• Aqliy hujum” metodi
  • Baliq skaleti” metodi
  • II-BOB. “XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI. KASHTACHILIK TARIXI HAQIDA MA’LUMOT” MAVZUSINI O`QITISHNING METODIK ASOSLARI




    Download 1,6 Mb.
    bet6/10
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,6 Mb.
    #110539
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Texnalogiya KASHTACHILIK
    durdona me, Dars ishlanma, Xaitqulov Diyorbek
    II-BOB. “XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI. KASHTACHILIK TARIXI HAQIDA MA’LUMOT” MAVZUSINI O`QITISHNING METODIK ASOSLARI.
    2.1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot mavzusini o’qitish shakillari,tamoyillari va metodlari.
    Texnologiya ta’limini tashkil etishga nisbatan qo‘yiladigan muhim talablardan biri metodlarning xilma-xilligi va ularning muayyan maqsadga xizmat etishidir. Ta’limda qo‘llaniladigan mantiqiy metod barcha o‘rta ta’lim maktablari uchun umumiy va eng ko‘p tarqalgan metoddir.
    O‘qituvchi mantiqiy metod - hikoya, o‘quv materialini og‘zaki bayon etishini, suhbatni qo‘llar ekan, u o‘quvchilarga faqat o‘zidagi bilimlarni ularga o‘tkazibgina qolmay, balki o‘quvchilarda ayni yo‘nalishga qiziqish ham uyg‘otadi. Mantiqiy metodlar:
    A) Hikoya qilib berish.
    B) O‘quv materialini og‘zaki bayon qilib berish.
    V) Suhbat.
    Hikoya qilib berish - o‘quv materialini jonli, obrazli qilib bayon qilib berishdir. (Hikoya maksimal kontrol va o‘quvchilarning galdagi ishlariga xirs bog‘langan bo‘lishi shart)? Hikoyani dars mavzu qisqacha umumlashtirib tamomlash kerak.
    Jonli so‘zdan har qanday metodda ham foydalaniladi, jonli so‘z yordamida mehnat usullari, ko‘rgazma qo‘llanmalar izohlab ko‘rsatiladi. O‘qituvchining so‘zi o‘qitishdagi faollikni ta’minlash uchun, xatolarning oldini olish uchun ayni shu texnologiyasini bajarishda o‘quvchiga yordam berish uchun, jihozni boshqarish vositalarining tuzilishi, boshqarish usullarini o‘zgartirish uchun zarurdir.
    Aqliy hujum” metodi
    Bu metod biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo’llanadi. Mazkur metod o’quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritishga undaydi. «Aqliy hujum» metodi yordamida qo’yilgan muammo yuzasidan bir necha echimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi. “Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
    1. Berilgan muammo yuzasidan o’quvchilarning atroflicha va chuqur mulohazalar yuritishga undash va shunga erishish.
    2. O’quvchilarning fikrlari va g’oyalarini rag’batlantirib borish tanqid ostiga olinmaslik, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish.
    3. Har bir o’quvchi fikrlariga va g’oyalariga asoslanishi mumkin, ularni o’zgartirishi mumkin.
    4. O’quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar va g’oyalarni baholamaslik.
    Bunday yo’l tutilsa, ya’ni fikr va g’oyalari baholansa, o’quvchilar fikrlashdan to’xtab qolishlari mumkin.
    «Aqliy hujum» metodi asosida tashkil qilingan mashg’ulotlar quyidagi tartibda o’tkaziladi. Muammo aniqlanadi va o’quvchilarning muammo yuzasidan fikrlarini yozuv taxtasiga yoki varaqlarga yozib boriladi. Bildirilayotgan g’oyalarning mualliflari tomonidan asoslab berilishiga erishiladi.
    “Aqliy hujum” metodining o‘tkazilish tartibi quyidagilardan iborat:
    1. Ta’lim oluvchilar e’tiboriga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi.
    2. Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi.
    3. Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari to‘planadi.
    4. Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi.
    5. Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
    “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi, ya’ni:
    1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzusiga kirish qismida amalga oshiriladi.
    2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda, yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi.
    3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda, mavzudan so‘ng darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.
    “Aqliy hujum” metodini qo‘llashdagi asosiy qoidalar:
    •bildirilgan fikr-g‘oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi;
    •bildirilgan har qanday fikr-g‘oya inobatga olinadi;
    •jarayonda har bir ta’lim oluvchi qatnashishi shart.
    <>
    •natijalar baholanmasligi ta’lim oluvchilarda turli fikr-g‘oyalarning shakllanishiga olib keladi;
    • ta’lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;
    • fikr-g‘oyalar vizuallashtirilib boriladi;
    • ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyati ortadi;
    • ta’lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg‘otadi.
    • «Aqliy hujum» metodining kamchiliklari:
    • ta’lim beruvchi tomonidan savolni to‘g‘ri qo‘ya olmaslik;
    • ta’lim beruvchidan yuqori darajaga erishish qobiliyatining talab etilishi
    Baliq skaleti” metodi
    Bu usuldan foydalanish o‘tgan mavzuni, yangi mavzuni mustahkamlashda to‘g‘ri keladi. Oq qog‘ozga baliqning skeleti (boshi, qovurg‘alari, dumi) chiziladi. Qovurg‘alar 4 ta bog`lishi maqsadga muvofiqdir. Baliqning yuqori suyagiga muammo ya’ni savollar ifodalanadi. Pastki qismida esa muammoni hal qiluvchi javoblar yoziladi. Bunda ham shakllar guruhlarga tarqatiladi. O‘quvchilar esa savollarga javob topishadi.

