|
Chirchiq davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchiBog'liq 16781064687564972darajaTadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
bo’lajak o’qituvchilarni telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib
informatika o’qitishga tayyorlashga va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga
qaratilgan ta’lim metodlaridan samarali foydalanilgan va telekommunikatsiya
vositalari ustuvorligini ta’minlagan holda talabalarning kasbiy kompetensiyalarini
rivojlantirishga xizmat qiluvchi “Axborot texnologiyalari (ma’ruza matnlari va
laboratoriya ishlari)” nomli o’quv qo’llanma ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy
etilgan;
bo’lajak texnologik ta’lim o’qituvchilariga informatika fanini o’qitish orqali
kasbiy kompetensiyalari komponetlarini rivojlanganlik darajalarini baholash
mezonlari ishlab chiqilgan, shu bilan birga, telekommunikatsiya texnologiyalari
vositalaridan foydalanib informatika o’qitishning metodik modeli ishlab
chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan, bo’lajak o’qituvchilarni telekommunikatsiya
texnologiyalari vositasida kasbiy kompetensiyalari komponentlarini rivojlantirishga
qaratilgan “Informatika” fani uchun dasturiy mahsulotlar ishlab chiqilgan va
amaliyotga joriy etilgan.
Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. “Texnologik ta’lim” bakalavriat ta’lim
yo’nalishi talabalarini telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida informatika
o’qitish metodikasini takomillashtirishning ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik asoslari
mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuniga
hamda mazkur muammo bo’yicha respublikamiz va xorijiy pedagog-
tadqiqotchilarning
ilmiy-nazariy
g’oyalariga
asoslanilganligi;
tadqiqot
metodlarining tadqiqot vazifalariga mos ravishda tatbiq etilganligi; ilgari surilgan
ilmiy g’oyalarning o’tkazilgan tajriba-sinov natijalaridagi ijobiy ko’rsatkichlari
vakolatli tuzilmalar tomonidan tasdiqlanganligi bilan belgilanadi.
|
| |