7
telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida informatika o’qitishni
modellashtirish, pedagogik shart-sharoitlarni aniqlashtirish;
bo’lajak
o’qituvchilarni
informatika
fanidan
ta’lim
berishda
telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash metodikasini
takomillashtirish;
texnologik ta’lim yo’nalishi talabalarini zaruriy kasbiy kompetensiyalarini
rivojlanganlik darajalarini baholash mexanizmini takomillashtirish.
Tadqiqotning obyekti oliy ta’lim muassasalarida telekommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanib talabalarga informatika o’qitish jarayoni bo’lib,
Jizzax davlat pedagogika universiteti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti va
Toshkent kimyo-texnologiya institutida jami 519 ta talabalar ishtirok etdi.
Tadqiqotning predmeti: telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib
talabalarga informatika o’qitishning mazmuni, shakli, metodlari va vositalari.
Tadqiqotning usullari: nazariy, psixologik, pedagogik, tabiiy-ilmiy
(informatika), umumkasbiy hamda ixtisoslik fanlariga doir adabiyotlarni tadqiqot
muammosi va fanlararo uzviylik nuqtai nazaridan o’rganish, tahlil qilish, malaka
talablari tahlili, empirik: kuzatish, suhbat; statistik: so’rovnoma o’tkazish,
pedagogik tajriba-sinovi va matematik-statistika metodlari.