    Ana shunday dars jarayonlarida o‘quvchini fanga qiziqtirish o‘qituvchidan katta mahoratni talab etadi. Boshlangg`ich sinfda ko‘pchilik bolalar biroz erinchoq bo‘ladi. Ular ayniqsa, matematika fanini biroz xushlamaydi. Shuning uchun boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini odatdagi amallardan iborat misol va masalalar bilan “zeriktirmaslik” uchun darslarda qo‘shimcha ravishda qiziqarli masalalardan foydalanib, ularni mantiqiy fikrlashga ham o‘rgatish mumkin. Bu bolalarda “Texnalogiyani yomon ko‘raman”, degan fikr paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan bir usuldir.
    O‘quv materialini og‘zaki bayon etish - haqiqiy materialni izchillik bilan bayon qilib berishdir. Bunda faktlarni analiz qilish va isbotlash katta o‘rin oladi. (O‘qituvchi o‘zining basnida, o‘z yozmalaridan, hisoblashlaridin foydalanadi, bunda galdagi shuning xarakteri oydinlashtiriladi)?
    Materialni bayon qilishda o‘qituvchi o‘quvchilarning nazariy bilimlari saviyasiga, ularning ishlab chiqarish ta’limi jarayonida qo‘lga kiritilgan tajribalariga tayanishi lozim. Bu maqsadda u maxsus texnologiya kursi bilan ya’ni: materialshunoslik, chizmachilik programmasi bilan mukammal tanishib chiqishi, har zamonda bu darslarga qatnashishi kerak
    Suhbat - bunda o‘quvchilar o‘qituvchining savoliga javob beradi, yoki savolning mazmuniga muvofiq, so‘zga chiqadilar. Suhbatdan o‘rganiladigan material to‘g‘risida o‘quvchilarga ma’lum hajmda bilim bo‘lgan hollarda foydalaniladi. Suhbat oxirida o‘qituvchi o‘quvchilarning javoblarini umumlashtiradi.
    Suhbat oldindan tuzilib qo‘yilgan reja asosida muayyan masalalarni muhokama qilish, o‘qituvchi bergan savollarga o‘quvchilarning javob berishlari tarzida borishi mumkin. O‘quvchilarda ayni mavzuga doir birmuncha bilim va tasavvurlari bo‘lgan taqdirdagina suhbat usuli samarali bo‘lishi mumkin. Suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi ko‘p hollarda o‘qituvchining o‘quvchilarga to‘g‘ri savol qo‘ya bilishiga bog‘liq. Suhbatni shunday olib borish kerakki u belgilangan ta’lim - tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam etadigan bo‘lsin. Suhbat aniq belgilangan maqsadga qaratilgan bo‘lsin.
    Ko‘rgazmali metod - shaxsan mehnat usullarini ko‘rsatish, jihozlarni, ko‘rgazma qurollarni, o‘quv kino filmlarini, diafilm va hokazolarni namoyish qilish demakdir.
    Ko‘rgazmali metodlar: A) ishlab chiqarishga ekskursiya o‘tkazish. B) mehnat priyomlarini ko‘rsatib berish.
    Ekskursiya-ko‘rgazmali o‘qitish bo‘lib, bunda o‘quvchilar buyumlarni texnologik hodisa va mehnat jarayonlarini, mehnatni tashkil etishni ishlab chiqarish sharoitida o‘rganadilar. Texnologiya ta’limi o‘quvchisi ekskursiya o‘tkazish planini oldindan tuzib qo‘yishi, eng xarakterli ob’ektlarini belgilab ular bilan mukammal tanishib chiqishi kerak.
    Korxonalarga zamonaviy jihoz, ya’ni texnologik jarayon bilan tanishish maqsadida qilinadigan ekskursiyalarda jihozni boshqarish priyomlarini, ilg‘or ish metodlarini, shu o‘rinda mehnatni tashkil etish kabilarni ko‘rsatishning katta ahamiyati bor.
