|
Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
|
bet | 22/34 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 256,46 Kb. | | #273985 |
Bog'liq 28.06.2024Ikkinchi bob bo‘yicha xulosa
1. “Intensifikatsiya” tushunchasi shunchaki tezroq va ko‘proq narsani qilish ma’nolarida sodda tarzda qabul qilinib, pedagogik faoliyatda samarasiz usullardan, eskirgan tajribadan, boshqaruv apparatidan va hokazolardan voz kechishni va rivojlantiruvchi jarayon vositalarini yangi, yanada samarali vositalar arsenaliga almashtirish anglatadi.
2. Intensiv ta’lim texnologiyalarini qo‘llashda quyidagilarni e’tiborga olish lozim degan xulosaga kelindi: talaba shaxsining bilimlilik darajasi, talabaning kreativ fikrlay olish ko‘nikmalariga egalik, aqliy rivojlanishning o‘ziga xos xususiyatlari, talabaning individual xususiyatlari, talabaning u yoki bu sabablarga ko‘ra fanni o‘zlashtira olmasligi, talabaning muayyan fanga qiziqishi.
3. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish muammosiga doir turli yondashuvlarni tahlil qilish asosida kommunikativ kompetensiya shaxsning umumiy aqliy rivojlanishidagi eng muhim omillardan biri ekanligini aniqlandi.
4. Kommunikativ kompetensiyalarni rivojlantirishda talaba shaxsining xuusiyatlari, intensiv ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari, pedagogik jarayon ishtirokchilari o‘rtasidagi kommunikativ munosabatlarning pedagogik-psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda mazkur kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonining bosqichlari, intensiv ta’lim texnologiyalari, jarayonning tamoyillari, shakl, metod va natijalarini baholashning maqbul variantlarini ishlab chiqish hamda modellashtirish lozim degan, xulosaga kelindi.
5. Tadqiqot ishimiz doirasida metodologik asos sifatida lingvokulturologik, tizimli, tizimli-faoliyatli, shaxsga yo‘naltirilgan, refleksiv-ijodiy yondashuvlar belgilab olindi.
6. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni quyidagi funksiyalariga e’tibor qaratishni taqozo etadi: tolerantlik, kommunikativ, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, prognostik funksiyalar.
7. Intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayonining modeli uchta bir-biri bilan bog‘liq bosqichlardan iborat: 1) motivatsion-diagnostik; 2) mazmunli-faoliyatli; 4) natijalarni baholovchi.
8. Mazkur model “Kommunikativ kompetensiyani rivojlantiramiz” nomli to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish orqali amaliyotga joriy etildi. To‘garak mashg‘ulotlari 4 soat nazariy va 24 soat amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lib, (2.2.2-jadvalga qarang) mashg‘ulotlarda talabalarning kommunikativ tayyorgarligini samarali rivojlantirish uchun mikrota’lim o‘quv loyihalari, ishbilarmonlik va o‘quv o‘yinlari, treninglar kabi faol o‘qitish usullaridan keng foydalanildi.
9. Tadqiqot ishimizda intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish jarayoni quyidagi pedagogik sharoitlarni aniqlashtirishni talab etadi: talabalarda muloqot madaniyatini tarkib toptirish; talabalarda konfliktologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish; intensiv ta’lim texnologiyalari asosida talabalarni kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishda ularning individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish.
|
| |