• 41. Intizomiy jazo choralarining turlari va intizomiy jazoning qo‘llanish va amal qilish muddati.
  • Qanday hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolishga yo‘l qo‘yiladi?




    Download 71,39 Kb.
    bet26/47
    Sana18.07.2024
    Hajmi71,39 Kb.
    #267810
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
    Bog'liq
    elyor otvet

    40. Qanday hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolishga yo‘l qo‘yiladi?
    Umumiy qoidaga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik bo‘lmagan taqdirda esa, sudning qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolinishi mumkin, deb yozmoqda huquqiy axborot kanali.Quyidagi hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolinadi:
    - soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish uchun;
    - sudning qarorlari va boshqa ijro hujjatlarini ijro etish uchun;
    - ish haqi hisobiga berilgan avansni ushlab qolish uchun, xo‘jalik ehtiyojlariga, xizmat safarlariga yoki boshqa joydagi ishga o‘tganligi uchun berilgan, sarf qilinmagan va vaqtida qaytarilmagan avansni ushlab qolish uchun hamda hisob-kitobdagi xatolar natijasida ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish uchun;- hisobidan xodim ta’til olib bo‘lgan ish yili tugamasdan turib mehnat shartnomasi bekor qilinganda, – ta’tilning ishlanmagan davrga tegishli kunlari uchun;
    - ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash uchun, agar yetkazilgan zararning miqdori xodimning o‘rtacha oylik ish haqidan ortiq bo‘lmasa;- intizomiy jazo sifatida qo‘llanilgan jarimani undirish uchun.Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodimga tegishli bo‘lgan mehnat haqining 50 foizidan ortib ketmasligi lozim.Mazkur cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimning ish haqidan ushlab qolishga nisbatan tatbiq etilmaydi.Bunday hollarda jazo va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlik uchun ushlab qolinadigan haqning miqdori yetmish foizdan ortib ketmasligi lozim.
    41. Intizomiy jazo choralarining turlari va intizomiy jazoning qo‘llanish va amal qilish muddati.
    300-modda. Xodimning intizomiy javobgarligiIntizomiy javobgarlik xodim tomonidan intizomiy qilmish (ushbu Kodeks 301-moddasining ikkinchi qismi) sodir etilganligi uchun yuzaga keladigan va ushbu xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilishida ifodalanadigan yuridik javobgarlikdir.
    Intizomiy javobgarlikning turlari umumiy va maxsus intizomiy javobgarlikdan iboratdir.
    Umumiy intizomiy javobgarlik ushbu Kodeks va ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tartibga solinadigan javobgarlik bo‘lib, u xodimga nisbatan ushbu Kodeksning 312-moddasida nazarda tutilgan intizomiy jazo choralaridan birini qo‘llashdan iborat va barcha xodimlarga nisbatan tatbiq etiladi, bundan o‘zi uchun maxsus intizomiy javobgarlik belgilangan shaxslar mustasno.Maxsus intizomiy javobgarlik xodimlarning faqat alohida toifalari uchun qonunda, shuningdek intizom to‘g‘risidagi ustavlar va nizomlarda nazarda tutilgan hamda xodimga nisbatan tegishli qonunda, intizom haqidagi ustavda va nizomda nazarda tutilgan intizomiy choralarni qo‘llashdan iborat javobgarlikdir.
    301-modda. Xodimni intizomiy javobgarlikka tortish asosiXodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishi xodimni intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.Intizomiy qilmish deganda xodim tomonidan o‘z mehnat majburiyatlarini aybli tarzda, g‘ayriqonuniy ravishda bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi (mehnat (lavozim) majburiyatlarining buzilishi) tushuniladi.Agar xodimning o‘z mehnat (lavozim) majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra yuz bergan bo‘lsa (xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarish uchun ish beruvchi tomonidan zarur shart-sharoitlar ta’minlanmaganligi, fors-major holatlari va hokazolarda), xodimni intizomiy javobgarlikka tortishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali intizoiy jazo haqidagi qoidani eslatib o‘tdi. Intizomiy jazoning amal qilish muddati jazo qo‘llanilgan kundan boshlab bir yildan oshib ketishi mumkin emas. Agar xodim shu muddat ichida yana intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.Intizomiy jazoni qo‘llagan ish beruvchi o‘z tashabbusi bilan, xodimning iltimosiga binoan, mehnat jamoasi yoki xodimning bevosita rahbari iltimosnomasiga ko‘ra jazoni bir yil o‘tmasdan oldin ham olib tashlashga haqli.

    Download 71,39 Kb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




    Download 71,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qanday hollarda xodimning roziligidan qat’i nazar, mehnat haqidan ushlab qolishga yo‘l qo‘yiladi?

    Download 71,39 Kb.