|
Chilangari kasbi bo’yicha
|
bet | 147/162 | Sana | 12.10.2024 | Hajmi | 5,07 Mb. | | #274795 |
Bog'liq B C toifa tuzil OMT Elmuratov XMoy bosimining pasayishi uning suyulib ketishi, tirsakli valning o’zak va shqtun podshipniklari hamda moy nasosi shesternalari ko’p yeyilganligi, reduksion klapanning zich yonilganligini yoki ochiq holatda tiqilib qolganligi oqibati bo’lishi mumkin.
Moy bosimini ko’rsatkich yoki qizil chiroq yonishiga qarab, moy bosimi yoqligiga va bu hol datchik yoki qizil chiroqning buzuqligi oqibatiekanligiga aniq ishonch hosil qilinsagina avtomobilni ustaxonaga o’zini haydab borish mumkin. Agar moy bosimi butunlay yo’qligining sababini aniqlab bo’lmasa, dvigatelni to’xtatib, avtomobilni ustaxonaga shatakka olib borish lozim. Snuni esdan chiqarmaslik kerakki, moy bosimi butunlay bo’lmagan taqdirda avtomobilni hatto qisqa masofaga ham o’zini haydab borish dvigatelning jiddiy shikastlanishiga olib keladi.Natijada yirik ta’mirlash uchun chiqimdor bo’linadi.
Moy sizayotganligi dvigatelni tashqi tomonidan ko’zdan kechirib va avtomobilto’xtab turgan joyda moy dog’lari paydao bo’lishidan aniqlanadi. Birikmalarning mahkamlash detallarini qattiqlash yo’li bilan tuzatiladi.
Moy bosimining oshishi keragidan ortiq qovushoq moy ishlatish, moy naychalarining ifloslanishi, reduksion klapanning yopiq holatda tiqilib qolishi oqibati bo’lishi mumkin. Qizdirilgan dvigatelning me’yordagi moy bosimi tirsakli valning eng katta aylanishlar chastotasida ko’pi bilan 0,35-0,45 Mpa (3,5-4,5 kgk/sm kvadrat0 bo’lishi lozim. Moy bosimi asboblar shchitidagi ko’rsatkich bo’yicha yoki qizil nazorat chirog’iga qarab aniqlanadi.
Uyga vazifa:
Dvigatel ishga tushmayapti.
Dvigatel moy bosimining pasayishi.
Moy bosimining oshishi.
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari
U.Aminov ________
(Imzo)
“____”______20__yil
|
| |