Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pedagogika
oliy
taʼlim
muassasalarida
telekommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanib informatika o‘qitish orqali talabalarning kasbiy
kompetensiyalarini va kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishning uslubiy-didaktik
taʼminoti mazmuni differensial professiogrammani ishlab chiqish, dasturiy
apparatga ustuvorlik berish, informatsion, kasbiy, tizimli-axborotli, grafik, obʼektga
yo‘naltirilgan dasturlash hamda tizimli, faoliyatiy, kompetentli yondashuvlar
asosida takomillashtirilgan;
telekommunikatsiya texnologiyalari vositasida bo‘lajak texnologik taʼlim
o‘qituvchilariga informatika o‘qitishning substansial, tuzilmaviy, funksional va
konseptual modellariga asoslangan metodik modeli maqsad, mazmun, texnologik
jarayondan natijaga yo‘naltirilgan komponentlar uzviyligida tashkiliy-pedagogik,
pedagogik-psixologik, mavzuiy-didaktik shart-sharoitlarni pedagogik-strategik
taʼminlash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnologik taʼlim o‘qituvchilariga informatikadan taʼlim jarayonida
telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlash hamda kasbiy
kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi Java dasturlash tilida informatikaga
doir texnik va pedagogik dasturiy mahsulotlar yaratish, motivatsion-qadriyatli,
refleksiv mezonlarni reproduktiv, kasbiy interaktiv kurslar metodikasiga
muvofiqlashtirish hamda mazmunan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
pedagogika oliy taʼlim muassasalarida bo‘lajak texnologik taʼlim
o‘qituvchilarining kasbiy sifatlarini va kasbiy kompetensiyalarini rivojlanganlik
darajalarini baholash mezonlari informatika o‘qitishda foydalaniladigan
telekommunikatsiya texnologiyalarini mutaxassislik kasbiy va pedagogik
8
professiogrammasining barqaror tendensiyalariga refleksiv moslashtirish hamda
baholashning telekommunikatsion mobil ilovasini ishlab chiqish natijasida
takomillashtirilgan.