• 4-rasm. Umumiy diagramma
  • XULOSALAR
  • -jadval.  Jizzax davlat pedagogika universiteti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti




    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/29
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,29 Mb.
    #142748
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29
    Bog'liq
    16781064687564972daraja

    1-jadval. 
    Jizzax davlat pedagogika universiteti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti 
    va Toshkent kimyo-texnologiya institutida olib borilgan pedagogik tajriba-
    sinov ishlari natijalari 
    Kasbiy 
    kompetensiyalarn
    i rivojlanganlik 
    darajasi 
    Tajriba guruhlarida 
    Nazorat guruhlarida 
    Tajriba boshida 
    255 nafar talaba 
    Tajriba oxirida 
    257 nafar talaba
    Tajriba boshida 
    261 nafar talaba
    Tajriba oxirida 
    262 nafar talaba 
    Talabalar 
    soni 

    Talabalar 
    soni 

    Talabalar 
    soni 

    Talabalar 
    soni 

    Yuqori 
    21 
    8.3 
    43 
    16.7 
    11 
    4.1 
    15 
    5.4 
    O’rta 
    159 
    62.5 
    210 
    81.9 
    183 
    70.3 
    187 
    71.6 
    Past 
    75 
    29.2 

    1.4 
    67 
    25.6 
    60 
    23 
    Jami 
    255 
    100 
    257 
    100 
    261 
    100 
    262 
    100 
    4-rasm. Umumiy diagramma 
    Tadqiqotimiz natijasida, barcha tajriba-sinov maydonchalari sifatida tanlab 
    olingan tajriba-sinov ishlari nihoyasida, tajriba guruhidagi talabalarning kasbiy 
    kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalarining samaradorligi 1,13 (13%) yuqori 
    ko’rsatkichga ega bo’ldi. Bu esa olib borilgan tadqiqot ishining samarali ekanligini 
    ko’rsatadi.
    XULOSALAR 
     
    Bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilariga informatika fanidan ta’lim berish 
    jarayonida telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash 
    muammosini nazariy va eksperimental o’rganishni amalga oshirib, biz quyidagi 
    xulosalarga keldik: 
    1. Bo’lajak texnologik ta’lim o’quvchilariga informatika o’qitishda 
    telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash jarayonining 
    maqsadi va natijasi mutaxassisning ushbu faoliyat turini amalga oshirishga 
    tayyorligini shakllantirishdir, bu maxsus yo’nalishni, telekommunikasiya 


     20 
    texnologiyalari 
    sohasida 
    maxsus 
    tayyorgarlikni, 
    shuningdek 
    kompyuter 
    tarmoqlaridan foydalangan holda zamonaviy o’qitish texnologiyalaridan 
    foydalanish bo’yicha uslubiy bilim va ko’nikmalar tizimini o’z ichiga oladi. 
    2. Informatikadan ta’lim jarayonida axborot va telekommunikasiya 
    texnologiyalaridan foydalanishga bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash ushbu 
    jarayonning quyi tizimi sifatida "Texnologik ta’lim" mutaxassisligi bo’yicha 
    integrasiyalashgan o’quv jarayoni doirasida pedagogik jihatdan samarali va 
    iqtisodiy jihatdan amalga oshiriladi. Ushbu jarayon faqat ma’lum bir maqsad - fan 
    o’qituvchisining o’qitishda telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga 
    tayyorligini shakllantirish bilan belgilanadi. 
    3. Bo’alajak texnologik ta’lim o’qituvchilariga informatika o’qitish jarayonida 
    telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanib ta’lim berishga tayyorlashda fan 
    o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligining mohiyati, mazmuni va tuzilishi ochib 
    berilgan; bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchisining maktab o’quvchilarini 
    o’qitishda tarmoq texnologiyalaridan foydalanishga tayyorligini shakllantirish 
    mezonlari, ko’rsatkichlari va darajalari aniqlandi; zamonaviy maktab talablariga 
    muvofiqligi uchun uni takomillashtirish yo’nalishlarini aniqlashda tarmoq 
    texnologiyalari sohasidagi oliy ta’lim tizimining holati o’rganildi. 
    4. Bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilariga informatika o’qitish jarayonida 
    telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlashning konseptual 
    modeli va ushbu modelga asoslangan metodik model ishlab chiqildi. Metodik model 
    to’rt komponent: maqsad, mazmun, jarayon va diagnostik komponentlardan tashkil 
    topdi. 
    5. Bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilarini informatikadan ta’lim jarayonida 
    telekommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash metodikasi 
    takomillashtirildi. Bo’lajak o’qituvchining telekommunikasiya texnologiyalaridan 
    foydalangan holda umumta’lim maktablarida ta’lim berishga tayyorligini 
    shakllantirish uchun psixologik va pedagogik sharoitlar to’plami aniqlandi va 
    tasdiqlandi. 
    6. Pedagogik tajriba-sinov ishlari oliy ta’lim muassasalarida “Texnologik ta’lim” 
    bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida olib borildi. Pedagogik tajriba-sinov ishlarida biz 
    tomonimizdan ishlab chiqilgan metodik model va metodikaning samarali ekanligi 
    isbotlandi. Nazorat guruhlaridagi talabalarning o’zlashtirish ko’rsatkichi har doim 
    nazorat guruhlaridagi talabalarning o’zlashtirish ko’rsatkichidan yuqori bo’ldi.

    Download 1,29 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   29




    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -jadval.  Jizzax davlat pedagogika universiteti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti

    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish