• II.O`quvchilarni guruhlarga bo`lish
  • 4-topshiriq.
  • IV. Guruhlar olgan ballarini qo`shib hisoblab chiqadilar
  • Darsning mavzusi: Umumlashtiruvchi dars




    Download 22.65 Kb.
    bet2/2
    Sana04.04.2017
    Hajmi22.65 Kb.
    #3036
    1   2
    Darsning uslubi: “Interfaol”, “Aqliy hujum”, “Klaster”, test.

    Darsning borishi:

    I. Interfaol usul bilan guruhlarga bo`linib ishlash davomida quyidagi qoidalarga rioya qilish kerakligini eslatib o`tish:

    -intizomli bo`lish;

    -bir-birlarini hurmat qilish;

    -faollik ko`rsatish;

    -hamkorlikda ishlash;

    -do`stining fikrini qadrlash;

    -vaqtdan unumli foydalanish;

    II.O`quvchilarni guruhlarga bo`lish:

    1-guruh- Bilimdonlar

    2-guruh-Zukkolar

    3-guruh-Topqirlar



    III. Topshiriqlar berib, guruhlar bilimini baholab borish:

    1-topshiriq. O`quvchilarga qo`shish va ayirishga oid misollar yozilgan kartochkalarni tarqatish va misollarni yechib komponentlari asosida aytib beradilar.

    79-3

    10*9

    48:6

    74+53

    Bergan javoblariga qarab rag’batlantiriladi.O`quvchilar misollarni komponentlar asosida o`qib beradilar.


    2-topshiriq. Amallar tartibini to’g’ri bajaring.

    1-guruhga 56-(17+29)*3=

    (95-95)*18+74=

    2-guruhga 54+(90-44):2=

    (59-58)* 0+99=

    3-guruhga 72+(21-12):1=

    60:10+(40-30)+3=
    Bergan javoblariga qarab rag’batlantiriladi.

    3-topshiriq. Masalani yeching:

    1-guruh: Anvarda 100 metr chit va 50 m shoyi bor edi. U 30 m qirqib oldi. Necha m mato qoldi?

    2-guruh: Bankada 50 stakan va bedonda 10 stakan sut bor edi. 20 stakan sut ichildi. Qancha sut qoldi?

    3-guruh: Sport maydonchasida 43 nafar qiz bolalar va 27 nafar o’g’il bolalar o’ynayotgan edi. Ularga yana 10 nafar qiz bola kelib qo’shildi. Sport maydonchasida nechta bola bo’ldi?

    Bergan javoblariga qarab rag’batlantiriladi.
    4-topshiriq. Tenglamalarni yeching.

    1) 20:X=2 2) 39-X=30 3) X+60=100

    28+X=40 X*9=54 56:X=7

    Bergan javoblariga qarab rag’batlantiriladi.


    5-topshiriq. Ifodalarning qiymatini toping.

    a

    6

    23

    10

    a+1

    7

    24

    11

    a-1

    5

    22

    9

    c

    8

    16

    33

    c+0

    8

    16

    33

    c-0

    8

    16

    33

    B

    9

    4

    8

    b+3

    12

    7

    11

    9-b

    0

    5

    1

    Bergan javoblariga qarab rag’batlantiriladi.


    6-topshiriq. O’lchov birliklarini mustahkamlash.

    Vaqt o’lchov birliklari

    Og’irlik o’lchov birliklari



    Uzunlik o’lchov birliklari



    7-topshiriq. Ta’rif berish chizmaga.

    1-guruh: Uchburchak – uning uchta uchi va uchta tomoni bo’ladi, uchta burchagi bo’ladi. Uchburchaklar teng tomonli, teng yonli, to’g’ri burchakli uchburchak bo’ladi.

    2-guruh:To`rtburchak – uning to`rtta tomoni, to`rtta uchi, to`rtta burchagi bo`ladi. To`rtburchaklarning to`g`ri to`rtburchak, kvadrat, romb, trapedsiya kabi turlari mavjud.

    3-guruh:Doira – doira yuzaga ega bo`ladi.doiraning chizig`i aylana deyiladi.Sirkulning ignasi qo`yilgan joyi aylananing markazi, markazdan aylana chizig`igacha birlashtirgan kesmaga radius deyiladi.

    Bergan ta`riflariga qarab rag`batlantiriladi.


    8-topshiriq.Test sinovi.

    1. Hamma tomoni teng bo`lgan to`rtburchak nima deyiladi?

    1. Uchburchak b) to`rtburchak d)kvadrat

    1. Ikki tomoni chegaralangan to’g’ri chiziq nima deb ataladi?

    1. To’g’ri chiziq b)kesma d) siniq chiziq

    1. Anvarda 25 ta marka bor. Ukasida undan 5 marta kam marka bor. Ukasida nechta marka bor?

    1. 5 ta b) 21 ta d) 19 ta

    1. 1 kg temir og’irmi yoki 1kg paxta og’irmi?

    1. Paxta b) temir d) teng



    9- topshiriq: Taqqoslang.

    16 m 40 sm * 15 m 95 sm

    2 soat 16 min * 3 soat

    6 sr 25 kg *2sr 62 kg.


    IV. Guruhlar olgan ballarini qo`shib hisoblab chiqadilar:
    5 ball 4 ball

    3ball 2ball



    V. Darsga yakun yasash va xulosalash, g’olib guruhni aniqlab faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.

    VI. Uyga vazifa berish.

    Download 22.65 Kb.
    1   2




    Download 22.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Darsning mavzusi: Umumlashtiruvchi dars

    Download 22.65 Kb.