dx
ifoda bilan belgilanadi.
Reostatli o‘zgartkichning asosiy tavsiflari
Reostatli datchik siljishining materiali sifatida manganin, nixrom, konstantan va boshqa qotishmalar ishlatiladi. Qotishma (o‘ram materiali)ga bo‘lgan asosiy talablar uning yuqori solishtirma qarshilikka va katta chidamlilikka ega bo‘lishi kerakligidan iborat.
O‘ram simi yonidagi o‘ramlarni qisqa tutashuvdan saqlash uchun yoki emal yoki oksidli plyonka qatlami bilan izolatsiya qilingan bo‘lishi kerak. Reostatli datchik o‘ramlaridagi simining kontakt yuzasi polirovka (silliqlangan) qilinadi. Reostatli datchiklarning induktiv hamda sig‘imli qarshiligi juda ham kam;
O‘zgartkichning reaktiv qarshiligi, o‘lchash zanjiriga bo‘lgan aniq talablarga bog‘liq holda, chamasi bir necha o‘nlab ming gerts (Гц) chastotagacha e’tiborga olinmasligi mumkin. Sirpang‘ichning siljishida zanjirdagi tokni o‘zgartiruvchi oddiy reostat o‘lchash texnikasida deyarli qo‘llanmadi. Asosan reostatning potensiometr sxemasi (10- rasm) bo‘yicha ulanishi ko‘proq qo‘llaniladi.
Bu holda datchik tavsifi potensiometr ish rejimining to‘g‘ri tanlanishi bilan chiziqli qilinishi kerak.
Yuklangan reostatli datchiklarda (masalan, o‘lchash asbobi yoki keyingi o‘zgartkichning kirish qarshiligi nagruzka bo‘lishi mumkin). “Sxemali nochiziqlilik” mavjud va moslashuv hatoligi yuzaga keladi.
Bir tekisdagi o‘ramda uchastka R qarshiligi kattaligining qiymati X siljishiga proporsianal ya’ni r x=S x.
RH nagruzkadagi IH to ekvivalent generator to‘g‘risidagi teorema bo‘yicha topilishi mumkin.
H vix
bu yerda: U
abxx
Uo
r
Rvix
rxr r r
. bu kattaliklarni teoremaga qo‘yib quyidagini
olamiz.
x x
IH
r rx
Uo
RH
(4)
r+rx=R=const bo‘lganligi sababli Rchiq o‘zgarmasligiga IH tok qiymati chiziqqa ko‘ra X siljishi kattaligiga bog‘liq bo‘lar edi. Biroq aslini olganda Rchiq kattalik X ga bog‘liq va chiziqlilik faqat nagruzka qarshiligining r potensiometrning Rchiq chiqish qarshiligidan ancha katta bo‘lgandagina mumkin. Demak formulada RH ga nisbatan Rchiq kattalikni e’tiborsiz qoldirish mumkun.
Bu holda reostatli datchik tavsifi punktlari to‘g‘ri chiziq bilan ifodalanadi (10- rasm). R H kattaligi bo‘yicha R chiq bilan solishtirilishi mumkun bo‘lgan umumiy holdagi tavsif turi (10-rasm) yahlit egri chiziq bilan ko‘rsatilgan. Reostatli datchik bilan ishlaganda yo nochiziqli tavsif sababli yuzaga keladigan moslashuv hatoligini baholash, yoki datchikning ishchi uchastkasini juda oz nochiziqlilikka ega tavsif intervali bilan chegaralashda bu mulohazalarni doim hisobga olish kerak.
Bundan tashqari, agar datchik kuchlanish manbaidan emas, tok manbaidan ta’minlansa, moslashuv hatoligi chiziqqa ko‘ra X ga bog‘liq bo‘lishi va uni oson hisobga olish mumkinligini yodda tutish kerak.
Reostatli datchiklarning o‘lchash zanjirlari
Yuqorida bayon etilgandan reostatli datchikka ega asbob shkalasining tavsifi o‘lchash zanjiriga bog‘liqligi ayon.
Reostatli datchikning eng ko‘p qo‘llanadigan 10 a,b rasmlarda reostatli datchiklar ulanish sxemasining boshqa variantlari ko‘rsatilgan. 10 a rasmda reostatli datchik kuchlanish bo‘luvchisi bilan ulangan. Nagruzka ulanganda tavsif nochiziqligi yuzaga kelganligi sababli 9 b) rasm sxemasi/ tavsifni yahshilaydigan qo‘shimcha kuchlanish
ulanadi. Datchik 1 a) rasmsxemasi bo‘yicha ulanganda
rx nisbiy qarshilik funksiyasida
R
m R RH
turli nisbatlarida yuklangan reostatli datchik kuchlanishi bo‘yicha nisbiy hatolik
quyidagini tashkil etadi.
U min 1
b U min Ux 100
|