|
Ma’muriy yoki protsessual hujjat yuzasidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib bering
|
bet | 30/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet45. Ma’muriy yoki protsessual hujjat yuzasidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib bering.
62-modda. Ma’muriy shikoyat predmeti
Ushbu bobda belgilangan tartibda:ma’muriy hujjatlar ustidan;protsessual hujjatlar ustidan, agar ularning ustidan shikoyat qilish ushbu Qonunda nazarda tutilgan bo‘lsa;ma’muriy harakatlar ustidan, shu jumladan ma’muriy hujjatni qabul qilishni rad etish yoki uni tegishli muddatda qabul qilmaganlik ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
63-modda. Ma’muriy shikoyat qilish tartibi
Manfaatdor shaxs ma’muriy shikoyatni qonunchilikka muvofiq ma’muriy shikoyatlarni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan yuqori turuvchi ma’muriy organga yoki boshqa vakolatli ma’muriy organga ustidan shikoyat qilinayotgan ma’muriy hujjatni, protsessual hujjatni qabul qilgan yoxud ma’muriy harakatni amalga oshirgan ma’muriy organ orqali berishi mumkin.Ma’muriy shikoyatni olgan ma’muriy organ u kelib tushgan paytdan e’tiboran uch ish kuni ichida ma’muriy shikoyatni yuqori turuvchi organga yoki ushbu ma’muriy shikoyatni ko‘rib chiqishga vakolatli bo‘lgan boshqa ma’muriy organga ma’muriy ish bilan birga yuboradi.Manfaatdor shaxs ma’muriy hujjat ustidan berilgan ma’muriy shikoyatni ma’muriy tartibda ko‘rib chiqish natijalaridan norozi bo‘lgan yoki yuqori turuvchi ma’muriy organ mavjud bo‘lmagan taqdirda, ma’muriy hujjat ustidan sudga shikoyat qilishga haqli.
46. Autstaffing xizmatlari va ularni tashkil etish tartibi bo‘yicha ma’lumot bering.
Huquqiy adabiyotlar va interent ma'lumotlariga ko‘ra, birorta yuridik shaxsning shtatdagi xodimi boshqa yuridik shaxs tomonidan (shtatga olmasdan) ishga yollanishi (ya'ni xodimni ijaraga berish) autstaffing hisoblanadi.Autstaffingning ijaraga olingan (zayomnyy) mehnatdan farqi shundaki, autstaffing qo‘llanganda xodim boshqa ish beruvchining ixtiyoriga faqat uning o‘z roziligi bilan jo‘natiladi. 16-modda. Autstaffing xizmatlari
Autstaffing ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ularning roziligi bilan boshqa yuridik shaxslarga ushbu xodimlar tomonidan ish beruvchi va uning xodimi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalarida, shuningdek jamoa kelishuvlarida belgilangan mehnat vazifalarini bajarish uchun vaqtinchalik yuborish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan xizmatlar turidir.Autstaffing xizmatlari ish beruvchi va boshqa yuridik shaxs o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida ko‘rsatiladi.Xodimlar autstaffing xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq mehnat vazifalarini ular ish beruvchi tomonidan qaysi yuridik shaxsga yuborilgan bo‘lsa, o‘sha yuridik shaxsning manfaatlarini ko‘zlab, uning boshqaruvi va nazorati ostida amalga oshiradi. Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar autstaffing xizmatlari ko‘rsatish huquqiga ega. Ish beruvchi tomonidan o‘z xodimlarini ular mehnat vazifalarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida bajarish uchun yuborish bilan bog‘liq autstaffing xizmatlari ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Autstaffing xizmatlari ko‘rsatish tartibi va autstaffing xizmatlari ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar bo‘yicha bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan ishlar turlarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
|
| |