|
Yer uchastkasi ajratish tartibini yoritib bering
|
bet | 27/47 | Sana | 18.07.2024 | Hajmi | 71,39 Kb. | | #267810 |
Bog'liq elyor otvet42. Yer uchastkasi ajratish tartibini yoritib bering.
Mamlakatimizda yer munosabatlarini takomillashtirish, yer maydonlarini ajratishning soddalashtirilgan tartibini qo‘llash, yer resurslaridan foydalanishda zamonaviy bozor mexanizmlari joriy qilish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.Jumladan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan yerga oid munosabatlarni tartibga solish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish borasida ulkan jonbozlik ko‘rsatib kelinmoqda.2021 yil 8 iyundagi “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni taʼminlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6243-son Farmoni yer maydonlarini ajratishda mavjud muammolarni bartaraf etishda muhim qadam bo‘ldi.Mazkur Farmonning asosiy maqsadi yer uchastkalarini ajratishning barcha uchun teng, shaffof va bozor tamoyillariga asoslangan tartibini joriy etish, yerga oid mulkiy va huquqiy munosabatlarda barqarorlikni taʼminlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlarini kafolatlash, shuningdek yerning iqtisodiy qiymatini belgilash orqali uni fuqarolik huquqiy muomalasining obyekti sifatida erkin muomalaga kiritishdan iborat.Farmonning 5-bandiga ko‘ra, qonunchilik hujjatlarida ushbu Farmonda belgilanganidan boshqacha tartibda yer uchastkalarini ajratishni nazarda tutuvchi barcha tartiblar, imtiyoz va istisnolar 2021 yil 1 avgustdan to‘liq bekor qilingan.Davlat hokimiyati organlari tomonidan yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratish yoki boshqacha tarzda imtiyoz va istisnolar belgilash tashabbusi bilan chiqish taqiqlangan.Ushbu Farmonning ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 avgustdagi 543-sonli qarori bilan “Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning maʼmuriy reglamenti” tasdiqlangan.Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi tomonidan yer uchastkalarini berish bo‘yicha materiallar to‘plash, ko‘rib chiqish va kelishish tartib–taomillarini amalga oshirish uchun “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi qayta ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi.
|
| |