• O‘zbek milliy kashtachiligi
  • Chirchiq davlat pedagogika universiteti




    Download 1,6 Mb.
    bet4/10
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,6 Mb.
    #110539
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Texnalogiya KASHTACHILIK
    durdona me, Dars ishlanma, Xaitqulov Diyorbek
    Kashta tikish – qiziqarli va ijodiy ish bo‘lib, u insonga ko‘p quvonch keltirishi, bo‘sh vaqtida ermak bo‘lishi, insonni nafosat olamiga olib kirishi mumkin. Kashta tikish usullarini o‘zlashtirayotganda hamma narsa birdaniga yaxshi chiqmasligi mumkin, chunki kashtachilik sabr-toqatli, e’tiborli, tartibli bo‘lishni talab etadi. Chidamli bo‘lish lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin ish asta-sekin osonlasha boradi.
    Kashta tikish san’atining ko‘p asrlik tarixi bor. Arxeologik topilmalarda yozilishicha, qadimdan uy-ro‘zg‘or buyumlarini – sochiqlar, to‘r hoshiya, dasturxonlar, bayram va kundalik kiyimlar, peshbandlar, bosh kiyimlar va boshqa narsalarni kashtalar tikib bezatilgan.
    Kashta tikish usullari, gullari, ranglarning mujassamlanishi avloddan-avlodga o‘tib takomillashib bordi. Sekin-asta eng yaxshi kashtalar tanlanib qoldi va milliy xususiyatlari bilan xarakterli betakror kashta namunalari yaratildi.
    Xalq ustalari kashta tikib bezagan buyumlar chiroyli gullari bilan, ranglarining bir-biriga mosligi, to‘la mutanosibligi, bajarish usullarining professional aniqligi bilan ajralib turadi. Kashta tikilgan har bir buyum amaliy vazifasiga to‘g‘ri keladi.
    Mamlakatimiz muzeylarida xalq kashtachiligining ko‘p namunalari to‘plangan, ayniqsa X1X asr kashtalari eng yaxshi saqlanib, shu kunlargacha yetib kelgan. O‘zbek milliy kashtachiligi amaliy san’atning eng qadimiy turlaridan bo‘lib, u xalqning o‘z turmushini go‘zal qilish istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda balki, chet ellarda ham shuxrat qozongan.
    O‘zbek xalq ustalari qo‘llari bilan tikilgan so‘zana, zar devor, gul ko‘rpa, choyshab kabi turli hil naqshli buyumlar mamlakatimizning faqat xonadonlarida emas balki, muzeylarda ham ekspozitsiyaga aylanib qolgan.
    O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi. Kashtalash kiyimlar va buyumlarni bezashda, xamda uy-ro‘zg‘or bezak buyumlari tayyorlashda, qadimdan qo‘llanilib kelmoqda.
    Kashtachilikning maxsus turlaridan biri applikatsiyadir. Applikatsiya - lotincha yopishtirish degan ma’noni bildirib, gazlama, qog‘oz va boshqa materiallarga tikish yo‘li bilan bezak berish demakdir.
    A pplikatsiya kashtachilikning mahsus turi bo‘lib, u o‘ziga xos texnologiyaga ega. Asosiy matoga rangdor mato parchasini, charm va boshqa matoga rangdor mato parchasini va boshqalarni qadab o‘trofii choklanadi.
    Hozirgi vaqtda ko‘pincha bolalar paltolarida, ko‘ylaklarida, bosh kiyimlarida, har-xil qush, meva, gul va hayvonlar tasviri applikatsiya usulida choklanadi. O‘rta Osiyoda kashtachilik keng tarqalgan. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, korton, zigir, jun, ipak, su’iy iplar, zar iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoqlar, marjon, metall, pulakcha, qimmatbaho tabiiy va sun’iy toshlar va materiallar ishlatiladi.
    Kashtachilikning o‘ziga xos ish qurollari mavjud bo‘lib, ular turli vazifalarni bajaradi. Kashtachilik turli rangli ipak o‘trofi ip bilan igna ilmoqli bigizda har-xil matolarga mayda gul tikishdir.


      1. Download 1,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chirchiq davlat pedagogika universiteti

    Download 1,6 Mb.