Chirchiq davlat pedagogika universiteti




Download 1,6 Mb.
bet5/10
Sana03.12.2023
Hajmi1,6 Mb.
#110539
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Texnalogiya KASHTACHILIK
durdona me, Dars ishlanma, Xaitqulov Diyorbek
Kashta chok turlari

Qo ‘lda tikiladigan kashtalarning ikkita turi mavjud: - bezatiladigan matoning arqoq va tanda iplarini sanab kashta tikish; - matoga gul tasviri konturi asosida erkin kashta tikish. O‘zbek kashtachiligida ko ‘p qo ‘llaniladigan chok turlari bilan tanishib chiqamiz: Yo’rma choki – ilmoqli bigiz yoki igna bilan matoning o ‘ng tomonida halqalar zanjiri hosil qilib tikiladi. Ignaga o ‘tkazilgan ipak ip yordamida halqa hosil qilinib, matoning sirtida chap qo‘l bilan ushlab turiladi. Sanchilib chiqqan igna esa halqa hosil qilinadi. Yo ‘rma choklari bilan yirik kashtalarning hoshiyalari, gul va barglarning asosiy shoxga ulanadigan bandlar tikiladi.

Yo‘rma chok.
Bigiz yordamida yo ‘rmado ‘zi uslubida kashta tikishda ip doimo buyumning ostida turadi, bigiz bilan gazlama teshib o ‘tiladi, gazlama ostida bigiz ilmog‘iga chap qo‘l bilan ip ildirib turiladi va o ‘ng qo‘l bilan uni tortib olib, choklar zanjirini hosil qilinadi. Ilma chokining ikki turi mavjud: bir taraflama va ikki taraflama ilma choklar. Bir taraflama ilma choklar gorizontal yo ‘nalishda chapdan o‘ngga yoki yuqoridan pastga tomon tikiladi. Ikki taraflama ilma chokning ham ikki xil usuli bor: birinchi turi bir tomoni chapdan o‘ngga halqa qilib tikib chiqilgan, qolgan tomonida ham shu tarzda halqa hosil bo ‘ladi. Ikkinchi usulda ip o ‘tkazilgan igna gazlamaning o ‘ng tomonidan qadab, yotiq chiziq bo‘ylab chap tomondan sug‘urib olinadi.
Qo ‘lning bosh barmog‘i bilan ilib orqaga surilgan ip igna ostida qolishi kerak. Shu tarzda bir yoqlama halqa hosil bo ‘ladi, so ‘ngra o ‘ng tomondan yana igna qadab, chapdan yotiq holatda sug ‘urib olinadi. Lekin bu ikkinchi va undan keyin o‘ng tomonga sanchiladigan ignani sal qiyaroq tutib, vertikal ipdan yuqoriga, avvalgi halqa chokning ichkarisiga qadaladi. Shu tarzda o ‘ng tomon halqasi hosil qilinadi.

Ilma chokni tikish usuli
Qo ‘shaloq ilma‖ chokda chok bo ‘ylab gazlamani ilmasdan oldin chap halqa, keyin o‘ng halqa hosil qilib olinadi va igna sanchilib, gazlamada shunday qiya qaviq hosil qilinadiki, bunda o ‘ng tomondagi igna sanchilgan joy chap tomondagi sanchiq chizig ‘iga to ‘g ‘ri kelishi, chap tomondagi igna chiqqan joy esa, bir baxya pastroqda paydo bo ‘lishi kerak. Ilma choklari, odatda, bosma choki bilan tikilgan kashtalarni hoshiyalashda ishlatiladi. Ilma choki Farg ‘ona vodiysida ko‘proq tarqalgan. Bu chokdan chust do ‘ppisi bezaklarida ko‘p foydalaniladi. Shoyi matolarga tikiladigan kichik kashtalarda ham ko‘p qo ‘llaniladi.
Murakkab ilma chok. Kuppa choki turli yo ‘nalishda, ya‘ni chapdan o ‘ngga, o‘ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga sidirg‘a tikib hosil qilinadi. Bunda yonma-yon tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab, kichikdan kattalashib, kattadan kichiklashib borishi mumkin. Turli-tuman kashtalarda, do‘ppido ‘zlikda keng foydalaniladi. ―Ignani oldinga yo ‘naltirib‖ sanchiladigan chokni tikishda gazlama ipidan 2-3 tasi igna uchiga terib olinib, o ‘ngdan chapga tomon tikiladi.
Undan kashta guli chiziqlarini aylantirib tikishda va gazlama yuzasini to‘ldirib badiiy kashtalar tikishda foydalaniladi. Ushbu chok Farg‘ona vodiysi, Samarqandda keng tarqalgan. Kanda xayol chokida ip to ‘shama tik yoki yotiq bo ‘ladi. Bu chokning ikki xili mavjud. Bir xilida to ‘shama ip ustidan chatiladigan chok qiyalatib ustma-ust tushadi, kashta tayyor bo ‘lganda novdadan to ‘qilgan savatga o‘xshab ko ‘rinadi. Ikkinchi xilida kashtado ‘z birinchi qatorni oldingi kashta xili tarzida tikib chiqqach, ikkinchi qatorni tikayotganda oldingi qator ostki qismidan o ‘tkazib tikiladi, shunday qilib, choklar to‘shami ip ustiga diagonal yo‘nalishdagi ilon izi chiziqlar hosil qilib tushadi.

