Nikoh davomida orttirilgan mol-mulk qanday tartibda bo‘linadi?




Download 71,39 Kb.
bet28/47
Sana18.07.2024
Hajmi71,39 Kb.
#267810
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47
Bog'liq
elyor otvet

43. Nikoh davomida orttirilgan mol-mulk qanday tartibda bo‘linadi?
23-modda. Er va xotinning umumiy mulkiEr va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning umumiy mablag‘lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari jumlasiga (er va xotinning umumiy mol-mulkiga) er va xotin har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlik faoliyatidan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirgan daromadlari, ular tomonidan olingan pensiyalar, nafaqalar, shuningdek maxsus maqsadga mo‘ljallanmagan boshqa pul to‘lovlari (moddiy yordam summasi, mayib bo‘lish yoki salomatligiga boshqacha zarar yetkazish oqibatida mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik munosabati bilan yetkazilgan zararni qoplash tarzida to‘langan summalar va boshqalar) kiradi. Er va xotinning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko‘char va ko‘chmas ashyolar, qimmatli qog‘ozlari, paylari, omonatlari, kredit muassasalariga yoki boshqa tijorat tashkilotlariga kiritilgan kapitaldagi ulushlari hamda er va xotinning nikoh davomida orttirgan boshqa har qanday mol-mulklari, ular er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilgan yoxud pul mablag‘lari kimning nomiga yoki er va xotinning qaysi biri tomonidan kiritilgan bo‘lishidan qat’i nazar, ular ham er va xotinning umumiy mol-mulki hisoblanadi.
Mol-mulkni bo‘lish mumkinmi?Er va xotinning umumiy mol-mulki er va xotin o‘rtasida o‘zaro kelishuv asosida bo‘lib olinishi mumkin. Bunda notarial tartibda tasdiqlanadi. Agar nizo chiqqudek bo‘lsa, mulkni bo‘lish sud tartibida amalga oshiriladi.
Bolalar buyumlari (kiyim-bosh, poyabzal, maktab va sport jihozlari, musiqa asboblari, bolalar kutubxonasi va boshqalar) bo‘linmaydi hamda bolalar er va xotindan qaysi biri bilan yashasa, unga shundayligicha topshiriladi.
Umumiy mol-mulkni bo‘lishda er va xotinning umumiy qarzlari ularga belgilangan ulushlarga mutanosib ravishda har ikkalasi o‘rtasida taqsimlanadi. Agar er va xotindan biri umumiy mol-mulkni turmush o‘rtog‘ining erkiga zid ravishda sarflagan yoki boshqa shaxsga berib yuborgan bo‘lsa, bu albatta bo‘lish jarayonida hisobga olinadi.

Download 71,39 Kb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   47




Download 71,39 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Nikoh davomida orttirilgan mol-mulk qanday tartibda bo‘linadi?

Download 71,39 Kb.