14
yondashuvlar, tamoyillar va funksiyalarni hisobga olgan holda uzviy algoritmik
ketma-ketlikni saqlash natijasida ishlab chiqilgan bo’lib nafaqat texnologik ta’lim
yo’nalishi talabalariga informatika o’qitishda, balki boshqa yo’nalishlarga ham
informatika o’qitishda yuqori samaradorlikka erishish mumkinligini bashoratlaydi.
Metodik model maqsaddan natijaga yo’nalgan uzluksiz tizim sifatida qaralsa
bo’lajak mutaxassisni tayyorlashda amalga oshirilgan algoritmik ketma-ketlikni
izchil amalga oshirilishini talab qiladi. Modeldan foydalanib bo’lajak
texnologik
ta’lim o’qituvchilarini informatikadan ta’lim jarayonida telekommunikatsiya
texnologiyalardan yuqori darajada foydalanishga tayyorlik darajasiga qarab samarali
ekanligi aniqlanadi. Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan modelning samaradorligini
pedagogik tajriba-sinov ishlari natijalari tasdiqlaydi.
Bo’lajak texnologiya o’qituvchisini telekommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanishga tayyorlashning mazmunli komponentini aniqlab, biz ushbu jarayonni
amalga oshirishning jarayoniy imkoniyatlari masalasiga yondashdik, shu sababli biz
belgilangan o’quv kurslarini o’rganish ketma-ketligini belgilb oldik. Talabalarni o’z
faoliyatida telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha
tayyorlash
mazmuni, bizning modelimiz bo’yicha, texnologiya o’qituvchisining asosiy va
qo’shimcha ta’limining quyidagi fanlari bilan ifodalanadi: “Informatika” (tayanch
o’quv rejasining tabiiy-ilmiy fanlari); “Axborot texnologiyalari” (tabiiy-ilmiy fanlar);
psixologik-pedagogik yo’nalishdagi “Texnologiya va tadbirkorlikni o’qitish nazariyasi
va metodikasi” va “Texnik va audiovizual o’quv vositalari” (o’quv rejasining
umumkasbiy fanlari) fanlari; “Internet-ta’lim asoslari” (maxsus (tanlov)
fan).Modelimizni qurishni yakunlash uchun tanlangan o’quv fanlarini o’rganish ketma-
ketligini va ularning texnologiya o’qituvchilarini tayyorlash tizimidagi o’rnini aniqlash
kerak edi.
Ta’lim mazmunini belgilashda bo’lajak kompyuter telekommunikatsiya
o’qitish texnologiyalaridan foydalanishda M.V.Shvetskiy tomonidan taklif qilingan
ushbu sohada kadrlar tayyorlashning kasbiy-pedagogik yo’nalishi tamoyillariga
tayandik: fundamentallik
tamoyili, binarlik tamoyili, yetakchi g’oya tamoyili,
uzluksizlik tamoyili, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish tamoyili, yangi
axborot texnologiyalaridan tizimli foydalanish tamoyili.
Pedagogik shart-sharoitlarni uchta katta guruhga bo‘lish mumkin: tashkiliy-
pedagogik shart-sharoitlarni ta’minlashda asosan fan dasturlari, o‘quv rejalar,
talablarni ishlab chiqish, rivojlantirish, o‘quv-uslubiy ta’minotni mazmunan
rivojlantirish
nazarda tutiladi; pedagogik-psixologik shart sharoitlarga turli
metodikalar ishlab chiqish va ta’lim tarbiya jarayoniga tadbiq etish, psixologik
o‘yinlar ishlab chiqish, tarbiyalanuvchilarning hissiy-emotsional va aqliy
harakatlarini shakllanishiga xizmat qiluvchi ishlanmalar va texnologiyalar ishlab
chiqish nazarda tutiladi; didaktik shart-sharoitlarga maktabgacha ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilari uchun o‘quv qo‘llanma va dasrsliklar,
elektron
usulubiy qo‘llanmalar, didaktik o‘yinlarning elektron variantlarini ishlab chiqish
nazarda tutiladi.
Tadqiqotimizda “Informatika” fanidan ta’lim berish orqali talabalarning
telekommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalana olishga tayyorlash
metodikasi (“SWOT-tahlil” metodini, SINDIKAT interfaol ta’lim metodini,
SMART- interfaol ta’lim metodi) takomillashtirildi.
16
Maruza mashg‘ulotlarini o‘qitish asosida talabalarning kasbiy kampetentligini
motivatsion-qadriyatli komponentini (talabalarga
motivatsiya berish, mavzuni
kengroq tushuntirish maqsadida) rivojlantirish maqsadida “SWOT-tahlil” metodini
qo‘lladik (2-rasm).