XULOSA …..25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI




Download 1,6 Mb.
bet2/10
Sana03.12.2023
Hajmi1,6 Mb.
#110539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Texnalogiya KASHTACHILIK
durdona me, Dars ishlanma, Xaitqulov Diyorbek
XULOSA …..25
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI …..26

KIRISH
Mazkur kurs ishi Mehnat ta’limi yo‘nalishiga mo‘ljallangan bo‘lib, bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilami milliy xunarmandchiligimiz tarixi, uning yo‘nalishlari, rivojlanish bosqichlari, tarmoqlari bilan tanishtirish, shuningdek, o‘zbek milliy xalq xunarmandchiligining: yog‘och o‘ymakorligi, ganchkorlik, naqqoshlik, zardo‘zlik, kashtado‘zlik, gilam to‘qish kabi sohalari sirlarini o‘rgatish, milliy qadriyatlarimizni ardoqlash, ular bilan faxrlanish, g‘ururlanish xislarini rivojlantirish, avloddan avlodga o‘tib kelayotgan xalq xunarmandchiligi ustalarining munosib davomchilari bo‘lish, yaratuvchanlikka, go‘zallikka intilish kabi tuyg‘ulami tarkib toptirishdan iboratdir.Shu nuqtayi nazardan kelib chiqib, mamlakatimizda ta’lim tizimini isloh qilishning qonun-qoidalariga amal qilgan holda turli yo‘nalishlar bo‘yicha pedagoglar tayyorlashga kirishildi. Shu jumladan, professional iqtisodchi pedagoglar tayyorlash ham qo‘yilgan vazifani amalga oshirishning muhim bo‘g‘ini hisoblanadi.
Jamiyatning taraqqiyot darajasi, davrimizning axborot asriga aylanishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar shuni ko‘rsatadiki, yoshlarni yetuk, vaziyatni tezda baholaydigan, har qanday holatda ham to‘g‘ri va oqilona qaror qabul qila oladigan malakali mutaxassis qilib tayyorlash uchun faqat an’anaviy uslublarga tayanib dars o‘tish yetarli emas. Bu esa ta’lim tizimida jahon tajribasidan keng foydalanishni talab etadi. Shu talabdan kelib chiqib, kasb ta’limining bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalarga mutaxassislik fani sifatida «Maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi» darsi 2008-yilda qabul qilingan yangi DTS bo‘yicha esa «Kasb ta’limi metodikasi» o‘qitiladigan bo'ldi. . Shu sababli, bu sohadagi kasb ta’limi bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun maxsus mutaxassislik fanlari bu — iqtisodiy fanlar bo’lgani tufayli iqtisodiy fanlarni o‘qitish metodikasi o‘rganiladi.
Iqtisodchi-pedagoglar uchun kasb ta’limi metodikasi — bu iqtisodiy fanlardan dars o‘tishni o'rganish metodikasi bolib, iqtisodiy fanlarni talabalarning chuqur o'rganishlari uchun fanning va mavzuning maqsadidan kelib chiqqan holda qanday vosita va metodlarni tanlash va dars jarayonida qo'llash yo'llarini o'rganish, bo'lg'usi iqtisodchi-pedagoglar ongiga yetkazishni ko'zda tutadi.
Iqtisodiy fanlarni yoshlarga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi bu fanlarni yaxshi bilishi, dars berish metodlarini mahorat bilan qo'llay olishi talab etiladi. Shu bilan birga, pedagogika, psixologiya, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, pedagogik texnologiya va boshqa fanlarni ham chuqur bilishi zarur bo‘ladi.
Kadrlar tayyorlashdagi asosiy maqsad zarur bilimlarni o'zlashtirish bilan birga talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda mustaqil tanlash va qaror qabul qilish ko'nikmasini hosil qilishdir. Ma’lumki, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar o‘z navbatida ishchi kuchiga ham alohida talablar qo‘yadi. Ya’ni ishchilar malakali, mahoratli, talabning o‘zgarishiga moslashuvchan, o‘z malakasini oshirishga intiluvchan bo‘lishi talab etiladi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talablarni talabalar chuqur idrok etishlari, mustaqil izlanish, fikrlash, turli qarashlarni taqqoslash, tahlil qilishga, oqilona xulosa chiqarishga o'rganishlari lozim. Jahon pedagogikasida diqqat-e’tibor talabalarda ana shu xislatlarni hosil qilish va tarbiyalashga qaratilgan.

Download 1,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSA …..25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

Download 1,6 Mb.