Ma’naviy zararni qoplash tartibi qanday?




Download 71,39 Kb.
bet20/47
Sana18.07.2024
Hajmi71,39 Kb.
#267810
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47
Bog'liq
elyor otvet

32. Ma’naviy zararni qoplash tartibi qanday?
Maʼnaviy zarar - fuqaroning shaʼni, qadrqimmatiga dogʻ tushirilishi yoki ishbilarmonlik obroʻsiga putur yetkazilishi. Maʼnaviy zarar boʻyicha javobgarlik shartnomaga asoslanmagan, yaʼni huquqbuzarlik bilan bogʻliq boʻlgan javobgarlikdan iborat. Huquqbuzarlik sodir etish natijasidajismoniy ogʻriq, azob-uqubat, ruhiy qiynoq va iztiroblar shaxsga nisbatan yetkazilgan Maʼnaviy zarar hisoblanadi. Maʼnaviy zarar shuningdek, yuridik shaxsga ham yetkazilishi mumkin (mas, ishchanlik obroʻsini yerga uruvchi maʼlumotlarni tarqatish orqali).Respublikada mehnat qonunchiligida ham xodimga yetkazilgan Maʼnaviy zararni qoplash nazarda tutilgan. Jumladan, gʻayriqonuniy ravishda ishdan boʻshatilgan xodim ishga tiklanganda ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Maʼnaviy zarar uchun toʻlanadigan kompensatsiyaning miqdori ish beruvchining xatti-harakatiga berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor xodimning oylik ish haqidan kam boʻlishi mumkin emas (MK ning 112moddasi). Oʻz mehnat vazifalarini bajarish munosabati bilan mehnatda mayib boʻlishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki salomatlikning boshqa tarzda shikas-tlanishi tufayli yetkazilgan Maʼnaviy zarar ham undiriladi.Maʼnaviy zarar pul shaklida yoki boshqa moddiy shaklda ish beruvchi va xodim oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda, xodim mehnat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda vafot etgan taqsirda esa, ish beruvchi va xodimning oila aʼzolari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq ravishda belgilangan miqsorda qoplanadi. Maʼnaviy zarar toʻlanishi lozimboʻlgan mulkiy zarardan qatʼi nazar qoplanadi. Maʼnaviy zararni qoplash qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi FKning 1021— 1022moddalarida belgilab qoʻyilgan (yana q. Zarar).[1]1021-modda. Umumiy qoidalarMa’naviy zarar uni yetkazuvchining aybi bo‘lgan taqdirda, zarar yetkazuvchi tomonidan qoplanadi, ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.Ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, quyidagi hollarda qoplanadi, agar:zarar fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga oshiqcha xavf manbai tomonidan yetkazilgan bo‘lsa;zarar fuqaroga uni qonunga xilof tarzda hukm qilish, qonunga xilof tarzda jinoiy javobgarlikka tortish, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishni yoki munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat olishni qonunga xilof tarzda qo‘llanish, qonunga xilof tarzda ma’muriy jazo qo‘llanish va qonunga xilof tarzda ushlab turish, shuningdek har qanday qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash natijasida yetkazilgan bo‘lsa;zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa;qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda.
1022-modda. Ma’naviy zararni qoplash usuli va miqdoriMa’naviy zarar pul bilan qoplanadi.Ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi. Zararni qoplash miqdorini aniqlashda oqilonalik va adolatlilik talablari e’tiborga olinishi lozim.Jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyati ma’naviy zarar yetkazilgan haqiqiy holatlar va jabrlanuvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olingan holda sud tomonidan baholanadi.Ma’naviy zarar to‘lanishi lozim bo‘lgan mulkiy zarardan qat’i nazar qoplanadi.

Download 71,39 Kb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   47




Download 71,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ma’naviy zararni qoplash tartibi qanday?

Download 71,39 Kb.