|
Podvig – ustki surilma (qoplama)
|
bet | 6/21 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 0,83 Mb. | | #139639 |
Podvig – ustki surilma (qoplama). Uchlari bo‘yicha o‘lchovlar biri ikkinchisiga kichik kuch bilan keltirilganda ular tortishadi (birikadi, yopishadi), bu holat keltrilganlarni molekulyar tortishishi sifatida tushuntiriladi, yuzalar yupqa (0.02 mm ga yaqin) suyuqlik qatlami bilan qoplangan bo‘ladi. Uchlari bo‘yicha o‘lchovlarni yangilarida ortilgandan so‘ng siljish kuchlanishi 30 – 80 N (3 – 8 kGe) oraliqda bo‘lishi kerak, o‘lchash yuzasi qarama – qarshi yo‘nalishida uzulishiga qarshiligi esa undan 10 – 20 marta katta bo‘lishi kerak.
Ekspulatatsiyada bo‘lgan yoki o‘lchovlar uchun 4 chi va 5 chi sinflar o‘rnatilgan. Attestatsiyalanish aniqligiga bog‘liq ravshda o‘lchovlar 1,2,3,4,5. razryadlarga bo‘linadi. Uchlari bo‘yicha o‘lchovlarni haqiqiy o‘lchamlari mahsus hujjat – attestatsiyaga yoziladi. Turli standart qurilmalar – yon devorlar (bokovik) ushlab turgich (derjavon) va hokozolar yordamida o‘lchovlar qo‘llanish sohasini kengaytirish mumkin. Bunday
qurilmalar tashqi va ichki o‘lchamlaridan iborat.
Yuqori aniqlikda o‘lchash imkonini, hamda belgilab olishini amalda imkoniyatlarini beradi.
6-Ma’ruza: Elektrik usullar va asboblar.
Reja:
Chiziqli va burchak kattaliklarning elektrik o`zgartkichlari, xamda ularning asosiy konstruksiya va tavsiflari.
Reostatli o‘zgartkichning asosiy tavsiflari
Reostatli datchiklarning o‘lchash zanjirlari
Reostatli datchiklar hatoligining analizi.
Kalit so‘zlar: Reostatlar, datchiklar, tavsiflar, o‘lchash zanjirlari, hatoliklar, tavsifning nochiziqligi.
Reostatli o‘zgartkich qanday o‘zgartkich deyiladi?
Reostatli datchikning asosiy tavsiflari?
Reostatli datchiklarda qanday o‘lchash zonalari bo‘ladi?
Reostatli datchiklarda qanday hatoliklar bo‘ladi?
Chiziqli va burchak kattaliklarning elektrik o`zgartkichlari, xamda ularning asosiy konstruksiya va tavsiflari.
Reostatli o‘zgartkich (datchik) – bu sirpang‘ichi (polzunchasi) o‘lchanayotgan kattalik qiymatiga mos ravishda siljiydigan va burchakli, chiziqli, chiziqli siljishlarni elektr qarshilik yoki kuchlanishni o‘zgartirish uchun hizmat qiladigan reostat. Bu o‘zgartkichning bitta prinsp asosida harakatlanadigan, biroq tuzilishi va tavsiflariga ko‘ra ancha farq qiladigan ko‘plab variantlari mavjud.
Sirpang‘ich siljishi burchakli yoki chiziqli bo‘lishi mumkin. Reostatli o‘zgartkichlarning chiqish kattaligi linya bo‘ylab yoki ayrim qonun bo‘yicha (Funksional reostatli o‘zgartkich holida) surilgich (dvijok) yo‘li bo‘ylab taqsimlangan aktiv qarshilikdir. Reostatli o‘zgartkichlar karkasga o‘ralgan sim bilan ham, Reohord turida ham bajariladi.
Reostatli o‘zgartkichlarning afzalligi – nisbatan oddiyligi va odatda, keyingi kuchlanishga zarurat yo‘qligi.
9-rasm. Rеostatli potеntsiomеtr.
Kamchiliklari: shovqin va kontaktli termoEYuK mavjudligi, sirpang‘ich kontakt (sirpang‘ich) ishlatilishi oqibatida yetarli darajada ishonchli emassligi, uni siljishiga ancha kuch zarurligi.
Reostatli datchiklar ko‘proq o‘zgarmass tokda, kamroq hollarda – o‘zgaruvchan tokda ishlaydi. Biroq o‘zgarmas tok ikkita ustunlikni beradi:
datchik yoki uning chiqish joylaridagi har xil metallar orasidagi termo elektr potensiallar ta’sirini bartaraf etilishi;
zarurat bo‘lganda o‘zgarmass tokdagi kuchlanishdan ko‘ra kamroq sarf bilan yahshiroq stabillikni ta’minlaydigan o‘zgaruvchan tokda kuch ishlashi imkoni.
10-rasm.
Reostatli o‘zgartkichning asosiy tavsiflari:
|
| |