Chizmachilik




Download 11.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/262
Sana29.05.2023
Hajmi11.8 Mb.
#66354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   262
Bog'liq
Chizmachilik 2016-yil
1-amaliy (3), SNFqLaykxDZm5ynDs2BKIwV1unWq8JHDwmpqb1qK, affirmaciya kartinka, slayd qq, Аффирмация, Влияние окружающей среды на развитие ребенка, 2 5188685449824047096, adressant omili, 1767264061, motivatsiya, vazifa 3, 05.03.2023 kuniga test, 1 oktabr ustoz va murabbiylar kuniga bag senariy, Компьютернинг умумий тузилиши ва унинг ишини ташкил илиш(1)
larning proyektiv xususiyatlariga oid traktat» asarini chop ettirdi. Bu 
asar chizm a geometriyani yer sirtida geometrik o ‘lchashlarga b o g ‘liq 
bo‘lgan ilovasi bilan shug‘ullanuvchi kishilarga foydali b o ‘lgan har qan- 
day markaziy proyeksiyalashda o ‘zgarmaydigan nisbatlar haqida batafsil 
m a’lumot bergan G.Monj va J. Ponselening ishlaridan so‘ng proyektiv 
geometriyada ham yangi davr boshlanadi.


Yuqorida ta ’kidlab o ‘tilgan olimlardan tashqari grafika fanlarining 
rivojlanishiga bevosita hissa qo‘shgan olimlardan yana fransuz muhandi- 
si Kuraze (XIX asr), Berlin akademiyasi professori Karl Polke (1810- 
1878), gollandiyalik grafik-rassom Leaurits КофеНэ Esxer (1898-1871), 
Skautez va boshqalam i ko‘rsatish mumkin.
0 ‘rta Osiyo mintaqasida qishloq va shaharlaming paydo bo ‘lishi asri- 
mizdan oldingi bir minginchi yillam ing o ‘rtalariga to ‘g ‘ri kelsa, mahalliy 
uslubda m e’morchilik va dekorativ ishlaming ayrim sohalari asrimizdan 
a w alg i III asrga to ‘g ‘ri keladi. 0 ‘zbekiston hududida Surxondaryo va 
boshqa viloyatlarda o ‘tkazilgan arxeologik qazilmalar shuni k o ‘rsatadiki, 
asrimizdan aw a lg i V II-V asrlarda 0 ‘rta Osiyo bilan Eron Sosoniylari
Vizantiya, Hindiston va Xitoy o‘rtasida vujudga kelgan iqtisodiy va ma- 
daniy aloqalar natijasida amaliy san’atning rivojlana borishi o ‘z o ‘m ida 
grafika taraqqiyotiga o ‘z ta ’sirini k o ‘rsatdi. Simmetriya, geometrik shakl- 
lar bu davrda o ‘z ifodasini topa boshladi. Tasviriy va naqsh san’ati paydo 
b o ‘la boshladi. Ayniqsa, naqsh san’ati Xorazm, Sug‘d, Baqtiriya viloyat- 
larida IV-П asrlardan boshlab rivojlangan. Surxondaryo viloyatidagi 
Fayoztepa (I—II asrlarda), Dalvarzintepadan topilgan naqsh qoldiqlari, 
Xorazmdagi Tuproqqal’a zallari monumental naqshlar bilan bezatilgan- 
ligi bizlarga arxeologik qazilmalardan m a’lum.
Xorazm vohasida m e’moriylik san’ati eramizdan a w alg i III asrda va 
eramizning III asrida ulkan yuksaklikka erishdi. Shu davrda Termiz ma- 
daniyati shuhrati dunyoga tarqaldi. Afrosiyob va Axsikent yangi era­
mizning III-V II asrlaridek tom m a’noda gullab yashnadi, tabiiyki, bu 
davrda o ‘ym a naqshlami tasvirlash usuli rivojlandi.
V II-IX asr o ‘rtalarida arablar istilosi va islom dinining qabul qilinishi 
natijasida jonli m avjudotlami tasvirlash m a’n etildi. Ulaming o ‘m iga 
naqqoshlik rivojlanib, naqshlar bilan unvonli yozuv (epigrafika) uslubi 
paydo b o ‘ldi.
XI asr oxirida Buxoro hukmdori Ismoil Somoniy davrida mustaqil 
feodal davlati tuzilib, fan, madaniyat, san’at va m e’morchilik rivojlandi. 
Bular o ‘z o ‘m ida grafikaning rivojlanishiga ham o ‘z ta ’sirini k o ‘rsatdi.
Grafikaviy geometrik shakllar, naqshlarning turli xillari tarkib topa 
boshladi. IX -X asrlardan naqqoshlik san’ati rivojlandi. X I-X II asrlardan 
boshlab geometrik naqsh, y a ’ni girixlar keng q o ila n ila boshlandi. Bunga 
misol Buxorodagi U lug‘bek, Ismoil Somoniy maqbaralari, Kalon mi-


