|
Eshituv gallyutsinatsiyasi(akoazmalar) -Bog'liq idrokning-hususiyatlari-va-patologiyasiEshituv gallyutsinatsiyasi(akoazmalar) - ruhiy hamda turli somatik xastaliklarda eng
ko’p uchraydigan turiga kiradi. Bunda bemor idrok buzulishi natijasida turli ovozlar,
shovqin, gaplar hattoki o’zini ovozini ham eshitadi, hattokiy o’sha ovoz bilan gaplashadi.
ko’rish(vizuval) gallyutsinatsiyasi- idrok qilish buzulishi natijasida yo’q odamlarni,
turli hayvonlarni, sharpa va qora odamlarni ko’rishi hamda qo’rquv hissini kuchayishi
bilan tavsiflanadi ba’zida bu holat juda yomon vasvasaga tushishga ham sababchi bo’ladi.
Noxush hid bilish (inperativ) bu holatda esa idroki buzilgan patologik holat ketayotgan
odamda turli noxush hidlarni tuyish, terlaganlik hidlarini tuyish, o’zidan badbo’y hid
kelayotganligini tuyish hislari pydo bo’ladi.
Turli noxush hislar tuyish(Senestopatiya)-
shaxsning idrok buzulishi davrida o’zida turli xil kasaliklarni tuyishi, shifokorlarga
murojat qilishi, o’tkir yuqumli kasaliklarga chalingandek tuyishi, ankologik kasaliklarni
o’ziga o’zi tashxisini qo’yish holatlari kuzatiladi va tekshirilganda bunday belgilar
yo’qligi aniqlanganida ham idrokida patologiya ketayotgan inson yo’q shunday kasalman
deb ishonadi.
Buyruq berish(inperativ)- ushbu gallyusinatsiya eng xavflisi hisoblanib
insonga ovozlar buyruq beradi masalan yoningdagi odamni ur, jarohatla, eng yaxshi
ko’rgan odamingni o’ldir, pichoq o’qtal kabi vaho kazo buyruqlarni buyuradi. Ushbu
holatlarda idrokning buzulishi holatlari ketayotgan bo’lib shaxsning ruhiy holatida
o’zgarishlar, uyqu buzilishi, ishtaxa yo’qolishi, asabiylik, stress, odamovilik, yaqin
qarindoshlarni yoqtirmaslik, turgan joyida qo’li yoki boshini yoki tanasini muntazam
qimirlatish, oila a’zolarini yoqtirmaslik holatlari kuzatiladi. Bu holat shizofreniyaning
boshlanish alomatlaridan darak beradi.
Shizofreniya - shaxs buzulishi unda xulqning, idrokning, tafakkurning, hayolning,
hotiraning, idrok buzulishlarini turli sabablari orqali vujudga keladigan psixik jarayonlar
yig’indisining patologik holati hisoblanadi, [5] unga quyidagicha tarif beriladi. Shizofreniya
tez yoki asta sekin o’ziga xos shaxs o’zgarishlari bilan kechuvchi ruxiy kasallik energetik
potensialning kamayishi, rivojlanib boruvchi intravertlik, emotsiyanal qashshoqlok, ruxiy
jarayonlar birligini yo’qolishi. [6] Ushbu kasallikni ilk bor 1898-yili Nemis psixiyatri Ye.
Krpelin “de-mentiapraecos” ya’ni “ilk esi pastlik” deb nomlagan va bu kasalikni 1911- yildan
boshlab psixiyatorlar tomonidan chuqurroq o’rganila boshlangan. Asosiy sabablari ijtimoiy
muhitning ta’siri, shaxsning irodasizligi, tarbiyaning noto’g’ri berilishi, har bir o’smirlik
davrida kechuvchi jarayonlarni ota ona tomonidan psixologik yondoshilinmagankigi,
irsiy omillar, ota onaning avlodida, ajdodida ruhiy kasaliklar bilan kasallanganlarning
borligi, yoki orttirilgan holati ya’ni bosh qismdan olingan travma jarohati, kuchli qo’rquv,
fobiyalar, stress, tug’ruqdagi salbiy holatlar, turli virus va qondagi aniqlanmagan bakteriyalar
tug’ruqdagi qaltis xarakatlar oqibati, travmalar, avariyalarning sabablari bo’lishi mumkin.
Shizofreniyaga tibbiyotda Ruhiy kasallik sifatida qaraladi bu kasallik asosan hozirgi kunga
kelib ko’proq 18-35 yoshdagi ayollarda uchramoqda, bunga shaxsning hissiy irodaviy
sohasining sustligini oqibatida ham kelib chiqishi mumkin degan taxminlar mavjud. Sababi
turli voqea hodisalardan, stresslardan insonning irodasi sustligi sababli tushkin kayfiyat,
qo’rquvning maxsuli orqali hosil bo’luvchi idrok buzulish jarayoniga olib kelish ehtimoli
yuqori bo’lgan taxmin hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo’lsak, insonning dunyoni
va undagi narsa, hodisalarni tushunishida, tafakkur qilishida, bilim, ko’nikma, malakalarni
- 222 -
egallashida, komil inson bo’lib yetishishida idrokning ahamiyati muhim ekanini anglatadi.
Shaxsni yetuk inson bo’lishi uchun uni ijtimoiy muhitda, sog’lom muhitda tarbiyalash va
ruhiy salomatligiga har bir yosh davrlaridagi o’zgarishlariga insonning psixologik jihatdan
tarbiyasiga yondoshilinsa faqat yaxshi, ko’zlagan natijalarga erishiladi.
Shaxs tarbiyasida loqaytsizlikka yo’l qo’yilsa uning devyant xulq-atvorga ega
bo’lishi uchun zamin yaratilishidan boshqa narsaga erishib bo’lmaydi. Inson hayoti
davomida sog’lom turmush tarziga, to’g’ri ovqatlanishga, sport bilan muntazam
shug’ullanishga, aqlni chiniqtirishga e’tiborini qaratsa barkamollik sari dadil qadam
tashlay oladi hamda ma’nan yetuk, dunyoni va undagi barcha narsalarni teran nigoh
bilan idrok qilishga qodir inson bo’lib yetishadi.
|
| |