|
Ditorlik opеratsIYalar
|
bet | 69/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruzaIst’emolchilar buyurtmasiga qarab kerakli assortimenti tuzish. Xarid qilish va ishlab chiqarish logistikasida ushbu vazifalar ishlab chiqarishning turli fazalarida moddiy-texnik manbaalarni ta’minlash uchun yo’naltirilgan (soni va sifati bo‘yiyacha). Taqsimlash logistikasida ushbu vazifalar katta ahamiyatga ega. Savdo omborlari ishlab chiqarish assortimentini iste’molchilarga mijoz buyurtmasiga qarab amalga oshiradi. Kerakli assortimenti tuzishda omborda iste’molchilarning buyurtmalarini bajarishga samarali darajada ko‘maklashadi va mijoz talabiga qarab xuddi shu hajmda ko‘prok etkazmalarni bajaradi.
Omborlash va saqlash. Ushbu vazifalarni bajarishda mahsulotni chiqarish va uni iste’mol qilish orasidagi farqni tenglashtirishga, tashkil etilgan zahiralar bazasida iste’molchilarni beto‘xtov va ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda ta’minlash imkonini beradi. Taqsimlash tizimida tovarlarni saqlashda shuningdek ayrim tovarlar mavsumga ham qarab tanlanadi.
Yuklab berilgan partiyalarni unitizasiyalash va yuklarni transportlarga ortish. Ko‘pgina iste’molchilar omborlardan “vagonga qaraganda kichik” yoki “treleyrga qaraganda kichik” partiyalarni buyurtirishadi, bu esa yuklarni etkazishda bir muncha ushlanib qolishiga olib keladi. Transport sarf-haprajatlarini qisqartirish maqsadida omborxona transport vositalarini to‘liq to‘ldirish maqsadida bir nesha mijozlar uchun katta bo‘lmagan yuk partiyasini birlashtirish (unitizasiya) vazifalarini bajaradi.
Xizmat ko‘rsatish. Iste’molchilarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatish maqsadida omborxonalar mijozlarga bir nesha xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarishadi: savdo uchun tovarlarni tayyorlash (mahsulotlarni qadoqlash, narsalarni ochish va h.k.); asbob va uskunalarni ishlab turishini tekshirish, montaj qilish; mahsulotga tovar ko‘rinishini berish; transport-ekspedisiya xizmatlari va shu kabilar.
Omborxonadagi jarayon. Omborxona operasiyalarining kompleksi ma’lum tartibda amalga oshiriladi.
Yuklarni tushirish va qabul qilish ishlari tuzilgan shartnomaga asosan bajariladi. Omborxonada keltirilgan ishlarning bajarilish texnologiyasi yuk xususiyati (donali, sochiluvchi),transport vositasining turi (treyler, konteyner), hamda mexanizasiyadan foydalanish turiga qarab amalga oshiriladi. Qabul qilish jarayonida keltirilgan yukning amaldagi parametrlari tovar-kuzatib boruvchi hujjatlar bilan taqqoslanadi, keltirilgan yukni axborot tizimi orqali rasmiylashtiriladi va omborxona yuk birligida tuziladi.
Omborda qabul qilingan yuk soni va sifati bo‘yicha saqlash zonasiga joylashtiriladi. Saqlash jarayoni ombordagi zaxiralar soniga qarab unga muvofiq tarzda sharoitlar yaratadi va nazorat qilishni ta’minlab beradi. YUklarni tartibli saqlash va ularni tejamli darajada joylashtirish uchun qattiq (qayd etilgan) yoki erkin (yuk har qanday bo‘sh joyda joylashtiriladi) prinsir bo‘yicha omborlashtirish joyini tanlagan holda manzilli saqlash tizimidan foydalanib joylashtiradi.
Komplektlash jarayoni buyurtmaga muvofiq tovarlarni iste’molchilarga tayyorlashga qaratiladi va mijoz buyurtmasi bo‘yicha tanlash, tovarni jo‘natishga tayyorlash (taraga joylashtirish), alohida buyurtmalarni jo‘natish partiyasiga birlashtirish va transport yuk xatlarini rasmiylashtirish, transport vositalariga yuklarni ortish ishlarini bajaradi.
Omborxona ichidagi transportirovka omborning turlicha zonalari orasida joylashgan yuklarni ko‘zda tutadi: yukni tushirish maydonidan qabul qilish zonasiga, u erdan saqlash, komplektasiyalash zonasiga va yuklanuvchi rampasiga jo‘natiladi. YUklarni ombor ichida transportirovka qilish ochiq to‘g‘ri yo’lli marshrut bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Bu har bir ombor zonasiga takroriy qaytishi va operasiyalarni samarasiz bajarilishini oldini oladi. YUklarni tushirish soni (bir uskunadan ikkinchisiga) minimal bo‘lishi lozim.
Korxonadagi omborning tezlikda ishlab chiqarish faoliyati ortish, saralash va omborga keltirilgan mahsulot va buyumlarni qabul qilish, ularni joylashtirish va saqlash, hamda ist’emolchilarga yuborish va etkazib berish ishlarini o‘z ichiga olgan.
Materiallar omboriga yuklarni etkazish zavod rejasiga muvofiq tarzda amalga oshirialdi. Material va buyumlar omborga texnik hujjat va yo’riqnomalarda keltirilshgan talablarga mos ravishda qabul qilinadi. qabul qilingan materiallar o‘rnatilgan tartibda – markasi, navi, o‘lchami va hyukyu bo‘yicha, ularga ajratilgan joylarga qarab joylashtiriladi. Juda ko‘p marotaba va katta miqdorda foydalaniladigan materiallar chiqish maydonlariga yaqin joyga joylashtiriladi, kam yuruvchi esa – o‘ta uzoq saflash joylariga joylashtiriladi. Og‘ir ulkan yuklar omborxona operasiyalarini bajarish uchun qulay joylarda saqlanadi.
Sermehnat ishlarini kamaytirish maqsadida materiallarni kompektasiyalash bo‘yicha ularni ishlab chiqarishga berishdan oldin va materiallarni ishlab chiqarishni komplekt ta’minlashda nazoratni engillashtirishda saqlanadigan materiallarni joylashtirishda guruhli usuli qo‘llaniladi, bunda komplekt turiga kiruvchi materiallar bir-biriga yaqin holda saqlanadi. Stellajlarning yacheykalari va boshqa saqlash joylari raqamlanadi va material indeksi hamda nomlanuvchi tablichkalar ilib qo‘yiladi. Materiallarni berish uchun tayyorlash asosiy reja bo‘yicha yoki ularning kelganidan so‘ng doimiy ravishda amalga oshiriladi.
Material va buyumlarni jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan operasiyalariga saralash, komplektlash va materiallarni unga muvofiq tarzda tayyorlash kiradi. Materiallarni ishlab chiqarishda foydalanish uchun tayyorlash operasiyalariga ularni tozalash, kesish, kesishga tayyorlash, listli materiallarini ochish va shu kabilar kiradi.
Omborda materiallar harakat zaxirasini hisobga olish maxsus kartoteka yordamida olib boriladi. Zaxiralar darajasini tartibga solish qayd etilgan o‘lcham yoki buyurtma tartibiga qarab amalga oshiriladi.
Ombordagi xodimlar shtati omborxona operasiyalarining sermehnat ishlarini bajarishga, qabul qilingan transport vositalari, mexanizasiyalash va avtomatlashtirish darajasi, ortish-tushirish va boshqa omborxona ishlariga qarab aniqlanadi.
|
| |