• Tushuntirish va hikoya qilish.
  • Chirchiq davlat pedagogika universiteti




    Download 1,6 Mb.
    bet7/10
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,6 Mb.
    #110539
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Texnalogiya KASHTACHILIK
    durdona me, Dars ishlanma, Xaitqulov Diyorbek
    Og‘zaki bayon qilish-bu usuli ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 1. Monologik bayon qilish, bunda faqat o‘qituvchi gapiradi, o‘quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo‘l mehnati darslarida u tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko‘rinishida bo‘ladi. 2. Dialogik bayon usuli bo‘lib bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro suhbatidir.
    Tushuntirish va hikoya qilish. Bu usulda materiallni jonli va obrazli bayon qilishdir. Bu holda yangi bilimni o‘qituvchining o‘zi beradi. Ba’zan suhbat davomida o‘quvchilarning qanchalik o‘zlashtirayotganliklarini bilish maqsadida ularga savollar bilan murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agar bajarilgan ishlar, natural rasmlar, rasmlar, fotosuratlar va shu kabilarni ko‘rsatib bajarilsa, anchagina tushunarliroq bo‘ladi.
    Suhbat. Bu usulda turli o‘quv maqsadlarda, ya’ni yangi dastur materialini bayon qilish, bilimlarni rejalashtirish va chuqurlashtirish uchun takrorlash jarayonida, o‘quvchilarning bilimini tekshirish uchun qo‘llanishi mumkin.Bu usulda o‘quvchilardagi qiziquvchanlikni qo‘zg‘ab, savollar berish foydalidir. Suhbat xuddi hikoya singari ma’lum talablarga javob berish kerak, ya’ni:

      • savollar shunday shakllantirish lozimki, ular o‘quvchilar tafakkurini faollashtirsin, ularni aniq va ishonarli javobni izlashga undasin;

      • mavzuni ochib berishda izchillik bo‘lishi uchun suhbatning rejasi oldindan tuzib qo‘yilgan savollari albatta bo‘lishi kerak;

      • o‘quvchilarning diqqati qaysi dalil va xulosalarga qaratilishi oldindan belgilanishi lozim.

    Mashqlar- bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida o‘tkaziladi. O‘qituvchi ko‘nikma va malakalarni mastahkamlash maqsadida o‘quvchilarga turli mashqlar beradi, bunda u ijodiy xarakterdagi ishlarni tashkil etib ko‘proq mustaqillik talab etuvchi mashqlarni nazarda tutadi.
    Bu metodning mohiyati borgan sari murakkablashib boruvchi usul va harakatlarning ongli hamda ko‘p marta takrorlashidir. Mashqlar ommaviy va yakka tartibda bo‘ladi, ya’ni butun guruhda bir xil ishni va barcha o‘quvchilar turli ishlarni bajarishlari mumkin. Mashqlarning xarakterli xususiyati ayni bir harakatning takrorlanishi bo‘lgani uchun o‘quvchilarda bajarilayotgan ishga nisbatan qiziqishini saqlash talab etiladi.
    Mashqlar yakunida ishlarni tahlil qilish, eng yaxshi ishlarning tahliliga tayanib, kim qanday natijalarga erishganligini ko‘rsatish lozim. Ayni bir vaqtda kamchiliklar ustida ham to‘xtash va ishning sifatini yaxshilash yoki bajarish tezligini oshirish uchun nimalar qilish kerakligini tushuntirish lozim.

    Download 1,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chirchiq davlat pedagogika universiteti

    Download 1,6 Mb.