• 48. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga qanday imtiyozlar beriladi
  • Kimlar ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olinishi mumkin?




    Download 71,39 Kb.
    bet31/47
    Sana18.07.2024
    Hajmi71,39 Kb.
    #267810
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
    Bog'liq
    elyor otvet

    47. Kimlar ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olinishi mumkin?
    28-modda. Ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslarning toifalariQuyidagilar ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olinishi mumkin:ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan, o‘n olti yoshdan katta bo‘lgan shaxslar;o‘zi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining tegishli moddalarida ko‘rsatilgan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin bo‘lgan (mehnat shartnomasi kelgusida bekor qilinishi to‘g‘risida ogohlantirilgan) shaxslar;tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi xulosasiga ko‘ra mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatiga ega nogironligi bo‘lgan shaxslar;yoshidan qat’i nazar, mehnat faoliyatini qayta tiklamoqchi (davom ettirmoqchi) bo‘lgan pensionerlar;ish joyini yoki kasbini o‘zgartirishni xohlovchi shaxslar;doimiy ish joyiga ega bo‘lishni xohlovchi, bir martalik, vaqtincha va mavsumiy ishlarda band bo‘lgan shaxslar;haq to‘lanadigan jamoat ishlarida va qishloq xo‘jaligida mavsumiy ishlarda ishtirok etishni xohlovchi shaxslar.Ishga joylashishga muhtoj bo‘lgan shaxslarning boshqa toifalari ham ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olinishi mumkin. 29-modda. Ish qidirayotgan shaxslarni ro‘yxatga olish tartibiIsh qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olish:qishloq joylarda — mahalliy mehnat organining kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor hududiga, ish qidirayotgan shaxsning yashash joyidagi fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi hududiga biriktirilgan xodimi tomonidan;agar ish qidirayotgan shaxs mahalliy mehnat organi joylashgan aholi punkti hududida yashayotgan bo‘lsa — ishsiz shaxslarni hisobga olish, ishga joylashtirish va ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash sektori xodimi tomonidan amalga oshiriladi.
    48. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga qanday imtiyozlar beriladi?
    37-modda. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga beriladigan imtiyozlarO‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirish davri pensiya olish huquqiga ega bo‘lingan paytdan e’tiboran yoshga doir pensiyani hisoblab chiqarish uchun qabul qilinadigan ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olish davri, mehnat faoliyati bu davrda o‘zini o‘zi band qilishtartibida amalda bajarilganligi yoki bajarilmaganligidan qat’i nazar, pensiyani tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.Mahalliy mehnat organlari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga imtiyozli mikrokreditlar ajratish uchun tijorat banklariga tavsiyalar beradi.O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan kasbga o‘qitish markazlarida (kasb-hunar ta’limi muassasalarida) qisqa muddatli kasbga o‘qishni, shuningdek tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qishni bepul o‘tashi mumkin.O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarni kasbga o‘qitishni tashkil etish va o‘qitish bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.Mahalliy mehnat organlari o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga mehnat asbob-anjomlarini (motokultivatorlar, o‘t o‘roq mashinalari, perforatorlar, payvandlash apparatlari, o‘simliklarga ishlov berish qurilmalari, duradgorlik, chilangarlik va qurilish uskunalari hamda boshqalarni), shaxsiy himoya vositalarini va ish kiyimini imtiyozli ijaraga berish punktlarini tashkil etadi.O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarga imtiyozli ijaraga berish uchun mehnat asbob-anjomlari, shaxsiy himoya vositalari va ish kiyimi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Jamoat ishlari jamg‘armasining mablag‘lari hisobidan olinadi.

    Download 71,39 Kb.
    1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




    Download 71,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kimlar ish qidirayotgan shaxslar sifatida mahalliy mehnat organlarida ro‘yxatga olinishi mumkin?

    Download 71,39 Kb.