    Har xil ko‘rgazmali qurollarni va mehnat priyomlarni ko‘rsatish metodi texnologiya ta’limida muhim o‘rin tutadi. Bu masalada o‘ylar ekanmiz, unga tayyorgarlik ko‘rish bosqichlariga va namoyishga nisbatan talablarga alohida e’tibor berishimiz kerak bo‘ladi. Tajribaning ko‘rsattshicha ko‘rgazmalillk haddan oshib ketsa bu hol o‘quvchilarning o‘rganilayotgan hodisa mohiyatini aniqlashdan chetlashishiga sabab bo‘lar ekan. Shunga qaramay, bitta buyumga tegishli ko‘rgazmali qurollar uning turli tomonlarini oydinlashtirishga xizmat qilgani taqdirida ular sonining ko‘proq bo‘lishidan xavfsiramasa ham bo‘ladi.
    Odatda ko‘rgazmali qurollar dars boshlanmasdan ko‘rsatib qo‘yilmaydi. O‘quvchilarning vaqtdan ilgari ko‘rgazma qurollar bilan (chala) qiziqishi, bu qurollarga jiddiy qiziqish havasini susaytirib qo‘yishi mumkin. Ko‘rgazma materialining mazmunini ochishga mumkin qadar o‘quvchilarning o‘zlarini ham jalb qilishlari zarur. Bu esa o‘quvchilarda kuzatuvchanlik va bilib olish xislatlarini tarbiyalash choralaridan biridir.
    Texnologiya ta’limida mehnatdan amaliy ishlarni ko‘rsatish masalasi alohida o‘rin tutadi. Bu o‘qitishning asosiy ko‘rgazma materiallaridan biridir. Bundan tashqari texnologiya ta’limi o‘qituvchisi mehnat priyomlarini va protsessni ko‘rsata bilishi uchun, yuksak professional malakali bo‘lishnigina emas, balki yetarli darajada pedagogik tajribaga ega bo‘lishini ham talab etadi.
    Shuni ham ta’kidlab o‘tish zarurki, namoyish qilinadigan mehnatdan amaliy ishlarni o‘quvchilarga ko‘rinadigan bo‘lishi shart. O‘quvchilar ayni amaliy ishlarni shakllantirish uchun qanday harakatlarni va qay tartibda ishlatish kerakligini yaxshi fahmlab olishlari zarur.
    Amaliy metodlarga:
    a) mashqlar.
    b) laboratoriya-amaliy ishlari.
    v) texnikaga oid ma’lumotnoma, adabiyotlar va hujjatlar bilan ishlash kiradi.
    Mashq-mehnat o‘quvchilarni shakllantirish va sekin-asta ularni malakaga aylantirish uchun ish harakatlarini ongli ravishda va ko‘p marta takrorlashdan iborat. Mashqlar mehnat va ishlab chiqarish ta’limining asosiy metodidir. Mashqlar jarayonida mehnat va hunar usullarini bajarishning sifatli bo‘lishiga, o‘quvchilar faoliyatini sinchiklab nazorat qilishga e’tibor berish kerak.O‘qitish usullari bilimlarni shunday darajada egallanishiga xizmat qilishi kerakki, unda o‘quvchilar chizmani o‘qituvchi chizgan o‘lchamlar asosida emas, balki buyumni istalgan o‘lchami bo‘yicha chizib, egallagan bilimlarini amalda qo‘llay olsinlar.
    Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda qo‘llaniladigan asosiy usullar tizimi quydagichadir:

    1. Og‘zaki bayon qilish.

    2. Tushuntirish va hikoya qilish.

    3. Suhbat.

    4. Mashqlar.

    5. Amaliy ishlar.

    6. Mustaqil ishlar.

    Texnologiya ta’limi jarayonida o‘quvchilarni texnologiya ta’limi va tarbiyasiga tayyorlashda mana shu usullardan samarali foydalanilsa o‘qituvchi o‘quvchilarning texnologiya ta’limi va tarbiyasining malaka va ko‘nikmalarini egallashlariga va mehnatga tayyorlash to‘g‘ri tarbiyalansa, haqiqiy mehnatkash uchun zarur bo‘lgan sifatlar shakllanadi.

    Download 1,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II-BOB. “XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI. KASHTACHILIK TARIXI HAQIDA MA’LUMOT” MAVZUSINI O`QITISHNING METODIK ASOSLARI

    Download 1,6 Mb.