• Kurs ishini predmeti
  • Chirchiq davlat pedagogika universiteti




    Download 1,6 Mb.
    bet3/10
    Sana03.12.2023
    Hajmi1,6 Mb.
    #110539
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Texnalogiya KASHTACHILIK
    durdona me, Dars ishlanma, Xaitqulov Diyorbek
    Kurs ishining maqsadi: 5-sinf o’quvchilarga “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi” mavzusini o'qitish metodikasi orqali bolalarga yaxshi bilim berish.
    Kurs ishining vazifasi:
    - O'quvchilarga “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot” ni o’rgatish
    “Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot”da turli xil metodlari shakillari va tamoillardan foydalanib o’quvchilarni qiziqtira olish.
    Kurs ishini predmeti: O'quvchilarga “Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi”mavzusini o'qitish metodikasi.
    I-BOB. “XALQ HUNARMANDCHILIGI TEXNOLOGIYASI. KASHTACHILIK TARIXI HAQIDA MA’LUMOT”MAVZUSINI O’QITISHNING NAZARIY ASOSLARI.

      1. Xalq hunarmandchiligi texnologiyasi. Kashtachilik tarixi haqida ma’lumot.

    Xalq hunarmandchiligi moddiy madaniyatimizning eng qadimiy va muhim turlaridan hisoblanadi va tasviriy hamda amaliy san‘atining ko’pdan-ko’p sohalari bilan uyg’unlashib ketadi. Ammo tasviriy va amaliy san‘at, buyumlarga badiiy ishlov berish jarayoni hamda xalq hunarmandchiligining o’ziga xosligi, yo’llari, xususiyatlari bir-biridan farqlanadi. Respublikamizda mavjud bo’lgan xalq hunarmandchiligining Toshkent, Samarqand, Buxoro, Nukus, Xiva, Termiz, Urganch, Namangan, Andijon, Farg’ona, Chust, Shahrisabz va boshqa markazlarining ta‘limiy-tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos bo’lib, o’ziga xosligi jihatidan bir-biridan ajralib turadi. Hunar – muayyan tayyorgarlikni talab etadigan va tirikchilik manbai bo’lgan ijodiy mehnat faoliyati. Hunarli – biror hunarni puxta egallagan shaxs. Hunarmand – biror hunar turi bilan shug’ullanuvchi usta. Hunarmandchilikning asosiy belgilari oddiy mehnat qurollari yordamida biror ishning bajarilishi va ishlab chiqarishning yakka tartibdaligidadir. Hunarmandchilik musulmon jamiyatida azaldan erkaklar va ayollar o’rtasidagi mehnat taqsimotini ko’rsatuvchi o’ziga xos oyna bo’lib kelgan. Erkaklar ko’pincha bozorda sotish uchun, xotin-qizlar esa oila ehtiyoji uchun mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan shug’ullangan. Kulolchilik, kandakorlik, zargarlik, gazlama ishlab chiqarish, tikuvchilik ustaxonalarida kiyim tikish, zardo’zlik, naqqoshlik, yog’och va ganch o’ymakorligi faqat erkaklar shug’ullanadigan ish sanalgan. Xotin-qizlar esa kashtado’zlik, gilam to’qish, namat bosish bilan band bo’lgan. Ular shuningdek, arzon paxta matolar to’qishgan, sopol, ganch o’yinchoq, idishlar yasashgan. XX asrga kelib, bu an‘anaviy turmush tarzi keskin o’zgardi. Shahardagi xotin-qizlar an‘anaviy hunarmandchilik bilan mutlaqo shug’ullanmay qo’yishdi, chekka qishloqlardagi ayollargina ajdodlari kasb-korlarini saqlab qolishdi. Sho’ro davlati tanazzulga yuz tutganidan keyin an‘anaviy hunarmandchilikka munosabatda keskin o’zgarish ro’y berdi. Xotin-qizlar ehtiyoj tufayli hunarmandchilik ishlab chiqarishi bilan faol shug’ullanishga kirishdilar. Chunki sobiq sho’ro davrida iqtisodiyotning barbod bo’lishi barchani yangi ish
    topishga majbur etdi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida tanazzuldan chiqish uchun an‘anaviy hunarmandchilik bilan shug’ullanish maqbul yo’l bo’lib qolgan edi. Shu tariqa kutilmagan o‘zgarish yuzaga keldi – hunarmand ayollar bozorni egallashdi. Xalq hunarmandchiligi naqqoshlik, ganchkorlik, zargarlik, yog’och o’ymakorligi, metal o’ymakorligi, kashtachilik, quroqchilik, zardo‟zlik, gilamchilik, gazlama to’qish, ko’nchilik, pazandachilik, yog’ochlarni kuydirib ishlash, kulolchilik, kosibchilik, mahsido’zlik, sangtaroshlik, temirchilik, pichoqchilik, anjomsozlik, qulfsozlik, misgarlik, ignasozlik kabi sohalarga ega bo’lib, o’zida mehnat va kasb ta‘limining ko’pgina xususiyatlari – amaliyligi, ijodiyligi, milliyligi, mahalliy xom ashyolarni topish va ta‘mirlashning qulayligi, o’g’il va qiz bolalar mehnatining o’ziga xosligi, murakkab qurilmalar, uskunalar, asboblar va dastgohlar talab qilmasligi; mashg’ulotlarni tashkil etishning soddaligi bilan ajralib turadi. Natijada bu sohani yetarlicha o’rgangan, ma‘lum kasblarni egallagan yoshlarning ishsiz qolmasliklari, mehnat bozorining raqobatbardoshligi bilan alohida e‘tiborga molikdir. Bugungi kunda ishlab chiqarilgan hunarmandchilik buyumlarini uch guruhga bo’lish mumkin: ro’zg’orda foydalanish (asosan qishloq tumanlarida), bozor uchun tayyorlangan buyumlar, shuningdek, ko’rgazmalarda ishtirok etishga mo’ljallangan hunarmandchilik buyumlari.
    Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda katta ahamiyatga egadir. Kashta tikishni bilish orqali, kiyimlarni yangilab olish, ko‘pgina kerakli buyumlarni: salfetkalar, pancho, fartuk, yostiq jildlarini, yaqin kishilarga sovg‘alarni bezash va tayyorlash mumkin.

    Download 1,6 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,6 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chirchiq davlat pedagogika universiteti

    Download 1,6 Mb.