IDROKNING ХUSUSIYATLARI VA PATOLOGIYASI
K.B. Murotmusayev,
Oriental Universiteti, “Pedagogika va Psixologiya”
kafedrasi, dotsenti, t.f.n.
N. F. Asxo‘jayev,
Oriental Universiteti, 2- bosqich talabasi
Annotatsiya: Maqolada inson psixikasidagi bilish jarayonlaridan biri bo’lgan
idrokning xususiyatlari va uning patologiyasi haqida so’z borgan bo’lib, unda shaxs
borliqni, narsa va hodisalarni bilishda, tushunishida idrokning roli hamda shaxs
buzulishida, idrok patologiyasidagi kechadigan jarayonlarni yoritib beriladi.
Kalit so`zlar: Idrok, sezgi, retseptor,
ekstraretseptorlar, intraretseptorlar,
proprioretseptorlar, obyekt va fon, markaziy nerv sistemasi, miya postlog’i, neyron,
ijodiy hayol, illyuziya, gallyutsunatsiya, shizofreniya.
- 217 -
Asosiy qism: Psixologiyada idrok degan tushuncha mavjud bo’lib insonning hayoti
davomida dunyodagi narsa va hodisalarni tushunishida anglab yetishida idrokning
o’rni beqiyosdir. Jarayonlarni anglashda psixik hodisalarni ongimizda samarali va
normal holda aks etishida, albatta idrokning o’rni muhimligi jihatdan asosiy pog’onani
egallaydi.
Idrok o’zi nima?
“Umumiy Psixologiya” darsligida[1](F.I.Xaydarov N.I. Xalilova) idrokga nisbatan
quyidagicha ta’rif berib o’tishgan. Idrok deb, sezgi a’zolariga bevosita ta’sir etib turgan
narsa-hodisalar, obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi.
Yuqoridagi keltirib o’tilgan so’zlardan ko’rinib turibdiki insondagi beshta sezgi a’zolariga
ta`sir etib turish orqali narsa va hodisalarni, jarayonlarni, holatlarni ongimizda to’liq
holda idrok qilishimizdir. Misol tariqasida dars jarayonlarini oladigan bo’lsak, talaba
ikkita sezgi a’zolari orqali darsdagi jarayonni idrok qiladi va yangi mavzuni hamda
bilimni egallaydi, mazkur ikkita asosiy deb olgan sezgilar: birinchisi ko’rish sezgisi
bo’lsa, ikkinchisi esa eshitish sezgisi hisoblanadi. Maruza so’zlayotgan o’qituvchini
talaba ko’rish sezgisi orqali ko’rib turadi. Eshitish sezgisi oraqali eshitib turadi va sezgi
retseptorlari orqali idrok qilish jarayoni bo’lib o’tadi. Sezgi a’zolarining markazlari bosh
miyada ya’ni oliy nerv faoliyatining yuqori qismida joylashganligi va butun tanamizni
harakatiga undan chiqayotgan nerv tolalari, neyronlar, akson, dendrid hamda shivan
hujayralaridan o’tayotgan signallar hamda sezgi a’zolari orqali kelayotgan axborotlarni
tahlil qilib idrok qilish orqali ongda xulosa chiqariladi. Markaziy nerv sistemasi nerv
tolalari orqali butun tanamizni boshqarib turadi. Ongimiz Orqali jarayon yoki voqea
hodisani biror bir predmetni yaxshiroq to’liqroq anglaymiz va idrok etamiz. Insondagi
beshta sezgi a’zolaridan birida kasallik mavjud bo’lsa ya’ni o’z funksiyasini to’liq bajara
olmasa bu ham idrokning susayishiga sababchi boladi. Inson tanasidagi hujayralar a’zolar
barchasi bilish jarayonining mukammal bo’lishiga to’liqroq tushunib yetishiga, borliqni
oson va tez tushunib olishga hizmat qiladi deb hisoblayman. Misol tariqasida ko’rish
sezgisini oladigan bo’lsak, agarda ko’rish sezgimizda biror bir jarohat yetadigan bo’lsa
bu idrok uchun ham bir muncha muammolarni keltirib chiqaradi. Masalan, o’quvchi,
talaba, shogird dars jarayonida diqqatini bir joyga jamlagan holda yangi ma’lumotlarni
o’rganishida ko’rish sezgisi eng birinchi o’rinni egallashini juda yaxshi bilamiz. Agarda
ko’rish sezgimizda nuqsonlar bo’ladigan bo’lsa, darsdagi holat, jarayonlarni idrok qilishda
hulosa chiqarishda orqada qolamiz. Idrok qilish orqali insonning bilimi, ko’nikmasi va
malakasi doimo o’sib boradi. Demak rivojlangan normal insonda bilish jarayonlaridan
biri bo’lgan idrokni hayotda ortirilgan va egallangan bilimlari o’zining shaxs sifatida
rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etadi. Masalan birorta ilmiy asar o’qish jarayonida
talaba va professorning idroki o’rtasida juda katta tafovut bo’adi. Talaba o’qigan ilmiy
asar yoki maqolani tushunmagan ayrim qismlarini qayta qayta o’qib idrok qilishga
tushunishga urunadi va professordan so’rab uni yanada yaxshiroq idrok qilishga harakat
qiladi, professor esa o’sha kitobni yoki maqolani o’qiganda qiyinchiliklarsiz tushunib
idrok qilib kerak bo’lsa o’zining qo’shimcha fikrini ham bayon qilib beradi, bundan
ko’rinib turibdiki, ilgari olgan bilimlarimiz idrok qilish jarayonini oson va samarali
- 218 -
bo’lishini oshirib beradi. Idrokning murakkab bilish jarayonlariga kirishidan asosiy
sabablari, biz narsa va hodisalarni, predmetlarni shaklidan tortib uning og’irligi, hajmi,
tarkibiy qismlarini ham bevosita tushunib boramiz.
Bu vaziyatda esa albatta bizga sezgi o’rganlarimiz yaqin ko’makchi vazifasini
bajaradi. Sezgi retseptorlari orqali oliy nerv faoliyati atrof muhitdan, borliqdan hamda
tashqi olamdan kelayotgan juda ko’p axborotlarni qabul qilib turadi. Sezgi retseptorlarini
shartli ravishda uch guruhga ajratamiz:
1.
|