2-rasm. “SWOT-tahlil” metodi Misol
tariqasida
Informatika
fanidan Chiziqli dasturlarni yaratishda
(Phyton yoki Java) dasturlash tilida
amallar bajarilsa maqsadga muvofiq
bo‘ladi.
Uning afzalliklari: kodni terish
hajmi kamligida;
Kamchiliklari: interfeysida;
Imkoniyatlari: barcha sistemalarda
ishlay olishi.
Laboratoriya mashg‘ulotlarni olib borishda “SINDIKAT” interfaol ta’lim
metodini qo‘llash orqali texnologik ta’lim o‘qituvchilarini axborot-kommunikativ
kompetentligini rivojlantirildi va quyigacha amalga oshirildi: o‘qituvchi dars
mashg‘uloti boshida dasturiy ta’minot haqidagi umumiy tushunchalarni beradi;
talabalar kichik guruhlarga ajratadi topshiriqlar beriladi; topshiriqlarni bajarish
uchun vaqt belgilanadi; kichik guruhlarning ishlari jamoa tomonidan o‘qituvchi
rahbarligida tahlil qilinadi va eng yaxshi ish aniqlanadi; o‘qituvchi jamoa ichidan
eng yaxshi ishni e’lon qiladi va yechimlar birgalikda muhokama etilib,
umumlashtiriladi.
Natija: Talabalarda mavzu (masala, muammo)ni ijodiy o‘rganish, nazariy bilimlarni
umumlashtirish, tizimlash asosida fikrni qisqa va aniq bayon qilish qobiliyatini
tarbiyalashga xizmat qiladi.
Mustaqil ta’limda SMART- interfaol ta’lim metodi qo’llanildi. SMART – bu
inglizcha akronim bo‘lib, u maqsadni to‘g‘ri tushunib yetish va erishishga yordam
beruvchi, o‘ta samarali metod hisoblanadi. Maqsadingiz SMART bo‘lishi uchun, siz
quyidagi me’zonlarni shakllantirib, aniqlashtirib olishingiz kerak.
Umuman olganda informatikadan barcha ta’lim shakllarida kompyuter
kommutatsiya metodidan foydalandik. Kompyuter kommutetsiya metodi 3-rasmda
keltirilgan.
Bo‘lajak texnologik ta’lim o‘qituvchilariga informatikadan ta’lim jarayonida
telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash hamda kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi Java dasturlash tilida dasturiy
mahsulotlar yaratish, individual ta’limni amalga oshirish jarayonlarini
informatikadan mobil ilova ishlab chiqish asosida takomillashtirildi. Bu yaratilgan
dasturiy mahsulotlarning boshqa ilovalardan farqi, ulardan online va ofline rejimida
bemalol foydalansa bo’ladi. Bu bo’lajak o’qituvchiga yangi texnologiyalarni
istalgan vaqtda kiritish imkonini beradi. Mobil ilovaga fanning yangi ma’lumotlarini
muntazam ravishda yangilab borish imkoni kiritib o’tilgan. Dastur Java dasturlash
17
tilida bajarilgan, dasturdan foydalanish uchun bo’yicha yo’riqnoma sodda tarzda
berilgan.