|
Kurs ishining amaliy ahamiyati
|
bet | 3/17 | Sana | 04.07.2024 | Hajmi | 4,17 Mb. | | #266557 |
Bog'liq SINF RAHBARINING O‘QUVCHILARNI RAG\'BATLANTIRISH USULLARIKurs ishining amaliy ahamiyati: Mana shu o‘rinda bolalar ota-onalar va o‘qituvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasiga alohida e’tibor berish lozim. Bu uchlik markazida bola, ya’ni o‘quvchi turadi, maktab va oila esa unga ikki tomondan ta’sir etadi. Ayni vaqtda bola maktab bilan oilasidagi aloqani ta’minlovchi vosita rolini ham bajaradi. Lekin uning maktab haqidagi oilaga etkazadigan ma’lumotlari hamisha ham haqiqatga to‘g‘ri kelavermaydi va u hatto kundalik orqali beriladigan axborotlarni ham o‘ziga talqin etib boradi. Ko‘pincha oila bilan maktab o‘rtasida vujudga keladigan anglashinmovchilik ham mana shu tufayli ro‘y beradi. O‘quvchi kattalarning o‘zi bilan muomola qilayotgan vaqtdagi pozitsiyasini solishtirib ko‘rish orqali ma’lum xulosaga keladi va o‘ziga hukum chiqaradi. Xuddi shu hol uning xulqida o‘z aksini topadi va u bir gal o‘qituvchining, boshqa vaqt ota-onasining tarbiyasini oladi. Xatto eng vijdonli bolada ham bu holni ro‘y berishi tabiiydir.
Kurs ishining metodologik asoslari: Bugun butun dunyoda inson kapitali uchun kurash, eng katta sarmoya farzandni yaxshi bilimli bo‘lishiga, tarbiyasiga tikilayotgan bir vaqtda bizda farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik, uning pedagogik va psixologik qonuniyatlari bilan hisoblashmaslik kabi illat va tahdidlar ko‘proq ko‘zga tashlanib bormoqda. Oilada farzand tarbiyasiga e’tiborsizlik illati bir qator qarorlarda jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi PQ-3160-sonli ,2019 yil 3-maydagi PQ- 4307-sonli, 2021 yil 26 martdagi PQ- 5040-sonli Qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31- dekabrdagi 1059-sonli qarorida ichki tahdid sifatida qayd qilinishi;
Kurs ishining vazifalari: Mazkur tahdidlarni yuzaga keltiruvchi pedagogik, psixologik omillar bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, mazkur tahdidlarga nisbatan psixologik-g‘oyaviy kurash olib borish vazifasi qo‘yishning qanday chora tadbirlari bor shularni yoritish, bu bilan miliy tarbiyaning qanchalik ahamyatli ekanini ochib berish.
|
| |