|
Buxoro innovatsiyalar universiteti
|
bet | 18/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.20242.2.2-jadval
“Kommunikativ kompetensiyani rivojlantiramiz” nomli to‘garak mashg‘ulotining taqvim-mavzuli rejasi
№
|
Mavzular
|
Nazariy mashg‘ulot
|
Amaliy mashg‘ulot
|
Jami soat
|
1.
|
Kommunikativlik, kasbiy tayyorgarlikning muhim omili.
|
2
|
2
|
4
|
2.
|
Talaba shaxsining kommunikativ kompetensiyasi mazmuni.
|
2
|
2
|
4
|
3.
|
Talaba shaxsining kommunikativ qiyofasi.
|
|
2
|
2
|
4.
|
Pedagogik jarayonda kommunikativ munosabatlarni o‘rnatish.
|
|
2
|
2
|
5.
|
Pedagogik muloqot va kommunikatsiyaning o‘rni.
|
|
4
|
4
|
6.
|
Integratsion yondashuv asosida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish.
|
|
2
|
2
|
7.
|
Kommunikativ kompetensiyaning tarkibiy qismlari.
|
|
4
|
4
|
8.
|
Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga doir yondashuvlar.
|
|
2
|
2
|
9.
|
Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari.
|
|
2
|
2
|
10.
|
Kommunikativ kompetensiyaning diagnostik vositalari.
|
|
2
|
2
|
|
Jami:
|
4
|
24
|
28
|
Rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar jarayonida mashq qilish, ko‘niktirish, talab qilish, topshiriq berish, vaziyatli tarbiyalash kabi faoliyatni tashkil etish usullaridan ham samarali foydalanildi. Shuningdek, mashg‘ulotlar jarayonida ta’sirchan natijalarga erishish maqsadida quyidagi ta’limiy shakllardan foydalanildi:
Ma’ruza - press konferensiya - bu talabalar tomonidan berilgan savollarga javoblar berish shaklida mavzuni tashkil etishni anglatib, bunday ma’ruza rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarda talabalarga shaxsiy, o‘quv yoki talaba tajribasini yangilash va ularni qiziqtirgan savollarni berish imkonini beradigan nazariy va amaliy mavzularni tanlash imkonini beradigan shaklda amalga oshirilishi muhimdir[11,148-155-b]. Savollar oldindan yoki ma’ruzaning dastlabki besh daqiqasida tuzilib pedagogga yozma ravishda taqdim etildi. Ba’zan tushuntirish yoki qo‘shimcha izoh uchun savol muallifiga murojaat qilindi. Bunday holda, ko‘pincha professor va talaba o‘rtasida munozarali vaziyatlar yuzaga kelib, ushbu turdagi ma’ruzalar talabalarning shaxsiy tajribasi va qiziqishlari doirasini ochib berishga, ularning e’tiborini jalb qilishga imkon berishi bilan muhim sanaladi [77,41-54-b].
Mini ma’ruzalar – “kichik”, juda qisqa hajmdagi ma’ruzalar bo‘lib, unda mavzu bo‘yicha aniq, tayanch savollar va iboralarning qisqa mazmuni yoritib berildi. Bunday ma’ruzalar ko‘pincha amaliy faoliyat, ilmiy tadqiqotlarni boshlashdan oldin o‘tkaziladi [38,58-59-b]. Biz tomonimizdan ushbu ma’ruza turi kommunikativ kompetensiyani rivojlantirish jarayonida talabalarda yuzaga kelgan nazariy qiyinchilik va savollarga javob berib borish shaklida amalga oshirildi.
Nazorat ishi. Ushbu turdagi mashg‘ulotlarning tashkiliy shakli dinamik-o‘yin usuli bilan amalga oshirildi. Nazorat ishida o‘qituvchi muammoli savollarni qo‘yish orqali talabalarga shunday sharoit yaratadiki, ular o‘zlari muammoni hal qilish yo‘llarini izlashi va taklif qilingan yechimning to‘g‘riligini isbotlashi, o‘z faoliyati natijalarini nazorat qilishi va baholashi lozim bo‘ladi. Shu tarzda olingan intellektual material har bir talaba uchun shaxsan muhim bo‘lgan kashfiyot sanaladi. U, nafaqat, o‘z shaxsiyatiga mos keladigan yo‘lni tanlash, uni mashg‘ulot (o‘yin) davomida umumiy muhokama uchun taklif qilish, himoya qilish, boshqalarni ishontirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
|
| |