• Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi.
  • “Telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida talabalarga infarmatika fanini o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari”
  • Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi




    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/29
    Sana22.01.2024
    Hajmi1,29 Mb.
    #142748
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
    Bog'liq
    16781064687564972daraja

    Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi. Tadqiqot natijalari 2 ta xalqaro va 2 ta 
    respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o’tkazilgan.
    Tadqiqot natijalarining e’lon qilinishi. Dissertatsiya mavzusi bo’yicha jami 
    16 ta ilmiy ish chop etilgan, jumladan, OAK tomonidan doktorlik dissertatsiyalari 
    asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 4 ta 
    shundan 2 tasi xorijiy jurnallarida nashr qilingan.
    Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya tarkibi kirish, uch bob, 
    xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning 
    matni 131 sahifani tashkil etadi. 
    DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI 
    Kirish qismida Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslangan, Dissertatsiya 
    mavzusi bo’yicha muammoning o’rganilganlik darajasi bayon etilgan, tadqiqotning 
    maqsadi, vazifalari, obyekti, predmeti aniqlangan, shuningdek, tadqiqot ishi fan va 
    texnologiyalarni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlariga mosligi ko’rsatilgan 
    hamda tadqiqotning ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy 
    ahamiyati, natijalarining amaliyotga joriy etilishi, e’lon qilinganligi, ishning tuzilishi 
    bo’yicha ma’lumotlar berilgan. 
    Dissertatsiyaning 
    “Telekommunikatsiya 
    texnologiyalari 
    vositasida 
    talabalarga infarmatika fanini o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari” deb 
    nomlangan birinchi bobida tarmoq texnologiyalaridan foydalanib bo’lajak 
    texnologiya fani o’qituvchilarini kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning texnologik 
    asoslari, ilmiy-metodologik asoslari, shu bilan birga tarmoq texnologiyalaridan 
    informatika o’qitishda foydalanish keltirib o’tilgan. 
    Kompetentlik, kompetensiya haqida qator ilmiy-tadqiqot ishlar olib borilgan 
    hamda olimlar tomonidan turli yondashuvlari keltirib o’tilgan.
    S.D.Smirnov
    pedagogik kompetensiya pedagogik faoliyat subyekti sifatidagi o‘qituvchining 
    kommunikativ, konstruktiv, tashkilotchilik va gnostik ko‘nikmalari yig‘indisi, uning 
    bu ko‘nikmalardan pedagogik faoliyatda amaliy foydalanish qobiliyatidir. 
    V.A.Slastenin o‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi tushunchasi uning 
    pedagogik faoliyatni amalga oshirishga nazariy va amaliy tayyorgarligining birligini 
    ifodalaydi 
    va 
    uning 
    kasbiy 
    mahoratini 
    tavsiflaydi. 
    Pedagogik kompetensiya bo‘lajak o‘qituvchilarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha 
    egallagan bilimi, ko‘nikmasi, malakasi, shaxsiy sifat va fazilatlari majmui. 
    Pedagogik kompetentlik bu bo‘lajak o‘qituvchini shakllangan kompetensiyalarini 
    pedagogik faoliyatda qo‘llay olishidir.
    Ko’pgina tadqiqotchilar tomonidan kompyuter texnologiyalarining samarali 
    tomonlari ta’kidlangan: kompyuter bilan ishlashning yangiligi o’quvchilarda u bilan 
    ishlashga bo’lgan qiziqishni uyg’otadi va o’qishga bo’lgan motivasiyani oshiradi; 
    animasiya, musiqa, ovozli nutq axborotni taqdim etish imkoniyatlarini kengaytiradi; 
    kompyuter o’quvchi modeli asosida uning o’rganish tarixi va xotira, idrok, 
    tafakkurning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda individual ta’limni 
    qurish imkonini beradi; kompyuter yordamida shaxsiy muloqot uslubini amalga 
    oshirish mumkin, bu esa qulayroq muhitni yaratadi - bu, ayniqsa, past 


