|
Ditorlik opеratsIYalar
|
bet | 68/91 | Sana | 09.07.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #267097 |
Bog'liq umumiy ma\'ruzaIshlab chiqarish-korxona omborlari (ta’minlash sohasida) ishlab chiqarish ahamiyatiga ega ashyo, material, komplektlanuvchi va boshqa mahsulotlarni saqlashga yo’naltirilgan va birinchi o‘rinda iste’molchilarni ta’minlab berish ishlari amalga oshiriladi .
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar omborxonasi (ishlab chiqarish sohasida) texnologik jarayonni to‘xtovsiz borishi uchun mo‘ljallangan. Ushbu omborlarda ishlab chiqarish tugallanmagan qismlar saqlanadi, bular asboblar, uskunalar, ehtiyot qismlari va shu kabilar. Ishlab chiqarish jarayonida uning vazifasi va omborlarning sanoat korxonalariga bo‘ysunishiga qarab ta’minlovchi (moddiy-texnik ta’minot bo‘limiga bo‘ysunidi), ishlab chiqarish materiallarini ta’minlanishi, xarid qilinuvchi yarim tayyor mahsulotlar va shu kabilar; ishlab chiqarish (rejali-ishlab chiqarish yoki rejali-dispetcherlik bo‘limiga bo‘ysunadi), o‘zi ishlab chiqaradigan va texnologik kerakli yaroqlarga ega yarim tayyor mahsulotlarni saqlash uchun mo‘ljallangan; sotiladigan (savdo bo‘limiga bo‘ysunadi), bunda realizasiyaga jo‘natiluvchi moddiy boyliklar saqlanadi. Xizmat ko‘rsatish sohasiga qarab omborlar umumiy zavodli (markaziy), sex ichi (markaziy omborlarning filiallari) va sex boshlig‘iga bo‘ysinuvchi sexlarga ajratiladi.
Savdo tashkilotlari ombori (taqsimlash sohasida) tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan iste’mol qilish sohasida doimiy harakatlanishini saqlab qolish uchun xizmat qiladi. Ularning asosiy vazifalaridan biri ishlab chiqarish assortimentini savdo va iste’molning turlicha to‘xtovsiz ta’minlanishida, shu jumladan ulgurji tarmoqda almashtirishdan iborat.
Vositachilik omborlarini tashkil etish (birinchi o‘rinda transportda) moddiy boyliklar ekspedisiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan vaqtinchalik omborlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bunga quyidagilar kiradi: temir yo‘l stansiyasining omborlari; avtotransport, dengiz va daryo portlaridagi yuk terminallari; havo transporti terminallari. Yukni qayta ishlash operasiyalarini bajarish xususiyatlari bo‘yicha ular transport-yuk tushirish va qaytadan ortishga kiradi. Ushbu omborlarning guruhlari ham ta’minlovchi va hamda logistik taqsimlovchi sifatida bo‘ladi.
Omborlarning harakatlanish vazifalariga qarab beshta turga bo‘linadi:
yuk tushirish va qaytadan ortish omborlari (oborot) yuklarni transport uzellarida aralash, kombinasiyalangan va boshqa tashish ishlarini bajaradi;
saqlash omborlari, kerakli materiallar to‘plamini ta’minlab berish va ishlab chiqarish harakatiga mos ravishda ularni saqlash;
komissionlash oborlari, mijozlarning tavsilotli talablariga qarab buyurtmalarni shakllantirish uchun mo‘ljallangan;
saqlanish oborlari, omborlanuvchi mahsulotlarni saqlash va himoyalashni ta’minlash;
maxsus omborlar (misol, bojxona omborlari, materiallar, taralar, qatariluvchi chiqindilar va h.k.larni vaqtinchalik saqlash uchun omborlar).
Konstruktiv xususiyatiga qarab omborlar quyidagilarga bo‘linadi:
yopiq,
yarim yopiq (faqatgina tom yoki tom, bir, ikki yoki uch devoriga ega),
ochiq maydonlar.
Saqlanadigan materiallarning xususiyati va nomnklaturasiga qarab omborlar universal va maxsus omborlarga ajratiladi. Universal omborlarda yuqori nomenklaturaga ega moddiy manbaalar saqlanadi. Maxsus omborlar bir navdagi materiallarni (masalan, cho‘yan ombori, lak-bo‘yoq materiallari va shu kabilar) saqlash uchun mo‘ljallangan.
Omborlar mexanizasiyalash darajasi bo‘yicha ombor operasiyalariga qarab ham ajratiladi:
mexanizasiyalanmagan,
mexanizasiyalangan,
avtomatlashtirilgan,
avtomatik.
Omborlarning vazifalari. Omborning asosiy vazifalariga quyidagilarni keltirish mumkin:
|
| |