PARDOZBOP NOYOB METALLAR VA




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

PARDOZBOP NOYOB METALLAR VA 
ULARNING QOTISHMALARI 
Sanoat qurilishida shunday obyektlar borki, u yerdagi sharoit uchun katta talablar qo‘yiladi va, shu bois 
maxsus xossalarga ega bo‘lgan metallarni ishlatish kerak bo‘ladi. Ishlatiladigan qotishmalarning asosiy 
qismini titan, sirkoniy, vanadiy, gafniy, niobiy, tantal, molibden, volfram, germaniy va boshqalar tashkil etadi. 
Titan ko‘rinishidan po‘latga o‘xshaydi. Zichligi 4500 kg/m
3
, erish harorati 1725°C. Titan legirlangan 
metall bo‘lib, uning mustahkamligini va o‘tga chidamliligini yanada oshirish maqsadida titan eritmasiga po‘lat 
qo‘shiladi. Titanning nodirligi shundaki, uning mustahkamligi, qattiqligi, o‘tga bardoshligi po‘latga nisbatan 
yuqori, shu bilan birga zichligi po‘latdan ikki barobar kichik. Aluminiydan biroz og‘ir, ammo mustahkamligi 
5-6 barobar katta, harorat 200°C gacha sovitilganda ham, uning kislotaga ishqorga, tuzga, xlorga va 
oltingugurtga chidamliligi kamaymaydi.
Titan rudasi (tog‘ jinsi) qazilma boyliklari AQSh, Meksika, Rossiya (Ural), Kanada, Hindiston kabi 
davlatlarda topilgan. Titan mustahkam va yengil bo‘lganligi sababli kosmonavtika texnologiyasida keng 
ishlatiladi. Maxsus flyuslar yordamida titanni elektr yoy va elektr toshqol usullari bilan payvandlash usullari 
ishlangan.
Sirkoniy — cho‘zilishdagi mustahkamligi juda yuqori (100 MPa) kislota, ishqor va tuzli muhitga chidamli 
nodir metall. Uning zichligi 6500 kg/m
3
, erish harorati 1857°C. Mis va sirkoniy aralashmasidan turli 
qotishmalar va legirlangan po‘lat olishda ishlatiladi. 
Vanadiy — oqish kumushsimon metall, zichligi 6020 kg/m
3
, erish harorati 1720°C ga teng bo‘lgan, tuzli 
suvda zanglamaydigan nodir metalldir. Vanadiy po‘lat eritmasiga qo‘shilgan legirlangan metall. Vanadiy bilan 
mis eritmasidan a’lo sifatli bronza olinadi. 
Tantal — juda qattiq, zichligi 16600 kg/m
3
, erish harorati 3000°C ga teng qotishma. Tantal, asosan 
elektrvakuum uskunalarida maxsus qotishma sifatida ishlatiladi.

Download 1,14 Mb.
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish