• 36. Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar haqida tushuntirish bering.
  • Huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslar




    Download 71,39 Kb.
    bet22/47
    Sana18.07.2024
    Hajmi71,39 Kb.
    #267810
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47
    Bog'liq
    elyor otvet

    35. Huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslar
    tomonidan berilgan so‘rovlar qancha muddatda ko‘rib chiqiladi?
    20-modda. Jismoniy va yuridik shaxslarga ularning so‘rovlariga ko‘ra huquqiy axborot taqdim etishJismoniy va yuridik shaxslar o‘z faoliyatiga taalluqli huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov bilan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilish huquqiga ega.Huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rov u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kundan ko‘p bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
    Rasmiy nashrlarda e’lon qilingan yoki rasmiy veb-saytlarga joylashtirilgan huquqiy axborot so‘ralganda davlat organlari va tashkilotlar so‘rovga javobda so‘ralayotgan axborot e’lon qilingan rasmiy nashrning nomiga, chiqarilish sanasiga va soniga yoki so‘ralayotgan axborot joylashtirilgan rasmiy veb-saytning elektron manziliga havola berishi mumkin.Huquqiy axborotni elektron tarzda taqdim etish bepul amalga oshiriladi. Huquqiy axborotni qog‘ozda taqdim qilganlik uchun tomonlarning kelishuviga ko‘ra haq olinishi mumkin.Huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovni qanoatlantirishni rad etish asoslangan bo‘lishi lozim.
    36. Da’vo muddati joriy qilinmaydigan talablar haqida tushuntirish bering. Daʼvo muddati – shaxs oʻzining buzilgan huquqini daʼvo qoʻzgʻatish yoʻli bilan himoya qilishi mumkin boʻlgan muddat. Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga koʻra, umumiy daʼvo muddati 3 yil qilib belgilangan. Ayrim turdagi talablar uchun qonunlarda umumiy daʼvo muddatiga qaraganda qisqartirilgan yoki uzaytirilgan daʼvo muddati belgilanishi mumkin. Daʼvo muddatlari va ularni hisoblash tartibi taraflarning kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin emas. Buzilgan huquqni himoya qilish talabi daʼvo muddati oʻtganligidan qatʼi nazar, sudda koʻrib chiqish uchun qabul etiladi va ushbu muddat sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqarguniga qadar bergan arizasiga muvofiq qoʻllanadi. Qonunda daʼvo muddati joriy qilinmaydigan talablar ham koʻzda tutilgan, ular sirasiga quyidagilar kiradi: shaxsiy nomulkiy huquqlarni va boshqa nomoddiy boyliklarni himoya qilish haqidagi talablar; omonatchilarning oʻz omonatlarini berish toʻgʻrisida bank oldiga qoʻyadigan talablari; fuqaroning hayotiga yoki sogligʻiga yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablar; jinoyat tufayli yetkazilgan zararni toʻlash haqidagi talablar; mulkdorning yoki boshqa egalik qiluvchining oʻz huquqini har qanday buzishlarni bartaraf etish haqidagi talablari; mamlakat mustaqilligi eʼlon qilinishidan oldin uning chegaralaridan tashqariga olib chiqib ketilgan tarixiy, madaniy va ilmiy-badiiy qiymatga ega boʻlgan mol-mulkni va boshqa qimmatbaho obʼyektlarni qaytarib berish haqidagi talablar; qonunda belgilangan hollardagi boshqa talablar. Daʼvo muddati bilan bogʻliq qonun-qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining tegishli moddalarida koʻrsatilgan. 156-modda. Da’vo muddati o‘tishining to‘xtatilishi
    Da’vo muddatining o‘tishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
    1) agar da’vo qo‘zg‘atilishi uchun muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan favqulodda hodisa (yengib bo‘lmas kuch) to‘sqinlik qilgan bo‘lsa;2) O‘zbekiston Respublikasi Hukumati majburiyatlarni bajarishni kechiktirganligi (moratoriy) tufayli;3) agar da’vogar yoki javobgar harbiy holatga o‘tkazilgan Qurolli Kuchlar, chegara qo‘shinlari va ichki qo‘shinlar tarkibida bo‘lsa;4) agar muomalaga layoqatsiz shaxsning qonuniy vakillari bo‘lmasa;5) tegishli munosabatni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatining amal qilishi to‘xtatilgan bo‘lsa.

    Download 71,39 Kb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   47




    Download 71,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Huquqiy axborotni taqdim etish to‘g‘risida jismoniy va yuridik shaxslar

    Download 71,39 Kb.