    11 
    o’zlashtiruvchilar uchun muhimdir; kompyuter o’quv jarayonini faollashtiradi; 
    kompyuter hodisa va jarayonlarni vizuallashtirish imkoniyatini beradi. 
    Telekommunikatsiya texnologiyalari deganda “texnik vositalar (telefon, 
    telegraf, radio, televideniya va boshqalar) yordamida ma’lumotlarni masofaga 
    uzatish tushuniladi. Pedagogik amaliyotda telekommunikatsiyalar haqida gap 
    ketganda, ular ko’pincha an’anaviy telefon liniyalari yoki sun’iy yo’ldosh aloqalari 
    orqali kompyuter vositalari (modem yordamida) orqali ma’lumotlarni uzatish, qabul 
    qilish, 
    qayta 
    ishlash 
    va 
    saqlashni 
    anglatadi-bu 
    kompyuter 
    telekommunikatsiyalaridir. 
    Kompyuter kommunikasiyasini joriy etish boshqa vositalaridan foydalanish 
    bilan birlashtirilganda va keng ko’lamli metodologik va tashkiliy-pedagogik 
    innovasiyalarni qo’llab-quvvatlasa (hamkorlikdagi guruhlarda ishlash, loyiha ishi, 
    baholashning muqobil metodlari) natijalar samarali bo’ladi. 
    Telefon kommunikasiyasi bilan ta’lim tarmog’idan foydalanish varianti boshqa 
    turdagi ulanishlarga nisbatan muhim afzalliklarga ega. Ammo shu bilan birga, ushbu 
    turdagi ulanishdan foydalanish faqat pochta yozishmalari va exo-konferensiyalarni 
    (ya’ni, oflayn rejimda tarmoq konferensiyalarini) amalga oshiriladi, bu esa tarmoqni 
    o’rganish jarayonini juda qiyinlashtiradi. Bundan tashqari, tarmoq dasturiy 
    ta’minotini o’rnatishda juda jiddiy qiyinchiliklar mavjud. Shularni hisobga olib, 
    kompyuter kommutatsiya metodlarini keltirib o’tamiz: port orqali ulanishlar 
    (modem, infraqizil nur); tarmoq kartasi orqali ulanish (bir rangli, iyerarxik); telefon 
    kanali orqali (vositasiz). Global tarmoq xizmatlariga quyidagilar kiradi: elektron 
    pochta, global tarmoq (www), konferensiyalar (UseNet), fayllarni uzatish (FTP), 
    ma’lumotlar bazasi, boshqalar (TelNet, WAIS).
    “Ta’limda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari” tushunchasi bilan 
    bir qatorda “telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlar 
    tayyorlashga kasbiy tayyorlik” tushunchasi asosiy hisoblanadi. 
    O’qituvchining axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga 
    tayyorligining bir qismi bo’lgan bevosita motiv - bu bolalarni mahalliy va global 
    kompyuter tarmoqlaridan (masalan, internetdan) pedagogik jarayonni qo’llab-
    quvvatlashning muhim didaktik vositasi sifatida o’qitishga qiziqish deyish mumkin. 
    Bu qiziqish texnologiya o’qituvchisi shaxsi yo’nalishining asosiy mazmunidir. 
    Bo’lajak o’qituvchining kompyuter telekommunikatsiyalari va axborot 
    texnologiyalari sohasidagi metodik tayyorgarligi, uning kasbiy tayyorgarligining 
    komponenti sifatida; ta’lim jarayonini ta’minlashning didaktik vositasi sifatida 
    kompyuter telekommunikatsiyalaridan foydalangan holda o’qitish metodikasi 
    sohasidagi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni nazarda tutadi. 
    Bo’lajak o’qituvchini quyidagi ko’nikmalarga ega bo’lishiga alohida e’tibor 
    qaratamiz: maktab o’quvchilarini o’qitishda kompyuter telekommunikatsiya 
    texnologiyalaridan foydalanish jarayoni va natijasini bashorat qilish bilan bog’liq 
    gnostik ko’nikmalar; axborot ko’nikmalari - o’quv ma’lumotlarini olish va 
    to’g’ridan-to’g’ri taqdim etish usullari bilan bog’liq; loyiha ko’nikmalari – o’qitish 
    va tarbiyaning aniq rejalarida pedagogik prognozlash natijalarini moddiylashtirishda 
    namoyon bo’ladigan ko’nikmalar; kommunikativ ko’nikmalar - o’qituvchining 
    muloqot qilish qobiliyati va malakasi, o’qituvchi va talabalar, boshqa o’qituvchilar 
    o’rtasida aloqalarni o’rnatish, shuningdek, pedagogik muammolarni hal qilish nuqtai 


