44. Transport vositalarini ushlab turish asoslari bo‘yicha tushuntirish bering.
MJtKning 291-moddasiga ko‘ra, transport vositalarini ushlab turish muddati o‘ziga xos tarzda bayon qilingan. Ya’ni, vakolat berilgan organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan transport vositasi ushlab turish sababi bartaraf etilgunga va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rilgunga qadar ushlab turish mumkinligi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu yerda ushlab turish sababi bartaraf etish deganda nima nazarda tutilgan? Deylik, haydovchi transport vositasini yonida tegishli hujjatlarni olib yurmagan holda boshqarsa, uni avtomashinasi jarima maydoniga vaqtincha saqlash uchun olib kiriladi. Shaxs tomonidan zarur hujjatlar ichki ishlar organiga taqdim qilingan va tayinlangan jarima to‘liq to‘langandan so‘ng avtomashinani olib chiqilishiga ruxsat beriladi. Bu bilan shaxs amalda ushlab turish sababini bartaraf etadi va uni avtomashinasini ushlab turish zarurati qolmaydi.
Shuningdek, transport vositalari ma’muriy ish ko‘rib yakuniga yetguniga qadar ushlab turilishi mumkin. Albatta bu ta’sir chorasi ishni yakuni bo‘yicha transport vositasini kelgusidagi taqdirini belgilash zarurati bo‘lganda qo‘llaniladi. Bu tartib ko‘proq sudlar tomonidan ko‘rib chiqilayotgan ishlar bilan bog‘liq hollarda qo‘llanadi. ) transport vositalarining haydovchilari ushbu Kodeks 54-moddasining ikkinchi qismida (transport vositalarining harakatlanishiga cheklovlar buzilishi qismida), 901-moddasida, 125-moddasining uchinchi, beshinchi va oltinchi qismlarida, 1251-moddasining ikkinchi qismida, 126-moddasida, 127-moddasining ikkinchi qismida, 1286-moddasida (agar transport vositasining haydovchisi bo‘lmasa va to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarining buzilishi yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa), 131-moddasida, 135-moddasida (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta polisi, haydovchilarning malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi sertifikati yonida mavjud bo‘lmaganligi hollari bundan mustasno), 136-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 137-moddasida, 194-moddasida (ichki ishlar organi xodimining transport vositasini to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabini bajarmaslik qismida) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganda, shuningdek qonunchilikda to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilgan boshqa hollarda — ichki ishlar organlari tomonidan;
|