,46 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Download 256,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish modeli

Download 256,46 Kb.