     12 
    nazaridan ushbu muloqotning samaradorligi. Bolalarda muloqot qobiliyatlarini 
    shakllantirish uchun o’qituvchining o’zi muloqot qobiliyatiga ega bo’lishi kerak; 
    rivojlantiruvchi ko’nikmalar-o’qituvchining bu ko’nikmalari juda muhim, chunki 
    o’qitishning vazifalaridan biri hamisha o’quvchilar tafakkurini rivojlantirishdan 
    iborat; yo’naltiruvchi ko’nikmalari-o’rta maktabda kasbiy yo’nalishni amalga 
    oshirish uchun muhim ahamiyatga ega. 
    Texnologiya fani o’qituvchisini o’quv jarayonida telekommunikatsiya 
    texnologiyalaridan foydalanish bo’yicha tayyorlash natijasiga qo’yiladigan asosiy 
    talablar differensial professiogrammada aks ettiriladi, uning tuzilishi uning kasbiy 
    tayyorgarligi tarkibiga mos keladi va quyidagi umumiy shaklga ega bo’ladi: 
    yo’naltirilganlik (kasbiy faoliyat sohasiga qiziqish, jismoniy fazilatlar), ta’limiy 
    (maxsus, metodik) 
    Ushbu 
    professiogrammani 
    texnologiya 
    o‘qituvchisining 
    kompyuter 
    telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘rganishga tayyorligi 
    ko‘rsatkichlari 
    tizimi 
    sifatida 
    qarash 
    mumkin. 
    Ushbu professiogramma bo‘lajak texnologiya o‘qituvchisining kompyuter 
    telekommunikatsiya texnologiyalaridan o‘quv jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun 
    universal zamonaviy didaktik vosita sifatida foydalanishga tayyorligini 
    shakllantirishning o‘rganilayotgan jarayonining maqsadli, mazmuni va jarayoniy 
    xususiyatlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
    Biz tomonidan tuzilgan professiogrammada uning shaxsiyati yo’nalishining 
    maxsus ko’rsatkichi sifatida maktab o’quvchilarini kompyuter telekommunikatsiya 
    texnologiyalaridan foydalangan holda o’qitishga doimiy qiziqish mavjud. Bunday 
    qiziqishning mavjudligi va uning namoyon bo’lish darajasiga ko’ra, mos ravishda 
    bo’lajak o’qituvchi shaxsiyatining yo’nalishi xususiyatlariga baho beriladi. Tarmoq 
    texnologiyalaridan foydalanishga qiziqishning namoyon bo’lish darajasi bu holda 
    kasbiy yo’naltirilganlik holatining mezoni hisoblanadi. 
    Talabalarning kasbiy tayyorgarligini yanada rivojlantirish, uning asosi 
    kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda o’qishga bo’lgan qiziqish bo’lishi 
    kerak bo’lgan asosiy vazifasi bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat 
    bo’lgan fanlarni o’rganish jarayonida amalga oshirilishi mumkin. “Texnik va 
    audiovizual o’qitish vositalari” kursi, bizningcha, pedagogika fakulteti talabalarida 
    axborotdan, xususan, kompyuter telekommunikatsiya texnologiyalaridan 
    foydalanishga tayyorlik ko’p darajada shakllantiriladi. 
    Pedagogika oliy taʼlim muassasalarida telekommunikatsiya texnologiyalaridan 
    foydalanib informatika o‘qitish orqali talabalarning kasbiy kompetensiyalarini va 
    kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik taʼminoti rivojlantirildi: 
    “Axborot texnologiyalari” fanidan elektron majmua, “Axborot texnologiyalari”, 
    “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Raqamli qurilmalarni loyihalashga 
    kirish” nomli elektron pedagogik dasturiy vositalar ishlab chiqildi, “Axborot 
    texnologiyalari (ma’ruza matnlari va laboratoriya ishlari)” o‘quv qo‘llanmasi nashr 
    etildi va ta’lim jarayoniga joriy etildi. 
    V.A.Slastenin tomonidan ishlab chiqilgan pedagogik ta’lim kontseptsiyasida 
    bo‘lajak o‘qituvchini tayyorlash muammosini majmuaviy hal etishga alohida e’tibor 
    qaratgan. Ushbu konsepsiya o‘qituvchi shaxsini shakllantirishning butun jarayonini 
    qurish va faoliyat yuritishini ta’minlaydigan tizimli, madaniy, faoliyatli, individual-


    13 
    ijodiy kabi metodologik yondashuvlar asosida quriladi. Bizning tadqiqotimizda 
    tizimli, faoliyatiy, kompetentli yondashuvlar asosida informatika o’qitish amalga 
    oshirildi. Tizimli yondashuv-bu ilmiy bilimlar va ijtimoiy amaliyot 
    metodologiyasining yo‘nalishi bo‘lib, u obyektlarni tizim sifatida ko‘rib chiqishga 
    asoslanadi. Tizimli yondashuvdan foydalanish o‘rganilayotgan jarayonlarni tizimlar 
    shaklida taqlid qiluvchi pedagogik modellarni ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi, bu 
    ularning ishlash qonuniyatlari va samarali tashkil etish tamoyillari haqida bilim 
    olishga imkon beradi. Pedagogikada faoliyatli yondashuv: shaxs faoliyatda 
    shakllanadi va namoyon bo‘ladi, shuning uchun talabaning faoliyatini tanlash va 
    tashkil etish, uni faollashtirish va subyekt yondashuviga o‘tkazish uchun alohida 
    bilim, mehnat talab etiladi. Kompetentli yondashuv: jadal rivojlanayotgan yuqori 
    texnologiyali jamiyat va mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida 
    ta’lim tizimining ish beruvchilar talabiga javoblaridan biri kompetentlikka 
    yo‘naltirilgan ta’limdir. 
    Dissertatsiyaning 

    Download 1,29 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




    Download 1,29 Mb.
    Pdf ko'rish