|
Ditorlik opеratsIYalar
|
bet | 67/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruzaNAZORAT SAVOLLARI
Logistik servis tushunchasi.
Logistik servis tizimini shakllantirish ketma – ketligi.
Logistik xizmat ko‘rsatish darajasini baholash uslublari.
Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat mezonlari.
Sotuvdan keyingi logistik xizmatlarning tarkibi.
tovar sotilgandan keyin xaridorga ko‘rsatiladigan xizmatlarni aniqlash;
Yetkazib berish shartlarini kelishish jarayonida sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish ketma – ketligini o‘rnatish.
Tovar iste’molchilarini o‘qitish.
Talab bashoratini umumlashtirishni ishlab chiqing.
Yetkazib berishning ishonchliligi.
15 – MA’RUZA.
LOGISTIK TIZIMLARDA OMBORLAR.
OMBORLARNING ASOSIY FUNKSIYALARI.
REJA
Logistikada omborlarining vazifasi.
Omborlarning turi va funksiyasi.
Xizmat standartlarini belgilash
Tayanch so‘z va iboralar
Ishlab chiqarish-korxona omborlari, ishlab chiqariladigan mahsulotlar omborxonasi, savdo tashkilotlari ombori, vositachilik omborlari, yuk tushirish va qaytadan ortish omborlari, saqlash omborlari, komissionlash oborlari, saqlanish oborlari, maxsus omborlar, yopiq, yarim yopiq va ochiq maydonlar.
15.1. LOGISTIKADA OMBORLARINING VAZIFASI
Ombor deb, maxsus texnologik uskuna-jihozlar bilan ta’minlangan bino, inshoot va turli-tuman qurilmalarga aytiladi, barcha kompleks operasiyalar: tovarlarni qabul qilish, saqlash, joylashtirish va taqsimlash hisoblanadi.
Omborning asosiy vazifalari – zahiralar tarkibi, ularni saqlash va iste’molchilar buyurtmasini to‘xtovsiz va maromida ta’minlash.
Ombor yoki omborlarning tannarxi xizmat ko‘rsatuvchi infra tuzulmasi bilan birgalikda omborxona xo‘jaligini tashkil qiladi. Sanoat korxonalaridagi omborxona xo‘jaligining asosiy vazifalaridan biri moddiy manbaalarga mos ravishda ishlab chiqarishni normal holatda ta’minlash, ularni saqlashni ta’minlash va omborxona operasiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan harajatlarni maksimal darajada kamaytirish ishlarini tashkil etishdan iborat.
Logistik zanjirda omborlar asosiy kichik tizimini tashkil etadi. Logistik tizim omborlar bilan tashkiliy va texnik-iqtisodiy talablarni shakllantiradi, omborxona tizimini optimal harakat mezonini va maqsadini yo‘lga qo‘yadi, yuklarni qayta ishlash shartlarini aniqlaydi. O‘z navbatida materiallarni omborlashtirish (ombor joyini tanlash, materiallarni saqlash usuli va h.k.) logistik zanjirda turlicha uchastkalarda zaxiralarni hajmi va harakatlanishi, munosabatiga muhim darajada ta’sir ko‘rsatadi.
Omborlashtirishning negativ tomoni omborlarda zaxira tarkibini ulashib turish hisobiga tovarlarning narxi oshishi hisoblanadi. Bu – omborxona operasiyalariga ketadigan sarf-harajatlar, omborni ijaraga olish, omborlarni saqlash bo‘yicha joriy sarf-harajatlar. Bundan tashqari zaxira omborlarini tuzish qisman moliyaviy manbaalarni immobilizasiya (muzlatish)ga olib keladi, bular esa boshqa maqsadlarda foydalanilishi mumkin. SHuning uchun mahsulotlarni omborlashtirish faqatgina agar ushlab turish kamayishida yoki logistik servis sifatini yaxshilashdagina o‘zini oqlay oladi (talabga tezlik bilan javob berish yoki o‘ta kichik narxlarda xarid qilish).
Omborlashtirishning ijobiy tomoni ishlab chiqarishni tenglashtiradi, yuklarni to‘plash, konsentrasiyasi va zahiralarni tasimlash uchun zarur bo‘lgan texnik va tashkiliy sharoitlarni yaratishdan iborat.
15.2. OMBORLARNING TURI VA FUNKSIYASI
Omborlarning tasnifi. Zaxiralarni saqlash uchun maxsus belgilangan joylarda material oqimlarning barcha harakatlanish bosqichlari ashyoning birlamchisidan boshlab to iste’molchigacha tugatilishida obe’ektiv zarurat paydo bo‘ladi. SHu bilan birga omborlarning katta miqdori bo‘lishini anglatadi.
Logistik zanjir joyi va tovar ayriboshlash jarayonidagi roliga qarab ular quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
|
| |