norasi, Samarqanddagi Shohizinda, G o‘ri Amir maqbaralari, U lug‘bek, 
Sherdor, Tillakori madrasalari, Shahrisabzdagi Oq Saroy bezaklari va 
boshqalardir. 0 ‘sha zamon uchun girixning chizmachilik asboblari, 
matematika formulalari asosida ishlanishi katta ilmiy kashfiyot edi. Bun­
day olimlar ichida alohida mavqega ega b o ‘lgan naqqoshlar va chiz- 
makashlar ham bo ‘lib, ular grafikaning rivojlanishiga katta hissa qo‘sh- 
gan. M e’morlar har bir inshootni qurishda o ‘ziga xos chizmalardan foy- 
dalanishgan. Ravoq b o ‘ylash usuli, gumbaz qurish usuli, linga o ‘m atish 
va boshqa usullaming avvalo chizmalari tayyorlangan. Xiyobon va cha- 
m anzorlam ing tarxini ham tuzishgan.
X alq ustalari binolam i va rasmlar kolleksiyasini yig‘ganlar. Bu usul 
bilan keyingi m e’morlarga loyiha va naqsh yasash kaliti berilib, ulam ing 
keyingi rivojiga yo‘l ochib berilgan.
Keyinchalik tasavvur qilish orqali simmetriya, muvozanat, mutanosib- 
lik, uyg‘unlik va chiziqning go‘zalligi haqida tushunchalar paydo bo ‘la 
boshlagan. M e’morlar loyihalami chizishda turli sharoitlami hisobga 
olishgan. Masalan, Ibn Xoldun yaratgan m e’m orchilik chizmalariga aso- 
san uy-joylar qurila boshlangan. Amur Temuming zamondoshi yirik olim 
Ibn Xoldunning fikricha shaharlami qurishda albatta uning sifatli puxta 
o ‘rganib chiqilgan chizmasi bo ‘lishi lozim b o ‘lgan.
M a’lum hunar uchun zarur bo‘lgan ilm lam ing tarkibiy qismi sifatida 
chizmakashlik hunari avloddan avlodga o ‘tgan va takomillashib borgan.
Olimlar, chizmakashlar va m e’morlar (ular geometriyani yaxshi bi- 
lishgan) bevosita geometrik yasashlar va grafik tasvirlar bilan 
shug‘ullanib, ulardan foydalangan holda o ‘z fikr va g ‘oyalarini bayon 
qilishgan. Natijada yangi-yangi grafik tasvirlar vujudga kelib, tako­
millashib va rivojlanib borgan.
Saqlanib qolgan chizmalar ayrim y o ‘q b o ‘lib ketgan yodgorliklami 
tasavvur qilishda, yemirilgan binolami tiklashda muhim rol o ‘ynaydi.
1957-yil Buxorodagi vayrona uylardan birining chordog‘ida X V - 
XIX asrlarga oid bo‘lgan qadimiy q o iy o zm a hujjatlarining katta bir tu- 
guni topilgan. 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasining sharqshunoslik insti- 
tutida saqlanayotgan bu kolleksiyada xarita va chizmalar sonining o ‘zi 
o ‘ttizdan ortiq. Bu xarita va chizmalar orasida qator madrasa va masjid- 
lam ing o ‘rog‘liq qal’aga chizilgan reja, fasad va profillari, ulam ing sha- 
harlarda egallagan o ‘rinlari, naqshlami yasashga oid ustalaming xomaki


chizma va rasmlari bor. Bundan tashqari 0 ‘rta Osiyoning boy madaniy 
tarixi, turli davrlarda ishlangan tasvirlari, qisman irrigatsiya, melioratsi- 
ya, transport ishlari sohasidagi yutuqlari ham grafikaning rivojlanish 
tarixini tasdiqlovchi materiallar b o ‘lib xizmat qiladi.
Tarixiy manbalarga qaraganda, XII asr davlat arboblari ham bino lo- 
yihalari bilan shug‘ullanishgan va boshqa loyihalami muhokama qilishda 
ham ishtirok etishgan. Masalan, Qoraxoniy Emer M a’sud binolar va yirik 
m e’moriy ansambllaming loyihasi bilan o ‘zi shug‘ullangan. M emoriallar 
yoki solnomalardan Abul Fazl Bayhakining so‘ziga k o ‘ra «G‘aznada, 
Nishopurda yangi uylar arxitektura maydonlarini Emmeming o ‘zi yarat- 
gan, u ham o ‘z qo‘li bilan loyihalami chizgan. Ajoyib saroylardan biri va 
bir qancha kichik saroylar va maydonlar shular jumlasidandir. Bayha­
kining tasdiqlashicha bu podsho hamm a ishlarda zo‘r usta b o ‘lgan». U: 

Download 11.8 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   262




Download 11.8 Mb.
Pdf ko'rish