Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. O’tkazilgan
tadqiqotning ilmiy ahamiyati oliy ta’lim muassasalari “Texnologik ta’lim”
bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalarini telekommunikatsiya texnologiyalari
vositasida informatika o’qitish metodikasini takomillashtirilganligi, talabalar
ishtirokida pedagogik dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilganligi va ta’lim jarayoniga
tatbiq etilganligi, ilmiy-tadqiqotlar hamda tajriba-sinov ishlari natijalarini qayta
ishlashda dasturiy vositalardan foydalanilganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati informatika fanlararo uzviylikda o’qitish orqali
telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida informatika o’qitishning metodik
modeli ishlab chiqilganligi, “Axborot texnologiyalari” fanidan telekommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanishga doir ma’ruza mashg’uloti uchun o’quv qo’llanma
ishlab chiqilganligi, dasturlash tillarida informatikaga oid pedagogik dasturiy
mahsulotlar yaratilganligi bilan belgilanadi. Tadqiqot jarayonida ishlab chiqilgan
asosiy taklif va tavsiyalardan oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak o’qituvchilarni
informatikaga bo’lgan qiziqishlarini, ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda
hamda jamiyatga yuqori malakali kadrlar yetkazib berishda foydalanish mumkin.
9
Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Telekommunikatsiya texnologiyalari
vositasida talabalarga informatika o‘qitish metodikasi yuzasidan ishlab chiqilgan
uslubiy va amaliy takliflar asosida:
pedagogika
oliy
taʼlim
muassasalarida
telekommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanib informatika o‘qitish orqali talabalarning kasbiy
kompetensiyalarini va kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik
taʼminoti mazmuni differensial professiogrammani ishlab chiqish, dasturiy
apparatga ustuvorlik berish, informatsion, kasbiy, tizimli-axborotli, grafik, obʼektga
yo‘naltirilgan dasturlash hamda tizimli, faoliyatiy, kompetentli yondashuvlar
asosida takomillashtirishga oid takliflar “Axborot texnologiyalari (ma’ruza matnlari
va laboratoriya ishlari)” o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston
Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 25 noyabr 2022 yildagi 388-
sonli buyrug‘i, 388-311 raqamli guvohnoma, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg’or
texnologiyalarni tadbiq etish markazining 13 yanvar 2023 yildagi 02/01-01-129-son
ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanma telekommunikatsiya
texnologiyalari vositasida informatika o‘qitish metodikasini takomilashtirishga
xizmat qilgan;
telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida bo‘lajak texnologik taʼlim
o‘qituvchilariga informatika o‘qitishning substansial, tuzilmaviy, funksional va
konseptual modellariga asoslangan metodik modeli maqsad, mazmun, texnologik
jarayondan natijaga yo‘naltirilgan komponentlar uzviyligida tashkiliy-pedagogik,
pedagogik-psixologik, mavzuiy-didaktik shart-sharoitlarni pedagogik-strategik
taʼminlash asosida takomillashtirishga oid takliflardan Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 2019-2022 yillarda bajarilgan
609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBNE-JP “SPACECOM: “Koinot tizimlari va
aloqa muhandisligi bo‘yicha yangi o‘quv dasturi” (“New study program in space
systems and communications engineering”) mavzusidagi amaliy loyiha doirasida
belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 2023 yil 10 yanvardagi 19-sonli
ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan modeldan foydalanish bo‘lajak
o‘qituvchilarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak texnologik taʼlim o‘qituvchilariga informatikadan taʼlim jarayonida
telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash hamda kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini hamda talabalarda kasbiy sifatlarini
va kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik darajalarini baholash mezonlarini
takomillashtirishga oid takliflardan Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Qarshi filialida 2019-2021 yillarda bajarilgan №1/1-F-“Sanoat korxonalarining atrof
muhitga ta’sirini majmuaviy monitoringini ishlab chiqishda axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini qo’llash” nomli loyihada foydalanilgan
(Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialining 2023 yil
10 yanvardagi 20-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan metodika va
baholash mezonlari bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilarining kasbiy
kompetensiyalarini shakllantirishga xizmat qilgan.
|