Modellashtirish bosqichlari




Download 0.6 Mb.
bet4/10
Sana01.03.2024
Hajmi0.6 Mb.
#165252
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Diferensial tenglamalar va matematik fizika (1)
tayyorWebMustaqilIsh, Matematik modellashtirish va hisoblash eksperimenti fanidan kurs, ЯРИМ ЎТКАЗГИЧЛАР
Modellashtirish bosqichlari



Umumiy holda matematik modellashtirish jarayoni kuyidagi bosqichlarda
amalga oshiriladi.
1) Muammoni qo’yilishi va uni tahlil qilish
Maqsadning qo’yilishi modellashtirishda muhim o‘rin egallaydi. Bunda
o‘rganilaetgan ob’ektni matematik modellashtirish zarurligi, dolzarbligi, iktisodiy
jihatdin o‘zini oklashi, modellashtirish imkoniyatlari kabilar hisobga olinadi. Aniq
qo‘yilgan maksad asosiy elementlar va ular orasidagi bog‘lanish tarkibi va
mikdoriy xarakteristikasini aniqlaydi. Bu bosqichida ma’lumotlar to‘planadi va
taxlil kilinadi. Taxhlil uchun tanlangan ma’lumotlarning tugriligi va
modellashtirishning so‘nggi natijalariga bog‘lik. To‘plangan ma’lumotlar absolyut
mikdorlarda va yagona ulchov birliklariga ifodalanishi kerak. Bu bosqichda
modellashtiriladigan ob’ekt va uni abstraksiyalashning muxim tomonlari va
xossalari belgilanadi. Ob’ektning strukturasi va elementlari orasidagi asosiy
boglanishlar, uning uzgarishi va rivojlanishi buyicha gipotezalarni shakllantirish
masalalari o‘rganiladi.
2) Matematik modellar qurish
Bu bosqichda qo‘yilgan muammolar konkret matematik bog‘lanishlar va
munosabatlar, ya’ni funksiyalar, tengsizlik va xokazolar shaklida ifodalanadi.
Matematik modellar qurish jaraeni matematika va tanlangan soha bo‘yicha
ilmiy bilimlarning o‘zaro uyg‘unlashuvidan iborat. Bunda matematik modelni
yaxshi o‘rganilgan matematik masalalar sinfiga tegishli bo‘lishi uchun xarakat
qilinadi. Ba’zan shunday ham bo‘ladiki, qo‘yilgan masalani modellashtirish
oldindan ma’lum bo‘lmagan matematik strukturalarga olib kelishi xam mumkin.
XX asr o‘rtalaridan boshlab, turli fanlar va ularning amaliyoti ehtiyojlaridan kelib
chiqib, matematik dasturlash, o‘yinlar nazariyasi, funksional analiz, o‘isoblash
matematikasi kabi fanlari ham o‘z rivojini topdi.
3) Modelni matematik tahlil qilish
Bu bosqichda tadqiqotlarning matematik usullari qo‘llaniladi. Tuzilgan
modellarning yechimga egaligi isbotlanadi. Agar qurilgan matematik modelning
yechimga ega emasligi isbot kilinsa, u holda qurilgan matematik model rad
kilinadi. Natijada masalaning qo‘yilishi yoki matematik modelning boshqacha
ko‘rinishlari tadqiq etiladi.
Murakkab masalalar qiyinchiliklar bilan analitik tadqiqotlarga keltiriladi.
Agar ularni analitik usullarga keltirib bo‘lmasa, u holda masalani sonli
usullaridan foydalanib yechiladi.
4) Dastlabki ma’lumotlarni tayyorlash Modellashtirishda ma’lumotlar tizimiga muhim talablar ko‘yiladi. Shu bilan
birgalikda, ma’lumotlarni olish uchun real imkoniyatlar amaliy maqsadlarga
mo‘ljallangan modellarni tanlash uchun ma’lum chegaralar qo‘yadi.
Ma’lumotlarni tayyorlash jarayonida ehtimollar nazariyasi, matematika, statistika,
nazariy statistika usullaridan keng ko‘lamda foydalaniladi.
5) Sonli yechimlar Bu bosqich kuyilgan masalani sonli yechish uchun algoritmlar, kompyuter uchun dasturlar tuzish va bevosita xisoblashlar utkazish uchun muljallangan. Odatda matematik modellarda hisob-kitob ishlari ko‘p variantli xarakterga ega. Zamonaviy kompyuterlarning paydo bo‘lishi bu ishlarni yengillashtiradi. Sonli usullar yordamida kilingan tadqiqotlar analitik tadqiqotlarni to‘ldiradi..
6)Sonli natijalar tahlili va uning tadbiqlari Bu bosqichda modellashtirish natijalarining to‘g‘riligi va to‘laligi haqidagi savollargi javob olinadi. Nazariy xulosalar va model yordamida bevosita olingan sonli natijalar o‘zaro taqqoslanadi. Shunga qarab, qo‘yilgan masala va modellarning yutuq yoki kamchiliklari aniqlanadi. Matematik model aniqlangandan so‘ng, unda ishtirok etayotgan faktorlarning natijaviy belgiga ta’sirining mukammalligi baholanadi. Agar model va unga kiritilgan barcha faktorlar talab etilgan ehtimol bilan ahamiyatli bo‘lsa, u adekvat model deyiladi. Adekvat model bo‘lmagan holda uning ko‘rinishi o‘zgartiriladi



    1. Download 0.6 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 0.6 Mb.