Kanda xayol choki
Bosma chok tik yoki yotiq to ‘shalgan ip ustidan kesib tikib chiqiladi, mato sirti sidirg‘a qoplanadi. O ‘ng tomondan chapga, so ‘ng chapdan o ‘ngga yana o ‘ngdan chapga va shu tarzda ip to ‘shalib, ustidan bostirib chiqilaveradi. To ‘shalgan tag iplari ko ‘ndalang va tikka bo ‘lganda ham ular chatiladigan qisqa choklar bir-biridan uzoqroq, sal qiya qilib chatiladi. Chatiladigan choklar 3 mm dan ortiq bo ‘lmasligi kerak. Bajarish usuli bir xil bo ‘lgan bosma chokining ham bir necha xili bor. Ular bir-biridan tashqi ko ‘rinishi bilan farqlanib turadi. To‘shama ip uzunroq chok (3 mm) va lo ‘nda chok bilan tikiladi. To ‘shama qo ‘sh choklar bilan chatilishi mumkin. Qo ‘sh choklar orasi yaqin qilib tikiladi. To ‘shama ip chetdan devor to ‘qimasiga o ‘xshab ketadigan qilib chatilsa ham bo‘ladi Bosma chokda foydalaniladigan ip yaxshi pishitilgan bo ‘lishi kerak, shunda chok gazlamada bo ‘rtib chiqadi. Bosma chokda kashta gullari sidirg ‘a qoplangan bo ‘ladi. Xomdo„zi choki ham ikki yoqlama tekis, ipni tik yoki sal qiyaroq qilib tikiladi. Xom ipak bilan tikilganidan shu nom bilan atalgan. Do ‘ppi gullarida, belboqqa nozik geometrik naqshlar tikish va shu kabilarda bu chokdan ko ‘p foydalaniladi. Farg ‘ona vodiysida hamda Samarqandda keng tarqalgan. Kashta tikilgan buyumning teskarisi toza va batartib bo ‘lishi kerak. Ipni gazlamaning o‘ngida kashta tikilgan joyga puxtalab qo ‘yiladi. To„rlash choki ignani o ‘ngdan chapga sanchib, keyin teskari tomonidan ip ikki qaviq yirikligicha oldinga tomon tortib o ‘tkaziladi. Suv chokini tikishda buyumning o ‘ngidan bitta qaviq yirikligiga teng oraliqda igna sanchiladi, teskarisidan esa kashta ipi qaviqdan pastdan chiqadigan qilib igna yarim qaviq kengligida orqaga qaytarib sanchiladi. “Iroqisimon” chok ikki qator qilib chapdan o ‘ngga tomon tikiladi. Tikish ostki qatordan boshlanadi. Ignani yuqoriga yo ‘naltirib, o‘ngga og ‘dirib qaviq tushiriladi. Yuqori qatorda ignaga gazlama shunday ilib olinadiki, bunda ignaning gazlamadan chiqish joyi ostki qatorda igna chanchilib kirgan joy bilan bir chiziqda bo ‘lishi lozim. Pastga tushadigan qaviq ham yuqoriga chiqqandagidek og ‘ib, igna yana yuqori qatordagidek gazlama ipidan ilib o ‘tadi. Iroqining sanama iroqi xili ham mavjud: Sanama iroqi chokida ishlatiladigan to ‘r (kanava)ga yoki arqoq va o‘rishidan ip tortib olinib, to ‘r shakliga keltirilgan matoga kesma chiziqlar sanab gul tikiladi. Bu chok bilan ko ‘pincha, yirik kashta-palak, so ‘zanalar shuningdek, yo ‘rma iroqi bilan do ‘ppi, kizak va mayda kashta mahsulotlari tikiladi. Bu chok qadimdan Qashqadaryoda rivoj topgan, keyinchalik, respublikamizning hamma tumanlarida tarqalgan.

Iroqisimon chok
Zich iroqisimon chok ham iroqisimon chokdek tikiladi, faqat qaviqlar zich joylashadi, ignaning sanchilib kirish joyi bilan chiqish joyi bitta bo ‘ladi. Iroqi chok kashta tikishda oldin bir tomonga qator qiya qaviqlar tikiladi, keyin xuddi shunday qiya qaviqlar oldingi qaviqlar ustidan ikkinchi tomonga tikib boriladi. Qo ‘shaloq iroqi chok to ‘rtta chalishgan qiya qaviqlardan iborat bo ‘lib, ularning hammasi bir usulda bajariladi. Chala iroqi chok shundaygina tashlab qo ‘yilgan ipni o ‘ng tomonidan boshlab o ‘rab tikib hosil qilinadi.

Oddiy siniq chok
Oddiy siniq chok o ‘ng tomondan chap tomonga ikki qator qilib tikiladi. Chokni yuqori qatordan boshlab, kashta o ‘ngida chap tomonga qiyalatib bitta qaviq hosil qilinadi. Pastki qatorda kashtaning teskarisidagi qaviq uning o ‘rtasi yuqori qatordagi igna sanchilgan joyga to ‘g ‘ri keladigan qilib, chap tomonga gorizontal tikiladi. Navbatdagi qaviq yuqori qatordagi dastlab igna sanchilgan joyga tomon yo ‘naltirib hosil qilinadi va kashtaning teskarisidagi qaviq yana chap tomonga pastki qatordagi qaviq yirikligida gorizontal tikiladi. Ikkinchi usulda pastki qator qaviqlari orasi oldingi igna sanchilgan joylarning o ‘ziga yana igna sanchib, qaytarma qaviqlar hosil qilib to ‘ldiriladi. Siniq choklarning uchinchi usulida ikkala qatorda ham qaytarma qaviqlar tikiladi.



Download 1,6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 1,6 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Download 1,6 Mb.