• Burchak kattaliklar va siljishlarning mexanik usul va asboblari va ularni sinflashtirish.
  • CHiziqli va burchak siljishda mexanik vositalarning asosiy tavsiflari va rivojlanishning kelajagi.
  • Uchlari tekis va parallel uzunlik o‘lchovlar
  • Tekis – parallel uzunlik o‘lchovlarini konstruksiyalari
  • Chiziqli va burchakli o‘lchashlari




    Download 0,83 Mb.
    bet5/21
    Sana17.01.2024
    Hajmi0,83 Mb.
    #139639
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Kalit so‘zlar: Richagli, mikrometr, mexanik indikator, tekis – paalel uchlari orqali, o‘lchov, uzunlik.


    Sinov savollari

    1. Richagli mikrometr qanday tuzilgan?

    2. Richagli mexanik indikator asboblar?

    3. Tekis – parallel uzunlik o‘lchovlari qanday tuzilgan?

    4. Tekis – parallel uzunlik o‘lchovlari konstruksiyalari haqida gapiring?



    1. Burchak kattaliklar va siljishlarning mexanik usul va asboblari va ularni sinflashtirish.

    Richagli mikrometr o‘lchash aniqligini yanada oshishini ta’minlaydi

    5-rasm. Richakli mikromеtr.


    Skoba 1 ga mikrometrik asboblar uchun oddiy bo‘lgan mikrojuft qo‘zg‘aluvchi pyatka 2 o‘rnatilgan, o‘lchash vaqtida ikkala o‘lchovchi kontaktlar ham harakatlanadi. O‘lng tomondagi mikrovintni torets yuzasi 3 ni harakatlanishi o‘q 5 dagi asosiy shkala va barabanni 6 konussimon yuzasidagi qo‘shimcha shkala bilan baholanadi.


    Chap tomondagi qo‘zg‘aluvchan pyatka 2 torets yuzasi harakatlanishi mahsus qurilma bilan harakatlanadi. Arretir 8 detallar almashtirilganida pyatka 2 ni chiqarib olish uchun hizmat qiladi. Ko‘rsatkichlar 10 joizlik (допуск) hududini chegaralab turadi.
    Mikrojuftni shkala bo‘lim qiymati – 0.01 mm ko‘rsatkichlilik. Xisoblash qurilmasini shkala bo‘lim qiymati esa – 0.002 mm.
    Richagli mikrometrlar o‘lchamlarni 5 – 6 kvalitet (malaka) bo‘yicha aniqlash ishlarida foydalanish uchun mo‘ljallangan.


    1. CHiziqli va burchak siljishda mexanik vositalarning asosiy tavsiflari va rivojlanishning kelajagi.

    Richagli – mexanik asboblar mashinasozlikda keng qo‘llaniladi va o‘lchov bilan solishtirib aniq o‘lchash uchun mo‘ljallangan.
    Agar aniqlanayotgan o‘lchash asbobi, o‘lchash oralig‘idan kichik bo‘ladigan bo‘lsa, bevosita o‘lchash usuli ishlatiladi. Tishli uzatishni asbobga soat xilidagi indikator misol bo‘la oladi.
    Korpus 1 da gilza 2 o‘rnatilgan bo‘lib, u indikatorni o‘lchash anjomiga ulash uchun hizmat qiladi. Gilzani aniq yo‘naltirib beruvchi vtulkasi ichida nakonechnik (uchlik) 4 li o‘lchash sterjeni 3 harakatlanadi. Halqacha 7 yordamida ko‘rsatkichli 5 boshlang‘ich vaziyatda shkala 6 nolga o‘rnatiladi.
    Fiksator 8 indikator ko‘rsatishini saqlab qolish imkonini beradi. Indikatorni yuklanishi boshlang‘ich vaziyatda 0.84 dan sterjenni ohirgi vaziyatida 24 gacha yetadi. Normal indikatorlar N 4 da u 0-5 mm va 0-10 mm a. Kichik o‘lchamlarda 0-3 mm va 0 dan 2 gacha qiymatlarida bo‘ladi.
    Indikator universal (shtativ, turg‘un) mo‘ljallanishidagi o‘lchash qurilmalarida ham mahsus (indikatorli nutromerlar, skobalar glubunomerlar)da ham o‘rnatiladi. Ular alohida asbob sifatida ishlatiladi.









    6-rasm. Richakli indikator

    7-rasm. Richakli asbob


    rasmda burchak siljishlari o’zgartkichi konstruktsiyasi keltirilgan bo’lib magnit o’tkazgich 4 yoysimonshaklda tayyorl angan, ustiga butun uzunligi bo’ylab o’lchovchi chulg’am 2 o’rab chiqilgan, o’zak 3 esa burchakli harakatlanishni amalga oshiradi. Qo’zg’aluvchan chulg’amli o’zgartkichlar ham keng qo’llaniladi.


    1. Uchlari tekis va parallel uzunlik o‘lchovlar

    Uchlari tekisparallel uzunlik o‘lchovlari mashinasozlikdagi chiziqli o‘lchashlarni asosini tashkil etadi.
    Ular:

    • Uzunlik birligi, ishchi etalonidan buyumga uzatish uchun.

    • Yuqori darajadi, aniq o‘lchashlarda qo‘llaniladi, shu bilan birga o‘lchov bilan solishtirib o‘lchovchi asboblarni no‘lga keltirish uchun qo‘llaniladi.

    • Aniq o‘lchovchi asboblarni qiyoslash va kalibrlash uchun ishlatiladi.

    Uchlari bo‘yicha o‘lchovlar namunaviy va ishchi ga bo‘linadi. Namunaviy o‘lchovlar aniq o‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uchun mo‘ljallangan, hamda mashinasozlikda o‘lchovlar birligini saqlashning asosiy vositasi hisoblanadi. Ishchi o‘lchovlar detallar o‘lchamini o‘lchash stanoklarni sozlash uchun hizmat qiladi.


    8-rasm

    1. Tekis – parallel uzunlik o‘lchovlarini konstruksiyalari


    Tekisparallel uzunlik o‘lchovlari tovlangan po‘lat yoki yoki qattiq qotishmadan tayyorlangan to‘g‘ri burchakli parallipiped shaklida bo‘ladi. Har bir uchlari bo‘yicha o‘lchovlarni ikki qarama – qarshi o‘lchovchi yuzalari silliqlash va o‘lchamgacha yetarlicha aniq qilib qayta ishlangan. O‘lchov o‘lchami sifatida perpendikulyarni bir o‘lchovchi yuzasidan boshlanib qarama – qarshisida tugovchi uzunligi qabul qilinadi.

    Download 0,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 0,83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Chiziqli va burchakli o‘lchashlari

    Download 0,83 Mb.