E qosimov, M. Akbarov




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Erigan temirni purkash usuli bilan ishga yaroqsiz temir qismi va bo‘laklar yuzasidagi qatlam qalinligini 
oshirib ta’mirlash mumkin. Temir yuzasiga tuyilgan dala shpati, kvars, tuproq va buradan tashkil topgan 
aralashmani eritib bosim ostida purkaladi. Natijada, temirni zanglashdan saqlaydigan emal bo‘yoq qatlami 
hosil bo‘ladi. Ushbu usul bilan vanna, rakovina va boshqa santexnika buyumlari metall harorati 750—800°C 
ga teng bo‘lgan maxsus o‘choqlarda emal bilan qoplanadi. Xuddi shu usul bilan temir yuzasiga yupqa oynani 
eritib yopishtirish mumkin. Juda zararli suyuqliklar uchun temir quvurlarning ichki va tashqi yuzalarini shisha 
bilan qoplab ularni zanglashga chidamliligi oshiriladi. Temir buyumlarni parda hosil qiluvchi lak-bo‘yoq 
ashyolar bilan zanglashdan saqlash usuli qurilishda ko‘p ishlatiladi. 
Bunday ashyolarga sintetik laklar (ПВX), epoksid smolasi, nitroemal, xlorkauchuk emali, neft va 
toshko‘mir laki, o‘simlik yog‘idan tayyorlangan bo‘yoqlarni kiritish mumkin. Bo‘yoq pardasining 
chidamliligini va mustahkamligini oshirishda pigment moddalar, aluminiy uni, qo‘rg‘oshin suriki va boshqalar 
ishlatiladi. Shuningdek, po‘lat buyumlarni zanglashdan saqlashda bitum-asbest va sement-kazein bo‘tqasi 
o‘rama gidroizolyatsiya ashyolari ham ko‘p ishlatiladi. Po‘lat yuzasiga polimer ashyolar eritib purkash, 
sintetik pardalar yopishtirish, vinilplast yoki poliizobutilen surkash, hamda sopol va bazaltni eritib olingan 
plitkalar, rezina ebonit kabi zanglashga chidamli ashyolar bilan qoplash amaliyotda ko‘p ishlatiladi. Po‘lat 
buyum yoki konstruksiyaga ta’sir etuvchi muhitni neytral holatga keltirishda ohak, ishqor, fosfat, kolloid sulfat 
singari moddalar ishlatiladi. Amaliyotda, ayrim temir buyumlarni bezash uchun ishlatiladigan ashyolar, ularni 
zanglashdan saqlaydi. Bunday qatlamlarga kristallit, bolg‘alangan emal, sovuq yoki issiq emallar, aluminiy 
anodlarini misol qilish mumkin. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish